Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takror-lanib turadigan, doimo mavjud bo‘ladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki teskari ichki sabab-oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar qanday qonunning mohiyatini anglatadi?
A) iqtisodiy qonunning;
Iqtisodiy qonunlarning obʻyektiv xarakteri nimani anglatadi?
A) ularning mavjud bo‘lishi va amal qilishi kishilarning xohish-
irodasiga bog‘liq bo‘lmaydi;
Iqtisodiyotning asosiy muammolari quyidagi javoblardan qaysi birida berilgan?
A) nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish?
Jamiyat ehtiyojlarining miqdoran o‘sib va tarkiban yangila-nib borishiga nima ta’sir ko‘rsatadi?
A) aholi sonining o‘sishi, fan-texnika taraqqiyoti;
Quyidagi omillardan qaysi biri jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining o‘sib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi?
A) mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi qanday bog‘liqlikni aks ettiradi?
A) o‘zaro uzviy;
Ehtiyojlarga xos bo‘lgan muhim xususiyat turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishi nimani anglatadi?
A) bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqarishini;
Quyidagi ehtiyojlardan qaysi biri uning qondirilish ko‘lami va darajasini ifodalaydi?
A) umumjamiyat miqyosida yoki mamlakat darajasida qondiriladigan ehtiyojlar;
Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:
A) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbir-korlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi?
A) yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...
A) ishlabchiqarishnatijasi(mahsulot)ningsarflanganxarajatlarganisbati;
Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
A) universal qonun bo‘lib, doimo amal qiladi;
Moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib chiqadi?
A) ishlab chiqarishda;
Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishning moddiy omili hisoblanadi?
A) bino va inshootlar, mashinalar, asbob va uskunalar, xom ashyo;
Iqtisodiy resurslar hisobiga olinadigan daromad turini aniq-lang:
A) ish haqi, foiz, renta, me’yordagi foyda;
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqla-nadi?
A) ishlab chiqarish natijalari sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;
Quyidagilardan qaysi biri mehnat kooperatsiyasini xarakterlaydi?
A) mehnatning alohida va bir-biriga bog‘liq turlarining uyushishi;
Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
A) mahsulot miqdorining uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan;
Iqtisodiy rivojlanish nima?
A) ishlab chiqarish natijalarining to‘xtovsiz ortib borishi;
Iqtisodiy resurslar nima?
A) kapital, yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati;
Samaradorlik nima?
A) «natija» va «xarajat» nisbati;
Ijtimoiy ishlab chiqarish nima?
A) jamiyat miqyosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni;
Hayotiy zarur ne’matlar va boyliklarni takror ishlab chiqa-rish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan faoliyat qanday nomlanadi?
A) iste’mol;
Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi (bosqichi)da yaratilgan iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi?
A) ayirboshlash;
Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan to-varlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard foydalanuvchilarini topadi?
A) taqsimlash;
Takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichida na-faqat hayotiy zarur ne’mat (xizmat)lar balki iqtisodiy resurslar va ishchi kuchi tarmoq, soha, hudud va iqtisodiy faoliyat turlari o‘rtasida taqsimlanadi?
A) taqsimlash;
Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’-matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshirila-digan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi?
A) ishlab chiqarish;
Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq va sohalar qanday nom bilan ataladi?
A) iqtisodiyotning real ishlab chiqarish tarmoq va sohalari;
Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boy-liklarni ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi?
A) moddiy ishlab chiqarish;
Yaratilgan tovarlarning iste’mol qilinish xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi?
A) ishlab chiqarish vositalari (investitsion tovarlar) va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
Mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mehnat vositalari qanday nomlanadi?
A) mehnat qurollari;
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi nimani anglatadi?
A) iqtisodiy resurslarning mavjud darajasida har ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini;
Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomo-nidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
A) aralash iqtisodiyot;
Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
A) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi kim?
A) Ronald Kouz;
Do'stlaringiz bilan baham: |