"iqtisodiyot nazariyasi" fanidan


-jadval. Qulay investitsiya muhitini shakllantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar3



Download 0,56 Mb.
bet3/8
Sana01.06.2023
Hajmi0,56 Mb.
#947572
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'ZBEKISTONING INVESTITSIYAVIY SIYOSATI VA UNING YO\'NALISHLARI 9

1
.1-jadval. Qulay investitsiya muhitini shakllantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar3.

Investitsion muhit muayyanligini bu borada faoliyatning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi bu omillarning oʻzaro bog‘liq majmui u yoki bu mamlakat iqtisodiyotidagi hal qiluvchi investitsion muhit hisoblanadi. Demak, investitsion muhit haddan tashqari koʻp oʻlchovli, murakkab va serma’no tushunchadir.
Amaliyotda investitsion muhitning moliyaviy jihatlari sifatida byudjet, toʻlov balansi, davlat qarzlari, bojxona bojlarining kattaligi, bank tizimi, konvertatsiya muammosi, toʻlovlar, soliq va soliqqa tortishning qoniqarsizligi, soliq tizimi, soliq yuki va undagi yig‘imlar katta muammolardan hisoblanadi. Bu esa hududlarda xorijiy sarmoyalarni jalb etishdagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillardan biri bular: “investitsion salohiyat” va “investitsion risklar”dir. Ma’lumki investitsion salohiyat deganda iqtisodiy faoliyatda foydalaniladigan ishlab chiqarish zaxiralari, quvvatlari, kuchlari, imkoniyatlari kabilardan iborat resurslar yig‘indisi tushuniladi.


1.3. O'zbekiston investitsiyaviy siyosatining tarixiy rivojlanishi

Davlatimiz mustaqillikkam erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotigam o‘tishning o‘ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Bu yo‘lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunk investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag‘batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O‘zbekiston davlati o‘z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda .


Investitsiya siyosati iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o‘tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig‘indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko‘proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib topib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiya’ni sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmuyidir. Tarmoq investitsiya siyosati esa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eskport qilish, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, fan-texnika taraqqiyotini investitsiya yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishlarga aylandi.
Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zarurati quyidagilardan kelib chiqadi:

  • ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma'naviy eskirganligi, ularning qayta tiklash yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoxud umuman yangilashga oid bo‘lib qolganligi;

  • sanoat tarmog‘ida moddiy texnika bazasining o‘ta pastligi va ko‘pgina zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko‘plab sarflanayotgani va jamg‘arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi;

  • O‘zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerda ko‘plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligi;

  • aholi sonining o‘sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbayi bo‘lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xomashyo salmog‘ini kamaytirish va ko‘plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lish zarurligi va shu kabilar.

Mahalliy investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridir .
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida investitsion faollikning pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,8 %ni tashkil etdi. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 202,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 65,4 %i yoki 132,0 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 34,6 % yoki 70,0 trln. so‘m moliyalashtirildi.
Jami investitsiyalar hajmida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020-yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,0 % punktga kamayib, 19,5 %ni yoki 39 310,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 162 289,9 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 80,5 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,0 % punktga ko‘paydi. Markazlshmagan investitsiyalar – 162 689,9 mlrd. so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar – 22 467,1 mlrd. so‘m. Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar – 86 647,0 mlrd. so‘m. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar 64 179,9 mlrd. so‘m. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 51 911,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,7 %ini tashkil etdi.
Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,9 %i yoki 18 077,8 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 28 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019-yilning mos davriga nisbatan 5,3 % punktga kamayib, 14,2 %ni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 28 520,9 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 14,1 %ini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 0,3 % punktga kamaydi), O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 22 467,1 mlrd. so‘m (11,1 % va 3,1 % punktiga kamaydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 35 439,4 mlrd. so‘m (17,6 % va 7,6 % punktga ko‘paydi), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 1 814,6 mlrd. so‘m (0,9 % va 2,5 % punktga kamaydi), Respublika budjeti 13 081,3 mlrd. so‘m (6,5 % va 2,5 % punktga kamaygan), suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 1 947,2 mlrd. so‘m (1,0 % va 0,1 % punktga ko‘payish) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2019- yilga nisbatan 63,2 % ga ko‘paydi.
Bunday yuqori o‘sishga sement ishlab chiqarishni tashkil etish, elektron gaz hisoblagichlar kalava, infuziya va inyeksion qorishma ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, Auminzo-Amantoy konlari hududida oltin mavjud konlarda qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha qurilish ishlari I-II bosqich, “Muruntau” karyeriga qayta ishlov berish (V navbat) I bosqich, texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi (I-II bosqichlar), Toshkent metal zavodi qurilishi va boshqa yirik investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar sabab bo‘ldi. Shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan ivestitsiyalar 2019- yilga nisbatan 32,7 %ga kamaydi. Buni o‘tgan yilda amalga oshirilgan sement ishlab chiqarishni tashkil etish, “Tashkent city” XIM hududida “Congress Hall” va besh yulduzli “Hilton” mehmonhonasining qurilishi, metallni qayta ishlash zavodi qurilishi, to‘qimachilik fabrikasi qurilishi va boshqa loyihalar bo‘yicha investitsion faollik bilan izohlash mumkin. 2020-yil yanvar-dekabr oylarida 86 647,0 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 42,9 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 32 847,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va qolgan 53 799,8 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan joriy davrda 64179,9 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 22 467,1 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 90,6 %ni tashkil etdi . Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi” . O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
− tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish;
− valyuta bilan tartibga solish;
− soliq bilan tartibga solish;
− tarif va notarif tartibga solish;
− O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash;
− tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish;
− eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini belgilash;
− o‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazibberish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan eksport nazoratini o‘rnatish;
− olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash;
− texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini belgilash;
− tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish uni moliyaviy, valyuta, kredit, bojxona tarif va tarifdan tashqari tartibga solish, eksport nazoratini ta’minlash, tovarlarni olib kirish va olib ketish munosabati bilan sertifikatsiyalash sohasidagi siyosatini belgilab olishdan iborat. Bunday boshqarishnin barcha yo‘nalishlari amaldagi qonunchilikka asoslanadi. Davlatning eng muhim vazifalaridan biri tashqi iqtisodiy faoliyat va u asosida tashqi iqtisodiy siyosatning boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qiladigan qoidasini ishlab chiqishdir.
Davlat tomonidan boshqarish (tartibga solish)ning maqsadi barcha darajadagi, foydali tashqi iqtisodiy faoliyatni ta’minlovchi huquqiy-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni yaratishdir. Bu bosqichda eksportni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan strategik maqsadni amalga oshirish uchun sharoit yaratish zarur: eksport qilinadigan mahsulot sifatini yaratish, eksportning tovar va geografik tuzilmasini takomillashtirish kerak. Xalqaro amaliyotga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z strategik maqsadlarga erishishiga yordam beradigan tashqi savdo sohasidagi masalalarni hal etishi zarur.
Bugungi kunda har bir mamlakat iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog‘liq bo‘lmoqda. Ayniqsa, mamlakatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Har qanday davlatga investitsiyalarning kirib kelishi mazkur mamlakatdagi investitsiya muhitiga taʼsir etuvchi omillarga bevosita bog‘liq. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo‘lib, birinchi navbatda, kapital mablag‘lar daromadliligini taʼminlab beradi. Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o‘zida aks ettirgan voqelikdir. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.
Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil xorijlik investorlarning boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni kiritish imkoniyatini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir. O‘zbekistondagi investitsiya muhitining asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda eng barqaror mamlakat ekanligidadir. Bu albatta, mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir.
Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan ochiq, do‘stona, pragmatik tashqi siyosat natijasida mamlakatimizning xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada mustahkamlanmoqda.
Bugungi globallashgan, yetkazib berish zanjirlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan dunyoda hech qaysi davlat yakka holda rivojlana olmaydi. Faqatgina o‘zaro manfaatli hamkorlik, o‘zaro ishonch mamlakatlar taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yagona yo‘l, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Taʼkidlash joiz, xorijiy investitsiya va xalqaro tashkilotlarning mablag‘larini jalb etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishini taʼminlaydi, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan davlatlar orasida xorijiy investitsiyalar va mablag‘larni jalb etishda kuchli raqobat muhiti mavjud bo‘lib, har bir davlat qulay tadbirkorlik va investitsiyaviy muhit yarata olishi ularning kelajakdagi taraqqiyotini belgilaydi.
Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda investitsiya muhitini yana-da yaxshilash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va boshqa muhim sohalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda sifatli investitsiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida 2019 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengash tashkil qilingan edi.
O‘tgan davr mobaynida ushbu kengash investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga va o‘zaro manfaatli savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish, investorlarning faolligiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilishda samarali faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatimizda investitsiya muhitini shakllantirishda, birinchi navbatda, huquqiy baza bo‘lishi lozim. Ayni mana shu tendensiyadan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunida ham investitsiyaviy faoliyat davlat kafolatida ekanligi Bosh Qomusimizda mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Xususan, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi hamda monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilayotgan tashabbuslar mamlakatimizda investitsiyaviy muhitning yana-da yaxshilanishiga, iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.



II-BOB O’ZBEKISTONDA INVESTITSION SIYOSATNING AMALIY JIHATLARI




2.1. Mamlakatimizda investitsiya siyosatining yo`nalishlari.

Zamonaviy O’zbekiston – butun mintaqaning barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi Markaziy Osiyo mintaqasida etakchi sanoat davlatidir. Zamonaviy O’zbekiston iqtisodiyotining xorijiy kompaniyalar uchun taqdim etadigan afzalliklari orasida siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, qulay iqlim sharoitlari, mehmondo’st va mehnatsevar xalq va boshqalarni o’z ichiga oladi.


O’zbekistonda biznesni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillari orasida: boy resurs bazasi, yirik mintaqaviy bozorlarning markazida qulay jo’g’rofiy joylashuvi, xalqaro ahamiyatga ega yer va havo kommunikatsiyalari tarmog’i, diversifikatsiyalangan sanoat bazasi va respublikaning ilmiy va intellektual kadrlar salohiyatiga integratsiyalangan transport-logistika tizimi mavjud.
Xom ashyolarning keng doirasiga kirish xom ashyo va materiallarni tashish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini maksimal darajada optimallashtirish, yuqori qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan ortiq bo’lgan mahsulotni chuqur qayta ishlash imkoniyatini beradi.
Respublikada 2800 dan ortiq konlar va foydali minerallar aniqlangan, mamlakatning umumiy mineral-xom ashyo salohiyati taxminan 3,5 trln. dollar, shu jumladan, bir qancha o’rinlarda metall va metall buyumlar, qishloq xo’jaligi buyumlar bo’yicha O’zbekiston dunyodagi yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Xususan, mis zaxiralari bo’yicha – 11-o’rin, oltin ishlab chiqarish bo’yicha – 9-o’rin, uran-8-o’rin, paxta tolasi – 5-o’rinlarni egallaydi.
O’zbekiston iqtisodiyoti mutlaq energetik mustaqilligi bilan ajralib turadigan dunyodagi ozchilik mamlakatlardan biridir. Respublikaning sanoati tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlari, ko’mir va elektr energiyasi bilan to’la ta’minlangan. Shu jumladan Respublikada 188 ta neft, gaz va kondensat konlari, uchta ko’mir zaxiralari aniqlangan. O’zbekiston uran zaxiralari va uni qazib olish bo’yicha birinchi o’ntalikka kiradi. O’zbekistonning jami energiya zahiralari iqtisodiyotning kamida 100 yillik ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya Respublikaning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qoplaydi va rivojlangan mamlakatlarda sanoat iste’molchilari tomonidan to’lanadigan o’rtacha narxdan 4,5 barobar past. Qo’shimcha muqobil energiya manbalari cheksiz imkoniyatlarini yaratadi, shu jumladan quyosh, shamol, qattiq chiqindilarni qayta ishlashdan olingan energiya har yili 51 milliard tonna ekvivalentida neft ishlab chiqarish imkonini beradi.
Qulay iqlim sharoitlari tufayli O’zbekiston eng boy qishloq xo’jalik imkoniyatiga ega: Respublika to’qimachilik sanoatida eng ko’p talab etiladigan paxta tolasining ishlab chiqaruvchi yirik mamlakatlar ichida beshinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mamlakat yiliga 10 million tonnadan ortiq meva va sabzavot ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo’lib, har yili 10 ming tonnaga yaqin quruq ipak qurti pilla ishlab chiqaradi. O’zbekistonning keng savdo bozorlari va rivojlangan transport infratuzilmasiga yaqinligi, Yevroosiyoning multimodal kommunikatsiya tizimi integratsiyalashgan va investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanishinii belgilab beradi.
O’zbekistonga sarmoya kiritib, Xalqaro kompaniyalari eng yirik va eng jadal rivojlanayotgan beshta bozorga chiqish imkoniyatiga ega – ular bozordagi MDH mamlakatlari hamda, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharqdagi 300 million kishidan ortiqdir.
Shu bilan birga, rivojlangan multimodal tarmoq, O’zbekistondan tovarlarni etkazib berish va mamlakatimiz hududi orqali tranzit qilish vaqtini va xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi, shuningdek, 44 davlat bilan eng ko’p qulaylik yaratish tartibi to’g’risidagi shartnomalar va MDHning 12 mamlakati o’rtasida tashkil etilgan erkin savdo hududi O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshiradi. Ma’lumki, mehnat resurslari xorijiy sarmoyadorlar uchun ham muhimdir. G’arb bilan Sharq o’rtasidagi kesishuvda joylashgan dunyoning eng zich aholisi va ko’p millatli davlatlaridan biri bo’lgan O’zbekiston bugungi kunda mamlakatimizni yuqori malakali, kadrlarni «shakllantirish» ga aylantirgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim muassasalari to’plangan joy bo’lib kelgan.
Bugungi kunda O’zbekistonda 91 ta oliy o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatmoqda.Bundan tashqari Britaniya, Singapur, Italiya, Rossiya oliy o’quv yurtlarining filiallari mavjud.Universitetlarning yarmi texnik, maxsus soha mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
O’zbekistonning tarixiy shakllangan boy ilmiy madaniyati, keng ko’lamli ilmiy va amaliy tashkilotlarning tarmog’i iqtisodiy taraqqiyotning ilg’or innovatsion mexanizmlarini rivojlantirish uchun obyektiv shart-sharoitlarni yaratadi.
1943 yildan buyon dunyoning yetakchi ilmiy bazalaridan biri bo’lgan O’zbekiston – 18 ta tadqiqot institutlarini birlashtirgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi – bu mintaqada «innovatsiya markazi» dir.
O’zbekistonning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish zarurati O’zbekistonning dunyodagi eng yirik va eng jadal rivojlanayotgan beshta bozorning markazida joylashganligi – MDH, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, shu jumladan, Afg’oniston, Yaqin Sharq, Markaziy va Sharqiy Yevropa bozorlaridagi raqobat bugungi sharoitda xorijiy kompaniyalar, shu jumladan Ispaniya kompaniyalari O’zbekistonning mutlaq va qiyosiy afzalliklari bilan faqat yutib olishlari mumkin.
Avvalo, bu yuqoridagi hududlar o’rtasidagi barcha savdo yo’nalishlarini kesib o’tishda respublikaning qulay jo’g’rofiy joylashuvi, Markaziy Osiyoning chegaralaridan tashqarida bo’lgan bozorlarni qamrab oluvchi rivojlangan multimodal tarmoq, shu jumladan Sharqiy Yaqin Sharq, Shimoliy Hindiston va G’arbiy Xitoy.
Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida jadal o’sib borayotgan va ko’p jihatdan ochilmaydigan bozorlarni rivojlantirish uchun misli ko’rilmagan shart-sharoitlar, O’zbekiston ishlab chiqaruvchilarining 60 million aholisi va 300 million aholisi bo’lgan MDH mamlakatlari Markaziy Osiyo bozorlariga bojsiz kirish imkoniyatlaridan ham foydalanishmoqda.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimchalar ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatdagi investitsiya loyihalariga kamida 1 million dollar ekvivalentida mablag‘ kiritgan xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish taklif etilmoqda. Bunday imkoniyat nafaqat investorlarga, balki boshqa mamlakatlarning taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga nisbatan ham tadbiq etiladi.
Bunda «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» DUK yoki Davlat xizmatlari markazi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga sarmoya kiritganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beradi. Ushbu hujjat O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:
mamlakat hududida yashaydigan va fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;
tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
Qonun loyihasi prezident Administratsiyasining 2022 yil 10 martdagi topshirig‘i va hukumatning «Vujudga kelayotgan xalqaro inqiroz sharoitida turizm tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi «yo‘l xarita»si»ga asosan ishlab chiqildi.
2021-yilda oʻzlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 254 trillion soʻmni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 109 foizga oʻsdi, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 8,6 milliard dollarni tashkil qildi. Hisobot davrida davlat Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,9 milliard dollarlik 318ta yirik investitsiyaviy loyiha, hududiy investitsiya dasturlari doirasida esa 7,4 milliard dollarlik 15 710 investitsiyaviy loyiha amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi tufayli jami 275 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha 2040 ta shu kabi korxona faoliyati oʻrganilib, tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish boʻyicha aniq choralar koʻrildi. Natijada 1908 korxona (94 foiz) toʻliq quvvat bilan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi, bu esa mamlakatimiz sanoatiga qoʻshimcha ravishda 4,1 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish, 184 million dollarlik qoʻshimcha eksportga yetkazib berish va 25 mingga yaqin ish oʻrni tashkil etish imkonini berdi. 152 dona foydalanilmayotgan texnologik uskuna ham ishga tushirildi, bu esa, oʻz navbatida, 1 257 yangi ish oʻrni yaratish imkonini berdi.
Oʻtgan 2022-yil davomida mamlakatimizda 192 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilib, ularda 345,4 milliard soʻmlik 185 ta loyiha amalga oshirilgani hamda shuning evaziga 3,5 mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilgani maʼlum qilindi. Shu bilan birga, umumiy qiymati 1,7 trillion soʻmdan ziyod boʻlgan 3,1 mingdan koʻproq loyihalar amalga oshirilib, ularda qoʻshimcha ravishda 36,4 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi koʻmagida umumiy qiymati 110,9 milliard soʻmlik 163 investitsiya loyihasi moliyalashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻoʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a boʻlmaydi. Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart.”12, deb ta’kidlab, investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi g‘oyat muhim ahamiyatini va uni jalb qilishning dolzarbligini e’tirof etadi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining uchinchi bandida investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish vazifalari belgilangan edi4.
Oʻtgan 5 yil davomida bu qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar ijrosini amalga oshirilishi natijasida ijobiy natijalarga erishildi. “...Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi uch yarim barobarga oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi”5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida” gi Farmonining 26-maqsadida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻrish vazifasi belgilangan6.
Jahon amaliyotidan shu narsa bizga ma’lumki, rivojlanish sari borayotgan har bir davlat oʻz ichki investitsiyalarini va tashqi investitsiyalarni milliy iqtisodiyotning barcha sohalariga yoʻnaltirishga intiladi. Chunki investitsiyalarning butun iqtisodiyotni qamrab olishi bir paytning oʻzida mamlakatda barcha tarmoq va sohalarning rivojlanishi va takomillashuviga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti shuni koʻrsatadiki, investitsiyalarni jalb qilmay turib, iqtisodiyotni yetarli darajada rivojlantirib boʻlmaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarning tahlili shuni koʻrsatadiki, qoʻlga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, buning uchun esa faol investitsion siyosat yuritishning oʻrni juda muhimdir. Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri ham qulay investitsiya muhitini shakllantirish va jozibadorligini oshirish hisoblanadi. Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va jozibadorligini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarini yanada erkinlashtirishga, ular oʻrtasidagi raqobat muhitini takomillashtirishga, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga, ishchi kuchi masalasini oshirishga va ular bandligini ta’minlashga juda katta ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va jozibadorligini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarini yanada erkinlashtirishga, ular oʻrtasidagi raqobat muhitini takomillashtirishga, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga, ishchi kuchi masalasini oshirishga va ular bandligini ta’minlashga juda katta ijobiy ta’sir koʻrsatadi.


2.2. O’zbekistonda investitsiyaviy siyosatning amaliyotda o'tkazilish jarayoni va uning natijalari.

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shartsharoitlarni ta‘minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o‘tish joizdir.


О‘zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.
Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko‘lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog‘liq. O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo‘lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan referensiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan.
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli 2017-2021-yillar oraligʻida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,7 baravarga oshib, 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 13,2 mingtaga yetgan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar mamlakat iqtisodiyotida qanday rol oʻynashini tahlil qildi. Tadqiqot mamlakatimiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning ahamiyati ortib borayotganini koʻrsatdi. 2017-2021-yillar oraligʻida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,7 baravarga oshib, 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 13,2 mingtaga yetgan. Iqtisodiyotimizga investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakat orasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish