Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi



Download 137 Kb.
bet6/18
Sana01.01.2022
Hajmi137 Kb.
#283658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1111111111111111111SHAVKAT

Daromadlar nazariyasi

Ishchilarning, pul kapitali va yer egalarining daromadlari to‘g‘risida U.Petti aytib o‘tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko‘payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo‘ldi: agar ishchiga ko‘rsatilgan minimumdan ikki baravar ko‘p haq to‘lansa u chog‘da, ishchi ikki marta kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to‘g‘risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko‘pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimum bilan bog‘lab tushuntirganlar U.Petti dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farqni renta deb atagan. Uning fikri bo‘yicha renta qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligining har xilligidan va yer uchaskasining bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadi. Bundan biz U.Pettining birinchilardan bo‘lib differentsial renta tushunchasini ilgari so‘rganligini ko‘ramiz. U.Petti yer bahosi muammosini juda qiziq va noyob tarzda hal etishga o‘ringan. Lekin u bu muammoni to‘g‘ri echa olmadi. Uning fikricha yerni sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo‘lga kirituvchi shaxsdir. Shuning uchun yerning bahosi bir yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo‘lishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni yerning bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‘paytirish mumkin bo‘lgan sonni topa olmadi. Bu savolni echish uchun U.Petti rentani 21 yilga ko‘paytirishni tavsiya etadi. Negaki uning tasdiqlashicha faqat uch avlod vakillari: buva (50 yosh), ug‘il (28 yosh) va nevara (7 yosh) - birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. Shuning uchun muayyan yer uchastkasining qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi usha uch avlod kishilarining birgalikda yashash yiliga teng bo‘lishi kerak. Shu sababli yerning qiymati ham taxminan shuncha miqdordagi bir yillik renta summasiga teng. Shu bilan birga uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik g‘oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o‘tadi. Ma’lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi mumkin bo‘lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo‘lgan pul summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer egasi o‘z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‘sha summadan ko‘pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to‘lashga rozi bo‘lgan kapitalistga birdaniga juda ko‘p yer uchastkalari taklif qilinadi. U.Petti birinchilardan bo‘lib raqamlarni, hisob-kitoblarni, statistik ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini (iqtisodiy statistikani u «Siyosiy arifmetika» deb atagan) keng qo‘lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini va uning tuzilishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Unda o‘z davri uchun ancha aniq bo‘lgan mamlakat milliy boyligining hisoblari mavjud edi. Bu yerda U.Petti boylik tarkibiga ishchi kuchini ham kiritgan. U jamiyatning har xil ixtisoslikka bo‘lgan ehtiyojini, jumladan zarur bo‘lgan tibbiyot xodimlarining sonini hisoblab chiqdi. Ushbu hisoblar tufayli U.Petti har xil ixtisoslik bo‘yicha ikkita Angliya universitetida nechta talaba ta’lim olishi kerakligini aniqlab berdi. Uning tomonidan boylikning asosiy ko‘rinishi pul degan g‘oya ham inkor etildi. U.Pettining hisobi bo‘yicha Angliyada pul miqdori uning jami boyligining 3% dan ortmaydi. Haqiqatda milliy boylikning asosi - bu mol mulk.


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish