Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy uslubiy poydevori


 Iqtisodiyot nazariyasi va aniq tarmoq iqtisodiy fanlar



Download 499,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana31.12.2021
Hajmi499,2 Kb.
#224018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
10 Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy

2. Iqtisodiyot nazariyasi va aniq tarmoq iqtisodiy fanlar. 

Haqiqiy  fanning  amalda  vujudga  kelishi  faqatgina  tadqiqot  predmetining 

shakllanishi  bilan  emas,  shu  bilan  birga  uning  bilish  usulining  qaror  topishi  bilan 

ham  bog‘liqdir.  Uslubiyat  –  bu  ilmiy  bilishning  tamoyillari  tizimi,  yo‘llari, 



qonun-qoidalari  va  aniq  hadislaridir.  Bu  ob’ektiv  reallikni  bilish  dialektikasi, 

mantiqi  va  nazariyasini  o‘z  ichiga  oluvchi  bir  butun  ta’limotdir.  Uslubiyat 

umumilmiy  tavsifga  ega,  lekin  har  bir  fan  o‘zining  predmetidan  kelib  chiqib, 

o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy 

va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. 



14 

 

Dialektik  usul  qoidalari  ilmiy  bilishning umumiy  usuli bo‘lib xizmat  qiladi. 

Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar  quyidagilardir: 

1.  Iqtisodiyot  bir-biri  bilan  aloqada,  chambarchas  bog‘liqlikda,  ziddiyatda, 

o‘zaro  ta’sir  qilib  turadigan  turli  bo‘g‘inlardan,  bo‘laklardan  iborat  yaxlit  bir 

jarayonki,  u  doimo  harakatda,  rivojlanishda,  mazmun  va  shakl  jihatdan  o‘zgarib 

turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi. 

2.  Iqtisodiy  jarayonning  har  bir  bo‘lagini  alohida  olib,  uning  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy 

va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va 

makonda o‘rganish.  

3.  Iqtisodiy  jarayonlarni  oddiydan  murakkabgacha,  quyidan  yuqorigacha 

rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat 

jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 

4.  Ichki  qarama-qarshiliklar  birligiga  va  ularning  o‘zaro  kurashiga 

rivojlanishning manbai deb yondashish. 

Iqtisodiy  faoliyatlar,  hodisa  va  jarayonlar  tabiiy,  moddiy,  shaxsiy  omillar  va 

pul  mablag‘lari  kabi  omillarga  tayangan  holda  kechadi,  bu  omillar  o‘zaro 

chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular 

doimo  sifat  va  miqdor  jihatdan  o‘zgarib  turadi,  turli  davrlarda  turlicha  ijtimoiy 

shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo 

bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning 

qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. 

Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham 

mavjuddir,  ulardan  eng  muhimi  ilmiy  abstraksiyadir.  Iqtisodiy  jarayonlarning 

mohiyati  o‘zgarishini  o‘rganishda  mikroskoplardan,  kimyoviy  laboratoriyalardan 

foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi. 


Download 499,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish