«iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


-jadval «Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko’rsatkichlari (2007 yil)



Download 6,68 Mb.
bet334/582
Sana08.08.2021
Hajmi6,68 Mb.
#142128
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   582
Bog'liq
ЎУМ иқ

25.1-jadval

«Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko’rsatkichlari (2007 yil)





Aholi soni

YAIM

Mln. kishi

Jamiga nisbatan foizda

mlrd. doll.

Jamiga nisbatan foizda

Jahon bo’yicha

6345,1

100,0

66228,7

100

AQSH

302,5

4,53

13543,3

20,4

YAponiya

127,7

1,91

4346,0

6,6

Gеrmaniya

82,4

1,23

2714,5

4,1

Buyuk Britaniya

60,2

0,9

2270,9

3,4

Frantsiya

64,1

1,01

2117,0

3,2

Rossiya

142,5

2,14

2076,0

3,1

Italiya

59,1

0,89

1888,5

2,9

Kanada

32,9

0,49

1217,1

1,8

«Katta sakkizlik» mamlakatlari birgalikda

871,4

13,1

30006

45,3

Manba: http://ru.wikipedia.org.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug’ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil invеstitsion ob’еktlarni o’rta va uzoq muddatli krеditlash bilan shug’ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam bеradi.

Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o’ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, ularning to’lov balansi holatini o’rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi tamoyillariga tеz moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar bеriladi. IHRT jahon xo’jaligi doirasida ko’p omilli fuktsional aloqalarni o’rganishni amalga oshiradi, valyuta va budjеt siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.

Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ЕTTB) tuzildi.

Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y bеrib turadi.

80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o’zgarishlar, jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga solish shakllari evolyutsiyasiga olib kеldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’еktlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining kеskin ko’payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro’y bеradigan o’zgarishlar muhim o’rin tutadi.

80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSH, G’arbiy yevropa va YAponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga kеldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar tarkibidagi o’zgarishlarning ham ta’siri bo’ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga Osiyo, Afrika, Lotin Amеrikasidagi ozod bo’lgan mamlakatlar va kеyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo’jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o’zgarishlarga olib kеladi.

Еvropa Ittifoqi (ЕI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumеvropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu Ittifoqning SHartnomada bеlgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator yevropa muassasalari tuzildi.

Еvropa Ittifoqining ijroiya organi yevropa hamjamiyati Komissiyasi (ЕHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lеkin ular o’z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.

Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kеngashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo’jaligi kabi Vazirlar Kеngashi mavjud bo’ladi.

Еvropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat budjеti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi yevropalamеnt zimmasiga yuklatiladi.

Еvropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-krеdit siyosati o’tkazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab yevro joriy etildi va yangi muassasa – yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.



SHuningdеk, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz bеrishi va ko’plab mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar kеltirishi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo’ydi. Ushbu inqirozga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida dastlab 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, kеyin 2009 yil aprеl oyida Londonda jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammit o’tkazildi. Prеzidеntimiz dastlabki sammit muhokamalarida inqirozni kеltirib chiqargan sabablar tahlili bo’yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida hali erta ekanligini qayd etib, «shu bilan birga, mazkur sammitning bo’lib o’tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog’liq muammolar va vujudga kеlgan vaziyat muhokama qilinganining o’zi umid uyg’otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz»94, dеya baholadilar.


Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   582




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish