Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


Narx shalklanishining makro va mikroiqtisodiy shart-sharoitlari



Download 3,32 Mb.
bet33/83
Sana22.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#692768
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariy

7.3. Narx shalklanishining makro va mikroiqtisodiy shart-sharoitlari.
Bozor iqtisodiyotining muxim talablaridan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotga erkin narx shaklla-nishidir. Bozor sharoitida korxona talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil narx belgilash im-koniga ega bo’ladi. Shu bilan birga, keyinsh yillarda narxlar ishlab chiqarish chiqimlarini ham o’z ichiga olishi zarurligi tobora ko’proq tushunilmoqda. Bunday tendentsiya o’tish iqtisodiyotili mamlakatlarda ham, rivojlangan bozor iqtisodiyotli davlatlarda ham ko’zatilmoqda.
O’zbekiston iqtisodiyotining aksariyat tarmoqlarida narxni shakllantirish asosan bozor tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan, sotuvchi tomonidan muayyan darajada rentabellikka erishishni ko’zda tutuvchi narx darajasini asoslangan tarzda shakllantirish sotuv hajmlari va bitta birlik buyumni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar o’rtasidagi bevosita aloqani tushunib yetishni taqozo etadi. Mahsulot narxi uni ishlab chiqarishga ketgan to’liq xarajatlar (tannarxi)dan yuqori bo’lishi kerak. Deyarli har qanday tovarning tannarxiga hisobga olinishi kerak bo’lgan o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar kiradi30.
S hunday qilib, mikrodarajada amal qiluvchi narx belgilash mexanizmi raqobat kurashining samarali vositasidir. Ishlab chiqarish chiqimlari dinamikasini tushunib yetish cheklangan sondagi iste’molchilar uchun tovarlar ishlab chiqaradigan korxonalar uchun ahamiyatli bo’lib, ular sifat darajasi va xizmat kursatishga turlicha talab qo’yishlari bilan
ajralib turadi. Ishlab chiqarish chiqimlarini o’rganish asosida har bir korxona mikrodarajada tegishli narx strategiyasini amalga oshirishga intiladi.
Narx belgilash va raqobatbardoshlik o’rtasidagi bog’liqlikni nazariy jihatdan ko’rib chiqib, o’tish iqtisodiyoti sharoitida yuzaga keladigan xususiyatlarni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, ma’muriy-buyruqbozlikdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ishlab chiqarish sektorining rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi alohida elementlar saqlanib qoladi. O’tish iqtisodiyotining ilk bosqichida sanoat korxonalarining yuqori darajada ixtisoslashuvi va kooperatsiyalanishi ko’pincha bozorlarning monopollashuviga olib keladi. Tabiiy monopoliyalar va monopolist-korxonalar aksariyat hollarda xarajatlarni qoplash muammosini o’z mahsuloti (xizmatlari) narxi va tariflarini oshirish yo’li bilan hal qilishga urinadi. Bozorning monopollashuvi darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, xarajatlar va narxlarni oshirish holatlari ham shunchalik ko’pdir. Xom ashyo tarmoqlari korxonalari (TEK, paxta tozalash, metal-lurgiya va hokazo) uchun, ayniqsa, qulay vaziyat yuzaga keladi. Ularning mahsuloti, odatda, har qanday narxlarda ham o’z xaridorini topadi. Texnologik zanjirning har qaysi keyingi bo’g’inida sotish muammosi tobora kuchayib boraveradi. Oxirgi mahsulot (ishlab chiqarish uskunalari, texnologiyalar, xalq iste’moli tovarlari) ishlab chiqaruvchilar ayniqsa, murakkab ahvolda qoladi. Mazkur mahsulotning yuqori narxlari uni sotish imkoniyatlarini sezilarli pasaytiradi. Bundan tashqari, bunday tovarlarni ishlab chiqaruvchilar import qilinayotgan tovarlar bilan doim ham raqobatlasha olmaydilar. Sifatni oshirish uchun bozor kon’yunkturasini o’rganish uchun sarf-xarajatlarni oshirishni, mahsulotning iste’mol kursatkichlarini yaxshilashni talab qiladi. Shuning uchun, tovar ishlab chiqaruvchi asosan narx bo’yicha raqobatni yengishga ko’proq harakat qiladi.
O’z tovarini eksport qilmoqchi bo’lgan maxalliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun ham vaziyat, ayniqsa, murakkablashadi. Jahon bozorlaridagi raqobat bugungi kunda shunchalik keskinlashib bormoqdaki, narx raqobati ta’siri sharoitida eksport qilinadigan tovarlarning yuqori sifatini ham ta’minlash zaruriyati tug’ilmoqda. Xitoy, Malayziya, Turkiya va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar tovar ishlab chiqaruvchilari, mehnat haqi uchun sarf-xarajatlarni kamaytirib va imtiyozli soliq tizimidan foydalanib, bozorga yuqori raqobatbardosh maxsulotlarni past narxlarda chiqarmoqdalar. Shu bilan birga, amaliyotning kursatishicha, o’tish iqtisodiyotli mamlakatlarda iste’molchilarning aksariyat qismi pastroq narxga pastroq sifatli tovarni xarid qilishni afzal ko’radi.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish