«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish usullari. Ijtimoiy, iqtisodiy ehtiyojlar



Download 118.14 Kb.
Sana08.02.2017
Hajmi118.14 Kb.




1-mavzu.

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish usullari. Ijtimoiy, iqtisodiy ehtiyojlar.



    1. Ma'ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi



Vaqti – 2 soat

O‘quvchilar soni: 25-30 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Kirish, vizual ma'ruza

Ma'ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.

2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.

3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti.

4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar).

5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari, rivojlanish tarixi boshqa fanlar bilan aloqasi to‘g‘risida bilimlarni hamda to‘liq tasavvurni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

- iqtisodiyot nazarisi tushunchasi bilan tanishtirish va faning predmetini tushuntirish;

- ilk iqtisodiy qarashlar bilan hamda ularning namoyondalari bilan tanishtirish;

- iqtisodiyotning bosh masalasini tavsiflash;

- iqtisodiy qonunlar va katego-riyalarni guruhlash;

- ilmiy bilish usullarini izohlash va tasavvur hosil qilish.



O‘quv faoliyatining natijalari:

O‘quvchi:

- iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini izohlaydi;

- iqtisodiyot, ehtiyoj tushunchalariga ta'rif beradi;

- iqtisodiy oqimlarni ifodalaydi va ularning asoschilarini aytib beradi;

- iqtisodiyotning bosh masalasiga tavsif beradi;

- iqtisodiy qonun va kategoriyalarga misollar keltiradi;

- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

- “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o‘rnini tavsiflaydi.


O‘qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma'ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo‘q” texnikasi

O‘qitish vositalari

Ma'ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O‘qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O‘qitish shart-sharoiti

Proektor, kompyuter bilan jihozlangan auditoriya


Ma'ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi (1-mashg‘ulot)

Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

o‘quvchi

1-bosqich.

Kirish


(10 min.)

1.1. Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. O‘quvchilar e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o‘tkazadi.

- iqtisodiyotga doir qanday atamalarni bilasiz?

- bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarurati nimada deb o‘ylaysiz?

- iqtisodiy tafakkurni qaysi fan shakllantiradi?

2.2. O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma'ruzani bayon etishda davom etadi.

Iqtisodiyot, iqtisodiy faoliyat, takror ishlab chiqarish va uning bosqichlari, mikro-va makroiqtisodiyotning doimiy va asosiy muammosi tushunchalarini sharhlaydi.

2.3. Ilk iqtisodiy g‘oyalarning paydo bo‘lishini va ularning namoyondalari to‘g‘risidagi taqdimotni namoyish qiladi.

a) Iqtisodiyot nazariyasi fani nimani o‘rganadi deb o‘ylaysiz?

b) U qanday vazifalarni bajaradi?

v) Boshqa fanlar bilan qanday bog‘liqligi bor va ahamiyati nimada? kabi savollar orqali “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmetini tushuntirib beradilar.

2.4. O‘quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi.


2.1. Eshitadi.

Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarni aytadi.

O‘ylaydi, javob beradi.

Javob beradi va to‘g‘ri javobni eshitadi.

2.2. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qiladi.

Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi.

Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

Ta'rifni yozib oladi, misollar keltiradi.


3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o‘quvchilar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.

Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantiradi.

Mustaqil ish uchun vazifa: “iqtisodiyot” so‘ziga klaster tuzishni vazifa qilib beradi, baholaydi.


3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.




Vizual materiallar

1-savol.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.

1-ilova.


Iqtisodiyot– moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish,taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilishni aks ettiruvchi ijtimoiy xo`jalik.





Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi-extiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning.



Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar iqtisodiy faoliyat deb ataladi.


2- ilova.

Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati

Taqsimot jarayoni

Ishlab chiqarish jarayoni

Iste'mol jarayoni

Ayirboshlash jarayoni

Ishlab chiqarish – insoniyat jamiyatining hayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur moddiy ne'matlarni yaratish jarayoni.

Taqsimot – ishlab chiqarilgan mahsulotdagi har bir xo‘jalik yurituvchi sub'ektning ishtiroki, ulushi (miqdori, proporsiyasi) ni aniqlash jarayoni.

Ayirboshlash – moddiy ne'mat va xizmatlarning bir sub'ektdan boshqasiga tomon harakati jarayoni. Tovarni sotish – uning pulga ayirboshlanishi, xarid qilish esa – pullarni tovarga ayirboshlanishi. Ayirboshlashning zarur sharti – ixtisoslashish, mehnat taqsimoti, bu esa jamiyat a'zolari o‘rtasida mehnat mahsulini ayirboshlashga olib keladi.

Iste'mol – insonning ehtiyojlarini qondirish uchun ne'matlardan foydalanishi.

3-ilova.

Iqtisodiyot muammosi va uning asosiy masalasi


Resurslar:

- ne'matlarni yaratishda foydalaniluvchi zarur shart-sharoitlar yig‘indisi (yer, kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va boshqalar);

- jamiyat ehtiyojlarni qondirish uchun mavjud imkoniyatlar.




Inson ehtiyojlari – insonning yashashi va kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy va nomoddiy buyumlarga bo‘lgan xohish va istaklari.

Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni – iqtisodiy qonun bo‘lib, unga ko‘ra kishilarning ehtiyoji miqdor va sifat jihatidan o‘zgaradi, avloddan avlodga o‘sib boradi.



IQTISODIYOT MUAMMOSI shundaki, jamiyat ega bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari doimo cheklangan. Shuningdek kishilar turli ne'matlarni yaratish bo‘yicha iqtisodiy faoliyatda foydalanuvchi ishlab chiqarish omillari cheklangan. Bu cheklanish jamiyat oldiga tanlash muammosi – ehtiyojlarni yetarlicha to‘liq qondirish uchun ega bo‘lgan cheklangan resurslar (ishlab chiqarish omillari) ni qanday idora qilishni qo‘yadi.

Nima ishlab chiqarish – aynan qanday tovarlarni va qancha miqdorda ishlab chiqarish lozim; qaysi ehtiyojlarni eng muhim hisoblash hamda turli-tuman tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda kamyob resurslarni qanday taqsimlash.

Qanday ishlab chiqarish – tovarlar qaysi resurslar yordamida ishlab chiqariladi. Birinchi masala hal etilgach, ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash – ishlab chiqarish omillaridan qanday birlikda foydalanilishini aniqlash.

Kim uchun ishlab chiqarish (natijalarga kim ega bo‘ladi) – bu tovarlarni taqsimlash tizimi qanday tuzilgani, kim tovarlarni iste'mol qilishi masalasi.

Tanlash muammosi jamiyat oldiga

quyidagi UCh ASOSIY MASALAni qo‘yadi:

Ishchi kuchi

yer

kapital


resurslar

cheklangan



ehtiyojlar

tabiiy


ma`naviy

ijtimoiy


cheksiz


Основнўе эномические проблемў стояҳие перед обҳеством:

- что из товаов и услуг должно бўть произведено и в каком количестве?

- как эти товарў и услуги надо произвести?

- кто получит и сможет потребить (использовать) эти товарў и услуги?




2-savol. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi

4-ilova

Merkantilizm - jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi, deb tushuntiradi. Merkantilizm – italyancha “mercante” so‘zidan olingan bo‘lib, “savdogar” degan ma'noni anglatadi. Bu oqimning namoyondalari: V.Staffod, T.Man, A.Monkreten, Jon Lou, G.Skaruffi va boshqalar.

Fiziokratlar - jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi degan g‘oyani ilgari suradilar. Bu ta'limotning asoschisi F.Kene (1694-1774y.) hisoblanadi.



Klassik siyosiy iqtisod - boylikning faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi.

U.Petti (1623-1686 y.) boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e'tirof etgan. Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi degan ibora unga tegishlidir.

A.Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” (1776 y.) asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o‘z-o‘zini tartibga solishi (“ko‘rinmas qo‘l”) g‘oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaatdir deb ko‘rsatadi.

D.Rikardo qiymatning turli sinflar daromadlari va foydaning yagona manbai mehnat ekanligini ko‘rsatadi.


Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishi jarayonida vujudga kelgan asosiy g‘oyaviy oqimlar:

5-ilova.

Iqtisodiyot nazariyasidagi yangi oqimlar

(XIX asr oxiri va XX asr boshlari )

Marjinalizm vakillari (marginal – keyingi, qo‘shilgan) – keyingi tovar nafliligi, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borishi qonuni bu oqimning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Marjinalizm asoschilari K.Menger, F.Vizer, ye.Bem-Baverk, U.Jevons hisoblanadi.

Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall) bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini ilgari suradi. Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‘rsatadi. Funksional bog‘lanish g‘oyasini asoslaydi, bozor narxini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat deb hisoblaydi.

Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlar modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining kuchlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan.



Keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. J.M.Keyns “Bandlik foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 y.) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyasiya va bandlikka ta'sir ko‘rsatishini asoslaydi.

6-ilova.

Neoklassik yo‘nalishda yangidan vujudga kelgan oqimlar

(XX asrning 50-60- yillaridan boshlab)

Neoliberalizm (F.Xayek, Y.Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e'tiborni davlatning iqtisodiyotiga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtirdi.

Monetarizm – (M.Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni, pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi.

Institutsionalizm – tarafdorlari ( T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar naqafat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta'sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga institutsional o‘zgarishlar orqali ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

3-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti.

7-ilova.

«Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida fanning predmetiga berilgan ta'riflar

Mualliflari

Ta'rif

Manba

M.N.Chepurin, Kiseleva ye.A.

Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini, ya'ni ularning moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish bilan bog‘liq harakatlarini o‘rganadi

Kurs ekonomicheskoy teorii: uchebnik / Pod obщ. red. prof. Chepurina M.N., prof. Kiselevoy ye.A. – 6-ispravlennoe, dopolnennoe i pererabotannoe izdanie. – Kirov: «ASA», 2007, s.28.

S.S.Nosova

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning erishilgan darajasi asosida moddiy ne'mat va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish bo‘yicha kishilar o‘rtasida vujudga keluvchi ishlab chiqarish munosabatlarining yig‘indisi

Nosova S.S. Ekonomicheskaya teoriya. Elementarnыy kurs: uchebnoe posobie / S.S.Nosova. – M.: KNORUS, 2008, s.16.

G.P.Juravleva, V.I. Vidyapin

Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo‘lib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xatti-harakatini o‘rganadi

Ekonomicheskaya teoriya (politekonomiya): Uchebnik/ Pod obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlevoy. – 4-ye izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.31.

V.D.Kamaev

Boylik va resurslarning cheklanganligi, ulardan samarali foydalanish bilan yaxlit holdagi ishlab chiqarish munosabatlari tizimini, ishlab chiqaruvchi hamda iste'molchi sifatidagi insonning xatti-harakatini o‘rganadi.

Kamaev V.D. Ekonomicheskaya teoriya: Kratkiy kurs: uchebnik / V.D.Kamaev, M.Z.Ilchikov, T.A.Borisov-skaya. - 2-ye izd., ster. – M.: KNORUS, 2007, s.21.

D.D.Moskvin

Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganadi

Osnovы ekonomicheskoy teorii. Politekonomiya: Uchebnik /Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-ye, ispravl. – M.: yeditorial URSS, 2003, s.24.

ye.F.Borisov

Ne'matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilishda tarkib topuvchi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi

Borisov ye.F. Ekonomicheskaya teoriya: voprosi – otveti: Ucheb. posobie. – 2-ye izd., pererab. i dop. M.: INFRA-M, 2008, s.16.


8-ilova.

Iqtisodiyot nazariyasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.




Iqtisodiyot nazariyasi – insonning cheklanmagan ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini tanlash sharoitida xo‘jalik yuritish qonun va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.




Mikroiqtisodiyot – iqtisodiyotning alohida sub'ektlari xatti-harakati, narx va bozorlarni har tomonlama o‘rganuvchi iqtisodiyot nazariyasi bo‘limi.




Makroiqtisodiyot – iqtisodiyotni bir butunligicha yoki katta guruhlarga birlashtirilgan elementlarini o‘rganuvchi iqtisodiyot nazariyasi bo‘limi.

9-ilova.

Iqtisodiy bilimlar tarkibi

ва ҳ.к

Umumiy iqtisodiyot – iqtisodiy tizimni bir butun holda o‘rganadi



Ijtimoiy (fiskal)iqtisodiyot-mustaqil ob'ekt sifatida qaraluvchi, alohida funksional ko‘rinishlardagi iqtisodiy amaliyotni tadqiq qiladi

Umumiy iqtisodiy nazariya

Mehnat iqtisodiyoti

marketing

Moliya va kredit

Iqtisodiy statistika

Tarmoq iqtisodiyoti – xalq xo‘jaligining alohida tarmog‘idagi ishlab chiqarish qonuniyatlarini o‘rganadi

Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti

Qurilish iqtisodiyoti

Transport iqtisodiyoti

Iqtisodiyot

Biznes nazariyasi

Iqtisodiy tizim nazariyasi

Iqtisodiy ta`limotlar tarixi

Siyosiy iqtisod

Iqtisodiyot nazariyasi

va h.k

va h.k




10-ilova.

Iqtisodiy tadqiqotlarning ikki sohasi:



Mikroiqtisodiyot

Makroiqtisodiyot

o`rganadi

o`rganadi

firma, uy xo‘jaligi, tarmoq, muayyan mahsulot narxi va h.k



alohida iqtisodiy birliklarni

iqtisodiy tizimlarni umumiylikda

jahon yoki mamlakat iqtisodiyoti, iqtisodiyotning davlat sektori va h.k..





11-ilova.

Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.

Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.

12-ilova.

13-ilova.

Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi

Kishilik jamiyati rivojlanishi bosqichlari

Maxsus iqtisodiy qonunlar

Davriy iqtisodiy qonunlar

Umumiy iqtisodiy qonunlar

1 2 3 4 5 …va hakazo



14-ilova.

15-ilova.


Ilmiy bilish usullari



Dialektik usul

Pozitiv usul voqyea-hodisalarni real hayotda qanday bo‘lsa, shu holicha aks ettirish, normativ usul esa ularning haqiqatda qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi kishilarning fikr-mulohazalari.

Pozitiv va normativ usul

Eksperiment

Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy chora-tadbirlarni sinov tariqasida iqtisodiyotning alohida bo‘g‘inlarida qo‘llash. Bu usul islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyot inqiroz va turg‘unliklarga uchragan davrlarda alohida muhim ahamiyatga ega.

Farazlash usuli

Iqtisodiy tahlilda «boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda» yoki «boshqa omillar ta'sir qilmaganda», degan farazdan foydalanib, yagona omil ta'sirida iqtisodiy hodisaning mohiyatini ochishga harakat qilinadi.

Ilmiy abstraksiya

Tahlil va sintez usuli

Mantiqiy tahlil paytida hodisa va jarayonlarning ikkinchi darajali belgilari fikridan chetlashtirib hamda eng asosiy belgilarni ajratib olish orqali ularning mohiyatini ochib berishga harakat qilish.



Iqtisodiyotga bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan turli bo‘g‘inlardan iborat yaxlit bir tizim sifatida qarab, unda ro‘y beradigan jarayonlar doimiy o‘zgarishda (oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga) va rivojlanishda deb hisoblaydi.



Tahlil – bu o‘rganilayotgan voqyea-hodisalarni alohida qismlarga ajratib, sintez esa ularni yaxlit bir butun qilib birlashtirish orqali mohiyatini ochib berish.


16-ilova.

ma'ruza mashg‘uloti bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun vazifa

(Ha, yo‘q texnikasi).

  1. Inson hoxish-istagiga taalluqli bo‘lmagan ob'ektiv iqtisodiy qonunlar mavjudmi?

  2. Vaqt o‘tishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘zgarishi bilan iqtisodiy qonunlar o‘zgaradimi?

  3. Iqtisodiy tadqiqotlarda matematik usullardan foydalaniladimi?

  4. Iqtisodiyot nazariyasi amaliyotda davlatni boshqarishda yordam beradimi?



1.2. Seminar mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

O‘quvchilar soni: 25-30 nafar

O‘quv mashg‘uloti shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti

O‘quv mashg‘uloti rejasi

  1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va turlari. Ehtiyojlarni qondirish muammolari.

  2. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar va yo‘nalishlar.

  3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti.

  4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar ularning tizimi va amal qilish mexanizmi.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Bu seminar mashg‘uloti jarayonida savollar va muammolar borasida suhbat o‘tkaziladi. Bu darsda “aqliy hujum” usulini ham qo‘llash mumkin. Shuningdek, test va masalalar yechish mumkin.

Pedagogik vazifalar:

- mavzu bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash.

- darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish;

- iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish



O‘quv faoliyatining natijalari:

O‘quvchi:



  • iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy resurslar tushunchalariga ta'rif beradi.

  • iqtisodiyotning asosiy masalalarini tavsiflaydi;

  • asosiy iqtisodiy oqimlarni aytib, ular ilmiy qarashlarining mazmunini yoritadi;

  • iqtisodiyot nazariyasining predmetiga ta'rif berib, vazifalarini ko‘rsatib beradilar;

  • iqtisodiy qonun va kategoriyalarga ta'rif berib, misollar keltiradilar;

iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda asosiy usullarni sanab, sharhlab beradilar.

O`qitish uslubi va texnikasi

Blits-so‘rov, birgalikda o‘qiymiz, iqtisodiy esse, “iqtisodiyot”, “ehtiyoj” so‘zlariga klaster, munozara.

O`qitish vositalari

Ma'ruza matni, o‘quv qo‘llanmasi, proektor, flipchart, marker, doska.

O`qitish shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, individual va guruh bo‘yicha o‘qitish.

O`qitish sharoitlari

Kompyuter texnologiyalari, proektor bilan ta'minlangan, guruhda dars o‘tishga moslashtirilgan auditoriya.

Seminar mashg`ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

o`qituvchi

O`quvchi

1-bosqich kirish(10 min)

1.1. Mavzuni, maqsadi rejadagi o‘quv natijalarini e'lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Mashg‘ulot hamkorlikda ishlash texnologiyasini qo‘llagan holda o‘tishni ma'lum qiladi.

1.2. Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi:

Iqtisodiyot bilan bog‘liq qanday terminlarni bilasiz? Ularning mazmunlarini ham bilasizmi?

Mazmunining muhokamasi guruhlarda davom etishini e'lon qiladi.


    1. Mavzuni yozadi va savolarga javob beradi

2-bosqich asosiy

(60 min)


2.1. O‘quvchilarni 3 guruhga bo‘ladi, har biriga vazifa beradi (2-ilova).

Kutilayotgan o‘quv natijalarini eslatadi.

2.2. Guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (1-ilova). Baholash mezonlarini ham namoyish qiladi.

2.3. Vazifani bajarishda o‘quv materiallari (ma'ruza matni, o‘quv qo‘llanma)laridan foydalanish mumkinligini eslatadi.

Guruhlarda ish boshlashni taklif etadi.

2.4. Tayyorgarlikdan keyin taqdimotni boshlangani e'lon qilinadi.

2.5. O‘quvchilar javobini sharxlaydi, xulosalarga e'tibor beradi, aniqlik kiritadi.

2.6. O‘quvchilarga B.B.B usuli bo‘yicha ifodalangan jadvalni namoyish qiladi va ustunlarni to‘ldirishni aytadi.

Tushunchalarga izohlarni to‘g‘rilaydi va savollarga javob qaytaradi.

Guruhlar faoliyatiga umumiy ball beradi.





2.1.O‘quv natijalarini taqdim qiladilar.

2.2. Savollar beradi.

2.3.Javoblarni to‘ldiradi.

2.4. Jadval ustunlarini to‘ldiradi va muhokamada ishtirok etadi.




3-bosqich yakuniy (10 min)

3.1. Mashg‘ulotni yakunlaydi, o‘quvchilarni baholaydi va faol ishtirokchilarni rag‘batlantiradi.

3.2. Mustaqil ish sifatida “O‘quvchilar iqtisodiy dunyoqarashini shakllantirishda iqtisodiyot nazariyasining o‘rni” mavzusida “esse” yozishni topshiradi.




3.1.Eshitadilar .

3.2 Topshiriqni oladilar.



O`quv topshiriqlar

1- ilova.

Guruh bilan ishlash qoidalari

Guruh a'zolarining har biri

  • o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;

  • berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas'uliyat bilan ishlashlari lozim;

  • o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

  • yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

  • guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

  • “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim.

2-ilova

  1. Bitta gap bilan savolga javobni shakllantiring.

Iqtisodiyot, iste'mol, iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy resurslar, iqtisodiyotning bosh masalasi tushunchalari qanday bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi?

  1. “Iqtisodiy maktablar va ulardagi iqtisodiy yondoshuvlar” bo‘yicha sxema tuzing.

  2. Ushbu tushunchalarning mazmunini yoriting.

Iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiy resurslar, iqtisodiyot nazariyasi tushunchalarining mazmuni.

Iqtisodiyotning doimiy va bosh muammosi – ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.

Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy iqtisodiy oqimlar, ularning ta'limotlari.

Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida qaror topishi.



3-ilova.

Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari (ball)

Guruh

1 topshiriq

2 topshiriq

3 topshiriq (har bir savol 0,2 ball)

Ballar yig‘indisi

(1,0)

(1,4)

1-savol

2-savol

3-savol

(3,0)

1



















2



















3



















4-ilova.

B.B.B. usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar




Tushuncha

Bilaman “+”,

Bilmayman “-”.

Bildim “+”,

Bila olmadim “-”.

1

Iqtisodiyot va uning bosh masalasi







2

Iqtisodiy resurslar







3

Iqtisodiyotning doimiy va bosh muammosi







4

Ehtiyojlarning cheksizligi







5

Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi







6

Asosiy iqtisodiy oqimlar







7

Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida qaror topishi







8

Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar







9

Ehtiyojlarning tarkibi







10

Ehtiyojlarning turlari







11

Ehtiyojlarni qondirish muammolari







12

Sharq va G‘arbdagi iqtisodiy g‘oyalar







13

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti







14

Iqtisodiy qonunlar







15

Iqtisodiy kategoriyalar







5-ilova

Guruhlar uchun topshiriqlar.

  1. guruh.

Iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiy resurslar, iqtisodiyot nazariyasi tushunchalarining mazmunini yoriting.

“Iqtisodiyot” so‘ziga klaster tuzing.



  1. guruh.

Iqtisodiyotning bosh masalasi qanday? U bilan bog‘liq qanday muammolar mavjud?

“Ehtiyoj” tushunchasiga klaster tuzing.



  1. guruh.

Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy iqtisodiy oqimlar qaysilar va ular ta'limotining mazmuni qanday?

“Iqtisodiy oqimlar” tushunchasiga klaster tuzing.



  1. guruh.

Iqtisodiyot nazariyasining asosiy bilish usullari qanday?

“Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar” tushunchasiga klaster tuzing



6-ilova.

Insert usuli”



Insert - samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib-o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma'ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan o‘quvchiga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, «V; +; -; ?» belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi.

Matnni belgilash tizimi

(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.

(+) – yangi ma'lumot.

(-) – men bilgan narsaga zid.



(?) – meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma'lumot zarur.

Insert jadvali

Tushunchalar

V

+

-

?

Iqtisodiyot













Ehtiyoj













Iqtisodiyotning bosh masalasi













Iqtisodiy resurslar













Iqtisodiy qonunlar













Iqtisodiy kategoriyalar













Iqtisodiy oqimlar













O‘rganish uslublari














Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa