15.2. Iqtisodiyotdagi integratsiya jarayonlarining mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligiga ta’siri.
Iqtisodiy integratsiya tovarlar savdosini erkinlashtirishdan boshlanib, uchinchi mamlakatlarga nisbatan umumiy bojxona tariflarini yaratishni ham o’z ichiga oladi, shuningdek, ishlab chiqarish omillarining davlatlaro erkin harakati bilan to’ldirilgan holda makroiqtisodiy siyosatni bir xillashtirish va davlatlar ustidan boshqaruv organlarini yaratish bilan tugallanadi. Integratsiya birlashmalari sonining tez sur’atlarda o’sishiga qaramay, ularning aksari qismi tashqil topishning boshlang’ich bosqichlaridadir.
MDH mamlakatlarida sho’’ba korxonalarining ochilishi faol tarzda sotish talab etiladigan tovarlar savdosini kengaytirish, shartnomalar bo’yicha o’z vaqtida va to’liq ravishda yetkazib berilgan tovarlar uchun xech bir to’siqsiz hisob-kitob qilish muammolarini hal etishga imkon yaratadi.
Sanoat-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar bo’yicha TMKni mashinasozlik maxsulotlari, shuningdek, murakkab assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha tashqil etish maqsadga muvofiqdir. Bunda filiallarning rentabelligini belgilash uchun MDHning mos mamlakatlarida sotiladigan resurslar hajmini aniqlab olish talab etiladi.
TMK huquqiy holatini belgilashda BMT tomonidan TMK va hukumatlar o’rtasidagi munosabatlar majmuasini tartibga solib turuvchi hujjatlar ishlab chiqilishini ham e’tiborga olish taqozo etiladi. Ularda barcha davlatlar uchun ochiq bo’lgan global mexanizm, ya’ni o’ziga xos tartiblar majmuasini yaratish ko’zda tutiladi. Xususan, u TMKning quyidagi tamoyil, maqsad va vazifalarini nazarda tutadi:
milliy suverenitetni to’liq hurmat qilish;
davlatlarning tabiiy resurslari, moddiy boy-liklari va iqtisodiy faoliyati ustidan ajralmas suvereniteti;
ichki va hukumatlararo munosabatlarga aralashmaslik;
davlatning TMK faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, foydani taqsimlashda qatnashish va hududida joylashgan xorijiy mulkni milliylashtirish huquqi;
xalqaro huquqdan foydalanish, adolatli tartib va qonuniy faoliyatni himoya qilish. Milliy tartib rivojlanish sohasidagi milliy iqtisodiy reja va maqsadlarga mos kelgan taqdirda TMKga havola etiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti omillarining qiyosiy tahlili jahon tajribasidan o’tgan rivojlanish modellarida asosiy farq qiluvchi omillarni aniqlashga imkon beradi. Bu bir tomondan, fan, ta’lim va ko’p ilm talab qiluvchi tarmoqlarni rivojlantirishga asoslangan dinamik o’sishdir. Urushdan keyingi davrlarda bu Yaponiya va Germaniyada, 80-yillarda JanubiySharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida ko’za-tilgan. Boshqa tarafdan, Mazkur davrda maqbo’l innovatsiya muxitini yarata olmagan, fan va ta’lim tizimlari tanazzuliga olib kelgan inflyatsiya o’sishi Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun xos bo’lgan.
Davlat siyosati fanning vositaviy asosini yaratishda markaziy ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Qim-matli jihozlar bilan ta’minlashni talab etuvchi dasturlarni milliy ustuvorlikka kiritilishi bu sohadagi ishlarni jadallashtirishga olib keladi, bu esa jahon ilmiy-texnik integratsiya (koopyoratsiyasi) jarayonida o’z o’rnini belgilash imkonini beradi.
Integratsiya tovarlar savdosini erkinlashtirishdan boshlanib, uchinchi mamlakatlarga nisbatan umumiy bojxona tariflarini yaratishni ham o’z ichiga oladi, shuningdek, ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati bilan to’ldirilgan holda makroiqtisodiy siyosatni bir xillashtirish va davlatlar ustidan boshqaruv organlarini yaratish bilan tugallanadi. Integratsiya uyushmalari sonining tez sur’atlarda o’sishiga qaramay, ularning aksari qismi tash-qil topishning boshlang’ich bosqichlarida turibdi.
Bugungi kunda milliy xo’jaliklar va alohida iqtisodiy sub’ektlarning raqobatbardoshlik qobiliyatini shakllantirish va qo’llab turish zamonaviy global-lashib borayotgan dunyoda barcha mamlakatlarning eng muxim vazifasi bo’lib qolmoqda.
Shu bilan birga, O’zbekistonda iqtisodiyotning raqobatbardoshlik muammosi, mamlakatning strategik jihatlarini ishlab chiqish uchun yetarli darajada aniq anglab yetilmagan. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi rivojlangan mamlakatlarning makrodarajadagi iqtisodiy siyosatining asosiy muammosi xisoblanadi. Bunda mamlakatlarning raqobatbardoshlik mezoni tizim rivojlanishining makro- va mikroiqtisodiy darajalari nuqtai nazaridan shakllanadi. Agar, birinchi holatda, u mamlakatning makroiqtisodiy doirasi, uning texnologik va institutsional rivojla-nishiga taalluqli bo’lsa, mikroiqtisodiy yondashuv nuqtai nazardan esa milliy kompaniyalarning faoliyati va strategiyasi hamda milliy biznes-muxit sifati baholanadi
Davlatlarning milliy chegaralariga bog’liq bo’lmagan tarzda xo’jalik faoliyatini nisbatan oqilona tashqil etishga imkon yaratuvchi kapital va texnologiyalarning yuqori darajada harakatchanligi dunyo bo’yicha texnik o’zgarishlar va erkinlashtirishning muhim natijasi bo’lib qolmoqda. Bu bir nechta mamlakatlar o’rtasida yagona ishlab chiqarishni taqsimlashga va avval bir joyda to’plangan ishlab chiqarish faoliyati va jarayonlarini ularning mahalliy narxlar, resurslar, moddiy-texnik ta’myanot va bozor xususiyatlaridan kelib chiqadigan ustunliklarini e’tiborga olgan holda yoyib yuborishga imkon beradi. Ishlab chiqarishni joylashtirish va tashqil etishdagi ba’zi bir o’zgarishlar korxonani o’zviy shartnoma munosabatlariga undovchi bozor omillari ta’siri ostida yuzaga kelsa, boshqalari esa ierarxik xususiyatga egadir, bunda korporatsiyalar bevosita o’z nazoratlari ostida ishlab chiqarish va savdo bilan shug’ullanuvchi filiallarni (bevo-sita xorijiy investitsiya asosida) yaratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |