oʻynaydi. Mamlakatning regiondagi muhim ahamiyati xorijiy ekspert va siyosiy
doiralar vakillari tomonidan ham eʼtirof qilinadi. Toshkent mintaqadagi barcha
qoʻshni davlatlar bilan strategik hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan boʻlib, bu
yuqori darajada regional siyosat tuzish imkonini beradi. Ushbu maqsadlarda
amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatning xalqaro munosabatlar tizimidagi oʻrni
Toshkent hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surgan
holda, mintaqada biron-bir ustuvorlikni koʻzlamaydi. Oʻzbekiston tashabbuslari
barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga oladi, konsensus tamoyiliga asoslanadi.
Toshkentning faol, tashabbuskor va konstruktiv diplomatiyasi tufayli shakllangan
mintaqadagi yangi siyosiy reallik Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida
keng doirali masalalar boʻyicha oʻzaro harakatlarni kuchaytirishga ijobiy taʼsir
rahbarlarining konsultativ uchrashuv yigʻilishi bunga yorqin misol boʻldi.
Uchrashuv davomida tomonlar Markaziy Osiyo kun tartibidagi bir tomonlama
formatda ham, ikki tomonlama formatda ham hal qilishning imkoni boʻlmagan
26
bunday turdagi uchrashuvlarni muntazam asosda oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga
erishildi.
Bunda qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining konsultativ
uchrashuvlarini oʻtkazish mintaqada yangi xalqaro tashkilot yoki oʻz ustaviga
ega va davlat organlaridan yuqori turuvchi biron-bir integratsion tuzilma tashkil
etilishini nazarda tutmaydi. Ushbu faoliyat faqat regional rivojlanishning muhim
masalalari boʻyicha “soatlarni toʻgʻrilab olish”ga qaratiladi.
Markaziy Osiyo yoʻnalishidagi faol siyosat, Oʻzbekiston uchun regionning
ustuvorligi koronavirus pandemiyasi vaqtida ham yorqin namoyon boʻldi.
Mintaqa mamlakatlarining murakkab epidemiologik vaziyati sharoitida muntazam
aloqalar orqali infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish, shuningdek, savdo-iqtisodiy
va transport-tranzit sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha qoʻshma chora-
tadbirlar ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Qirgʻiziston va Tojikistonga insonparvarlik
yordamini koʻrsatdi. Tojikistonga yordam mamlakatga barcha donorlardan tushgan
yordamning uchdan bir qismini tashkil etdi.
Oʻzbekistonning mintaqa boʻyicha yoʻnalishi faollashuvi regional
yaqinlashish, ishonch va oʻzaro tushunishni tiklash, shuningdek, yigʻilib qolgan
masalalarni oqilona murosalarga kelish asosida operativ hal qilish yuzasidan
allaqachon yetilgan talabga oʻz vaqtida va amaliy javob boʻldi. Oliy darajada
oʻrnatilgan ochiq va ishonchli muloqot barcha hamkorlik yoʻnalishlarini
kuchaytirish uchun mustahkam asos yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: