Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


Raqobatning kuchayishi sharoitida mintaqalarni rivojlantirishning investitsiyaviy-innovatsion strategiyasi



Download 3,32 Mb.
bet50/83
Sana22.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#692768
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariy

10.3. Raqobatning kuchayishi sharoitida mintaqalarni rivojlantirishning investitsiyaviy-innovatsion strategiyasi.
Bugungi kun sharoitlarida texnologiyalar qanchalik mintaqaviy rivojlanish siyosatini namoyon etishi va raqobatbardoshlikni oshirish vositasi sifatida texnologiyalarni rag’batlantirishning mintaqaviy investitsiya-innovatsiya strategiyasini qanday qilib shakllantirish kerakligi muammosi dolzarb ilmiy-amaliy muammo bo’lib qolmoqda. Xalqaro va mahalliy tajriba shuni kursatadiki, iqtisodiy o’sish sur’atlari sekinlashayotgan mintaqalarda moddiy ishlab chiqarishda juda ko’p ish o’rinlari yo’qolib boradi, shuningdek, xizmatlar soxasi ham nisbatan sust rivojlanadi. Demak, bundan muxim xulosaga kelish mumkin: moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi xizmatlar sohasining o’sishiga olib keladi, ammo buning teskarisi emas. Mazkur sohalar o’rtasidagi aloqalar uyg’un emas, ya’ni xizmatlar sohasini rivojlantirish moddiy ishlab chiqarishning pasayishini qoplay olmaydi. O’zbekiston uchun buning ma’nosi - qishloq xo’jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ishchi kuchining bo’shashi xizmatlar sohasidagi bandlikning tegishicha ortishiga olib kelmaydi. O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining ancha qismi band emas. Respublikaning iqtisodiy faol aholisi umumiy sonidan tahminan 71% ijtimoiy ishlab chiqarishda band, bandlar umumiy soninining 77% iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohasiga to’g’ri keladi38.
Moddiy-texnologik innovatsiyalar investitsiyaviy jarayon vositasida
joriy etilishi bois, mintaqani rivojlantirish investitsiyaviy strategiyasining quyidagi turlarini ajratib kursatish mumkin:

  • taqlidiy, texnologik yetakchilar yutuqlarini uyg’un takror ishlab chiqarish va bozorning bo’sh bo’g’inlarini samarali o’zlashtirishga yo’naltirilgan;

  • innovatsion, yuqori keskinlik darajasiga ega yangiliklarni mustaqil ishlab chiqish va joriy etish orqali texnologik yetakchilikni ta’minlaydi;

  • asosiy mahsuloti innovatsiya bo’lgan kompaniyalar, firmalar va bo’linmalar xizmatlaridan foydalanishning venchur strategiyasi.

Mintaqaning investitsiya-innovatsiya strategiyasini amalga oshirishda ilmiy tadqiqot firmalari va bo’linmalarining xizmatlaridan foydalanishning turli variantlari, shuningdek, tashqiliy aloqalar va ularni moliyalash usullari venchur strategiya deb ataladi. Ushbu usulning o’ziga xosligi shundan iboratki, u kapitalning turli shakllari: aktsionerlik, ssuda, tadbirkorlikning uyg’unligidan iborat. Bunday tahlil shuni kursatadiki, alohida mintaqalar o’rtasida innovatsion salohiyatdan foydalanish jadalligidagi farqlar ko’pincha muayyan korxonalarning texnikadan samarali foydalanish imkoniyatlari o’rtasidagi tegishli farqlarga borib taqaladi. Shuning uchun markazda chetga nisbatan joriy etish sur’atlarining yuqoriligini qishloq joylarini kam-sitish sifatida qarash noto’g’ri.
O’zoq muddatli istiqbolda, mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlarga, foydadan tashqari, globallashtirish bilan bog’liq tavakkalchiliklari ham ta’sir kursatishi .mumkin, ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Jahon Savdo Tashqiloti (JST) qoidalari va talablarida eksport subsidiyalarini cheklash, xorijiy shaxslarni investitsiya faoliyatida kamsitishni ta’qiqlash, eksport va importni majburiy litsenziyalanishiga, sanoat mollari uchun yuqori import tariflariga yo’l qo’ymaslik;

  • xalqaro tashqilotlarning moliyaviy ochiqlikni talab qilishi, shuningdek, xorijiy kapital oqimining salmogush siljishi tufayli beqarorlik yuzaga kelishi xavfining ortishi, bu esa makroiqtisodiy boshqaruv sifatiga va mamlakatda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ta’minlashni talab etadi;

  • to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun raqobatning kuchayishi. Ilg’or xorijiy texnologiyalardan nusxa olish imkoniyatining pasayishi, aqliy mulkka oid xalqaro huqular himoyasining keskinlashishi, mamlakatning tashqi qarzlari oshishi xavfi mavjudligi tufayli jahon taraqqiyotidan chetda qolish xavfi.

Shunday qilib, bizning fikrimizcha, hukumat barcha korxonalarda, jumladan yirik korxonalarda innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlashi lozim. Innovatsion gigantlar jahon bozoriga chiqishda ko’proq imkoniyatlarga ega, bu esa, o’z navbatida, mamlakatga qo’shimcha valyuta oqimini ta’minlaydi.
Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, raqobat o’z holicha global maqsad sifatida emas, balki O’zbe-kiston Respublikasining ijtimoiy vazifasini -mamlakatning barcha fuqarolari farovonligini oshi-rish vazifasini hal qilish vositasi sifatida zarurdir. Bundan tashqari, raqobat muxitida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun talab bo’lmaganligi, ya’ni cheklangan tabiiy resurslardan oqilona foydalanilma-ganligi holatlari ham uchrab turadi.
U yoki bu investitsiya-innovatsiya strategiyasini tashlashdan oldin mintaqaviy rivojlanish darajasi-ni va mintaqa raqobatbardoshligini baholash talab etiladi.
Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishlarini eng yuqori darajada asoslash va uning o’ziga xos xususiyatlarini to’liqroq hisobga olish uchun, fikrimizcha, muayyan vazifa yoki muammolar yig’indisi nuqtai nazaridan mintaqaga har tomonlama chuqur ta’rif beradigan o’zaro bog’liq kursatkichlarning butun tizimini e’tiborga olish lozim.
Mintaqaviy salohiyat, jumladan, ilmiy salohiyatning hozirgi ahvoliga faqat talay omillarni tadqiq qilish yo’li bilan to’liq ta’rif berish mumkin. Ammo, omillarning soni ko’payganda aniqlangan aloqalar-ning ta’rifi murakkab vazifaga aylanib qoladi. Mintaqaviy salohiyatning hozirgi ahvolini umumlashtirilgan omillar yoki ularning ichki, ob’ektiv mavjud qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy qismlari yordamida ta’riflash zarurati tug’iladi.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish