O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI
KURS ISHI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
MAVZU: “O'ZBEKISTONNING INVESTITSIYAVIY SIYOSATI VA UNING YO'NALISHLARI”
Ilmiy rahbari: dots. Tursunov A.M.
Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari”
fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)
bo`yicha 1-kurs 146-22 guruh talabasi
Hamzaxonova Dilfuza
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH 2
I-BOB. INVESTITSION SIYOSATNING NAZARIY JIHATLARI. 4
1.1.Investitsion siyosat: mazmuni, maqsadi, xususiyatlari, tuzilishi, ahamiyati. 4
1.2. Investitsiyaviy siyosatning vazifalari va qo'llaniladigan asosiy usullari. 10
1.3. O'zbekiston investitsiyaviy siyosatining tarixiy rivojlanishi 15
II-BOB O’ZBEKISTONDA INVESTITSION SIYOSATNING AMALIY JIHATLARI 22
2.1. Mamlakatimizda investitsiya siyosatining yo`nalishlari. 22
2.2. O’zbekistonda investitsiyaviy siyosatning amaliyotda o'tkazilish jarayoni va uning natijalari. 29
2.3. O’zbekiston respublikasida investitsiya siyosatini takomillashtirishning yo’nalishlari. 33
XULOSA 39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 41
KIRISH
Kurs ishi mazusining dolzarbligi va zarurati.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yаngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘si sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadi belgilangan1.
Ushbu vazifalarga erishishda O'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uning yo'nalishlari bilan bog‘liq masalalar alohida ahamiyat ega. Chunki Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi.
Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya jalb qilish faoliyatini vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Investitsiya loyihalarini samarali jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan xorijiy investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investi tsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin , - deya ta’kidlab o’tdilar. Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi.2
Kurs ishining maqsadi: O'zbekistonning investitsiyaviy siyosati va uning yo'nalishlari bilan bog‘liq masalalarni nazariy asoslar va amaliy jixatlarini tadqiq etish, umumlashtirish va asosida tegishli xulosalarni chiqarishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |