Kurs ishining obyekti bozor iqtisodiyoti, undagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan iborat.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning bozor iqtisodiyotiga doir amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
1. Bozor iqtisodiyoti haqida tushuncha, uning mazmuni, vazifalari va tuzilishi
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi.
Bozor iqtisodiyotining ayrim o’ziga xos belgilari bor (1-rasm):
a) xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi;
b) ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol o’ynaydi;
d) erkin raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz beradigan joy gavdalanadi, lekin ko’pchilik do’kon, birja yoki auksionni bozor tarzida qabul qilmaydi. Aslida "bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsada, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a’zosidir.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog’lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya’ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Bozor bo’lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo’lishi talab qilinadn. Sotuvchi o’z tovarini yaxshi qo’llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma’qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga intiladi. Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo’lishidan qat’i nazar (fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo’lsa, boshqa bozorda xaridor vazifasini o’taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |