Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


Iqtisodiyot raqobatbardoshligini belgilab beruvchi omillar ta’siriga ko’ra bosqichlarga bo’linishi



Download 3,33 Mb.
bet55/100
Sana31.12.2021
Hajmi3,33 Mb.
#240442
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Bog'liq
Hujjat (2)

8.3. Iqtisodiyot raqobatbardoshligini belgilab beruvchi omillar ta’siriga ko’ra bosqichlarga bo’linishi

Innovatsiyalar bosqichi iqtisodiyot raqobatbardoshligining ichki salohiyati to’liq ishga tushishi bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqichda firmalar nafaqat xorijiy texnologiyalarni qo’llashadi va takomillashtiradi, balki o’z texnologiyalarini barpo etishadi. Daromadlarning yuqori bo’lishi, ta’lim darajasining oshishi va jadal ichki raqobat tufayli ichki bozor sig’imli va talabchan bo’ladi. Ushbu bosqichda firmalar global strategiyalarni ishlab chiqishadi va chet elda keng ko’lamli investitsiyalarni amalga oshiradi.

Shunday qilib, raqobat jihatdan ustunliklar o’zgaruvchan va insoniy kapital rivojlanishi, innovatsion texnologiyalar, intellekt bilan bog’liq va o’z nav-batida o’z tabiatiga ko’ra cheksiz. Mamlakatning qiyosiy ustunliklari va raqobat jihatdan ustunliklarini aniq farqlash lozim.

O’zbekiston haqida to’xtaladigan bo’lsak, milliy iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida biz respublikamiz eksport salohiyatining asosini tashqil etuvchi qiyosiy ustunliklarga egamiz.

Shu o’rinda O’zbekiston ega bo’lgan quyidagi qiyosiy ustunliklarni ajratish mumkin;

1. Kam xarajatlar evaziga qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishni rivojlantirish im-konini beruvchi qulay tabiiy-iqlimiy sharoitlar. O’zbekistonda har yili taxminan 4,5 tonna paxta xom ashyosi tayyorlanadi, undan 1,3 tonna paxta tolasi ish-lab chiqiladi. 30 ming tonnaga yaqin ipak qurti pillasi, 1,5 mln. tonna yuqori sifatli qoraqo’l terisi va 18 ming tonnadan ortiq qo’pol qo’y yungi tayyorlanadi. Har yili 2,7-3 mln. tonna turli xildagi sabzavot ekinlari yetishtiriladi.

Biroq, O’zbekiston nafaqat paxta bilan, balki o’zining sabzavoti, mevalari, o’zumi, poliz ekinlari bi-lan ham mashhur, ularning ko’plab turlari va navlari o’zining ta’m sifati bilan ajralib turadi. O’zbekis-ton jahonda yirik tomat pastasi, magiz, ajoyib ta’mga ega bo’lgan quruq mevalar ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Tomat pastasi bo’yicha O’zbekiston jahon ishlab chiqaruvchilarining dastlabki beshligiga, quruq mevalar ishlab chiqarish bo’yicha esa dastlabki o’nlikka kiradi.

O’zbekistondan ketchuplar va tomat pastasi asosida ziravorlar muvaffaqiyatli eksport qilinadi.

O’zbekiston qudratli resursli qishloq xo’jaligi salohiyatiga va bir yilda 10 mln. tonna meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Hozirgi vaqtda har yili 1 mln. 700 ming tonna bog’dorchilik va o’zumchilik mahsulotlari, 5 mln. tonna umumiy poliz ekinlari va kartoshka yetishtirilmoqda. So’nggi 25 yil ichida O’zbekistonda sabzavotchilik, polizchilik va o’zumchilik jadal rivojlanmoqda. Shu yillar mobaynida bog’lar va o’zumzorlar maydoni qariyb ikki marta kengaytirildi, mevalar va o’zumni yalpi yig’ish hajmi esa

4 martadan ko’pga oshdi.

II. O’zbekistonning tabiiy resurslari, xususan:


    1. boy ma’danli xom ashyo bazasi. O’zbekistonda hozirgi vaqtgacha 2,7 mingdan ortiq foydali qazilmalar va minerallar koni aniqlangan bo’lib, ular Mendeleevning butun jadvalini tashqil qiladi. Foydali qazilmalar konlarining umumiy xom ashyo salohiyati 3,3 trillion AQSh dollari qiymatida baholanmoqda. Har yili mamlakat konlaridan taxminan 5,5 mlrd. AQSh dollari qiymatidagi foydali qazilmalar qazib olinadi;

    2. O’zbekistonning energetika tarmog’ini rivojlantirishning asosini tashqil etuvchi suv-energetika resurslari, xususan, eng yirik energetika inshootlari Chirchiq-Bo’zsuv o’zanida qurilgan bo’lib, u stantsiyalar soni bo’yicha (19 ta) jahonda dastlabki o’rinlar-dan birini egallaydi. O’zbekiston gidroelektr stantsiyalarida elektr energiyasining quvvatini ishlab chiqish mamlakatda boshqa elektr stantsiyalarida ishlab chiqiladigan elektr energiyasi butun quvvatining 14,5 foizini tashqil qiladi;

v) rekreatsiya resurslari. O’zbekiston tabiati, ayniqsa, tog’ massivlarining davolovchi havosi to’laqonli dam olish imkoniyatini beradi. O’zbekiston hududidan tashqarida Chimyon, Shohimardon, Nanay, G’ovasoy, Chortoq, Sitorai-Mozi Xosa kabi salomatlik va dam olish maskanlarimiz mavjud bo’lib, ular landshaft yoki "yashil" turizmni rivojlantirish imkonini beradi;

    1. Boy madaniy-tarixiy meros. Xiva, Buxoro, Termiz va Samarqand shaharlarida 4 mingdan ortiq tarixiy, madaniy va diniy yodgorliklar madaniy va diniy turizmni rivojlantirishning asosi xisoblanadi.

    2. O’zbekistonning qulay geografik holati. Respublika Markaziy

Osiyoning sots markazida joylashgan bo’lib, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg’oniston bilan chegaradosh. Osiyo qit’asining markazidagi bunday qulay geografik holat mavjud resurs salohiyatini samarali amalga oshirish imkonini berish bilan birga yuklar va energiya tashuvchilarning xalqaro tranzitida faol ishti-rok etish uchun keng imkoniyatlarni ochadi.

    1. O’zbekiston aholining tug’ma mehnatsevarlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mutaxassislar ta’lim darajasi va malakasining yuqoriligi, shuningdek, yoshlar va mehnatta yaroqli insonlar ko’pchilikni tashqil etgan va qariyalar salmog’i kam bo’lgan aholining yosh tarkibini o’z ichiga oluvchi katta mehnat resurslariga ega. O’zbekiston aholisining soni 26386,7 ming kishini tashqil qiladi33.

Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat jixatdan ustunliklarning integratsiyalashuvi uning global iqtisodiy kenglikdaga raqobatbardoshligini kuchaytiradi.

Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bo’lishi mumkin:



    1. davlat byudjetidan ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari) uchun katta xarajatlar;

    2. insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar;

    3. mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;

    4. aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM ulushi;

    5. aholi hayot kechirishining o’zoqligi;

    6. resurslardan foydalanishning yuqori samaradorligi;

    7. optimal eksport;

    8. past inflyatsiya;

    9. raqobatbardosh firmalarning katta ulushi;

    10. mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;

    11. moliyaviy tizimning qayishqoqligi;

    12. ichki bozorning o’zgaruvchanligi;

    13. me’yordan ortiq davlat qarzlarining mavjud emasligi;

    14. mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi;

    15. faoliyatning barcha sohalarida bilimlar asosidagi kuchli raqobat;

    16. mamlakatning ochiqligi, xalqaro integratsiya va kooperatsiyalashning yuqori darajasi;

    17. bozorlar va mintaqalar infratuzilmasining yuqori sifati;

    18. past soliq va bojxona stavkalari;

    19. mamlakatda biznesning yuqori madaniyati. Agar O’zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklarini tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagilarni alohida ajratish mumkin: 1) mamlakat siyosiy va hukuqiy tizimining barqarorligi; 2) insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo’yilmalar; 3) aholi hayot kechirishining o’zoqligi; 4) mehnat resurslarining raqobatbardoshligi; 5) mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish