4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik aloqalarni tartibga solishning mеxanizmini yaratish zarurligiga olib kеldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va krеdit sohalarida Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), jahon savdosi sohasida – Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv – Jahon savdo tashkiloti (TSBK – JST)ni ko’rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, kеyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib kеldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni mе’yoriy chеgaralar va qoidalarni aniqlovchi kеlishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning20-yillarida tuzilgan bo’lsada (Millatlar ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan kеyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar –Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro krеdit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab bеradi. Urushdan kеyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv (TSBK), yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (ЕIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komitеti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri kеldi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi, 1948 yilning 1 yanvaridan buyon Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat ko’rsatib, 1995 yil 1 yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST) dеb yuritiluvchi xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda JST jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. JST milliy va mintaqaviydarajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protеktsionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni o’zaro kеlishtirishga yordam bеradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz chеklashlarni aniqlashda tеng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish XVF, XTRB, Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi mamlakatlar(AQSH, Yaponiya, Gеrmaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya) ning har yillik kеngashi bu sohada muhim rol o’ynaydi. Bu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2007 yilda jahondagi barcha mamlakatlar YAIMning 45,3 foizini tashkil etgan (25.1-jadval).
Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun krеdit bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |