15.3. Globallashuv va O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvining bog’liqligi.
Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integratsiya jarayonlaridan ma’lum qadar farq qiladi. Eng avvalo, bu juda ko’p mamlakatlarning savdo, moliya, investitsiya va axborotlar uchun o’z chegaralarini ochishida ko’rinadi. Nafaqat rivojlangan mamlakatlar, balki rivojlanayotgan mamlakatlar ham o’z iqtisodiyotlarida umumjahon tamoyillariga muvofiq ravish-da islohotlar o’tkazmoqdalar.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasida jismoniy munosabatlar zaruriyatini kamaytirdi va avval xalqaro bozorlarda sotishning iloji bo’lmagan ba’zi xizmatlarni savdo ob’ektiga aylantirishga imkon berdi. Bunda tovar va xizmatlar aylanmasi bo’yicha xarajatlar ancha qisqardi.
Zamonaviy dunyoda mamlakatlarning tutgan o’rni, bugungi kunda, eng avvalo inson kapitalining sifati, ta’lim holati va ishlab chiqarishda fan va texnikadan foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Ishchi kuchi va xom ashyo resurslarining serobligi xozigi kunda raqobat afzalligi sifatida ko’rilmaydi, chunki mahsulot tannarxining yaratilishida bu omillarning ulushi kamayib bormovda.
Investitsiya jarayonlari va hodisalarining o’sib borayotgan o’zaro bog’liqligi sifatida e’tirof etiladigan globallashuv natijasida, nafaqat o’zaro, balki davlat bilan teng asoslarda birgalikda xarakat qiluvchi jaxon kapitali, xalqaro korporatsiyalar, xalqaro investitsiya institutlari, transmilliy boshqaruv tuzilmalari bosimi ostida sekinasta milliy davlat suvereniteti yemirilib boradi. Globallashuvning bu jihati Mazkur jarayonning hozirgi zamon bosqichi uchun ayniqsa xos.
Nafaqat rivojlanish darajasi, balki jahon xo’jaligi va xalqaro mehnat taqsimotiga (XMT) jalb etilganlik darajasi bo’yicha xam turlicha bo’lgan tizimlarning o’zaro ta’siri jahon xo’jaligining eng muhim muammosi xisoblanadi. Hozirgi zamon jaxon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati - integratsiya, buning ustiga umumiy, ya’ni kapital, ishlab chiqa-rish, mehnat integratsiyasi.
So’nggi yillarda integratsiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab oldi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:
ishlab chiqarish kuchlarining baynalmilallashuvi;
xalqaro mehnat taqsimotining baynalmilallashuvi;
moddiylashgan tovarlar bo’yicha an’anaviy xalqaro savdo
xususiyatining sifat o’zgarishi va ko’lamining kengayishi;
turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va o’zaro bog’liqligini ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish
resurslarining xalqaro miqyosda ko’chib yurishi;
xizmat kursatish sohasining rivojlanishi;
ilmiy-texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;
ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi;
zamon talablaridagi global muammolar (tabiatni muxofaza qilish, Dunyo okeani, kosmosni o’zlashtirish, rivojlanayotgan mamlakatlarning och axolisiga yordam kursatish va boshqalar)ni hal etishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlik.
Integratsiya iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha yaqin bo’lgan milliy xo’jaliklarning barqaror iqtisodiy munosabatlari va mehnat taqsimoti rivojlanishining ob’ektiv jarayonidir. Tashqi iqtisodiy ayirboshlash va ishlab chiqarish sohasini qamrab olgan xolda, u milliy xo’jaliklarning zich chatishib ketishi, mintaqaviy xo’jalik majmualarining yaratilishiga olib keladi52.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) - alohida milliy xo’jaliklar o’rtasidagi barqaror o’zaro munosabatlarning chuqur rivojlanishi va mehnat taqsi-motiga asoslangan ravishda mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashishi, ular iqtisodiyotining turli darajada va turli sohalarda birgalikda faoliyat kursatish jarayonidir..
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy yo’nalish mavjud:
Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, savdoni erkinlashtirish, zamonaviy kommunikatsiya va axborot tizimlarining, jahon texnik standart va me’yorlarining yaratilishi natijasida jahon xo’jaligining yaxlitlashuvi, globallashuvining kuchayishi.
Mintaqaviy darajada mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy yaqinlashuvi va faoliyati, jahon xo’jaligining nisbatan mustaqil markazlarini yaratish yo’nalishida rivojlanayotgan yirik mintaqaviy integratsiya tuzilmalarining shakllanishi.
Jaxon xo’jalik tizimi doirasida integratsiya, savdoni yanada erkinlashtirish yo’lidagi qadam yoki, aksincha, savdo oqimlari yo’lidagi cheklashlardan iborat bo’lib qolmayotganligi nuqtai nazaridan baxolanishi kerak. Zamonaviy jahon xo’jaligi juda xilma-xil. Uning tarkibiga o’zining ijtimoiy tuzilmasi, siyosiy tarkibi, ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanganlik darajasi, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarning ko’lamlari va usullari, shuningdek, xususiyatlari bilan farq qiluvchi davlatlar kiradi.
Shunga bog’liq ravishda, global jarayonlar bilan birga ko’zatiladigan barqaror rivojlanish iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning mamlakat ichida, davlatlararo va xalqaro darajalardagi yangi qirralarini shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi. Shu sababli, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitlarida raqobatbardoshlik va iqtisodiyotni rivojlantirishning barqarorligi masalalari milliy xo’jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida eng muhim o’rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |