2-Monopoliyaga qarshi qonunchilik
Bu yerda biz monopol hokimiyatga ega bo`lgan monopolistlar to`g`risida gap yuritamiz. Lekin, hozirgi vaqtda monopoliyaning ijobiy tomonlari borligini hech kim inkor qila olmaydi.
Yiriklashgan korxonalarda ilmiy-texnik rivojlanish imkoniyati katta bo`ladi, nima uchun deganda, bunday korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham katta bo`lganligi uchun, ular ilmiy izlanishlarga ko`proq mablag` ajratishlari mumkin.
Yirik korxonalargina masshtab samarasidan yaxshiroq foydalana oladilar, chunki ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarni keng masshtabda yo`lga qo`yish mumkin bo`ladi. Bu o`z navbatida mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Lekin, bozor munosabatlarining rivojlanganligi, jahon bozorining shakllanganligi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayib borishi sharoitida kuchli bozor hokimiyatiga ega monopolistni topish qiyin.
Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o`z mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez yangilashga alohida e`tibor beradi, deb bo`lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish ko`p hollarda to`xtab qolishi ham mumkin.
Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori qilib belgilaydi, ya`ni Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo`lmaydi. Monopol narxning o`rnatilishi jamiyatda yo`qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo`lsa, jamiyatning yo`qotishi ham shunchalik ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqarilgan. P MC .
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo`lgan monopolistik hokimiyatni to`planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta`sir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga ko`proq ta`sir qila olsa, u ko`proq monopolistik hokimiyatga ega bo`ladi.narxini ma`lum chegarada nazorat qiladi, ya`ni ular kichik bo`lsa ham monopol hokimiyatga ega.
Monopsoniya - xaridor bitta bo`lib, sotuvchilar ko`p bo`lgan bozor.
Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo`ladi. Agar tarmoqda faqat ikkita firma faoliyat ko`rsatsa, bunday oligopolik xususiy holga duopoliya deyiladi. Agar biz bozor taklifi va talabining har xil shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada ko`payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |