"iqtisodiyot" kafedrasi "menejment va marketing" fanidan mustaqil ish


Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinliklar



Download 37,31 Kb.
bet4/5
Sana23.07.2022
Hajmi37,31 Kb.
#842207
1   2   3   4   5
Bog'liq
Menejment va Marketing 3-mustaqil ish

Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinliklar
Hozirda ham mavjud bo‘lgan «Shimol-Janub» muammosi aslida XIX asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Chunki Italiya 1361 yilgacha bitta knyazlikdan tarkib topgan, mamlakatning shimol va markazi kapitalistik, janubi esa feodalizm tuzumi ostida edi. 1860 yilda shimoliy Italiya qiroli Pemont qo‘lga kiritgan Garibaldi inqilobidan keyin Burbonov dinastiyasi, janubdagi Sitsiliya qirolligi va Neopol hamda Palermoni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Mana, 100 yildan oshiq vaqt o‘tibdiki, «Shimol-Janub» muammosi hokimiyat uchun aktual masala bo‘lib turibdi. Hozirda shimolda iqtisodiyotning barcha sohasida rivojlanish bo‘lgani, aksincha janubda bu borada yetarlicha muammo mavjudligi sabablari ko‘p. Bu o‘z navbatida Italiya siyosiy hayotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
XX asr o‘rtalarida bir oz muddat Shimol va Janub o‘rtasida birlashuv barham berilgandi. O‘shanda mahsulot ishlab chiqarishda, masalan ip-gazlama mollari tayyorlashda ikki tomon natijalarida qariyib tafovut sezilmagan. (G‘arb-Shimolda-yillik 16 mln. metr, janubda -13 mln. metr) o‘shanda janubiy Italiya sanoatining ayrim turlari ishlab chiqarish bo‘yicha shimolni ortda qoldirishni ham uddalagan.
Biz yuqorida hozirda shimol va janub borasidagi taraqqiyotning ikki xilligida bir necha sabablar borligini aytgandik. Bular quyidagilarda o‘z aksini topgan:
1. XX asr boshlarida kechgan kapitalizmga o‘tish jarayoni qishloq xo‘jaligi sohasida feodal tuzumiga singib ketgan janubliklar hayotida ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Ya’ni, yirik yer egalari-feodolizm tasarruflaridagi yerlarni bo‘linib ketishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qildilar va o‘z maqsadlariga erishdilar. Bu paytga kelib shimolda kapitalistik jamiyatga o‘tish tez sur’atlar bilan amalga oshdi.
2. Yangicha tuzumni o‘zlashtirgan shimoliy Italiyada korxonalar soni ortgani sayin ishchi kuchiga, xomashyoga talab ko‘paya bordi. Natijada janub xomashyo yetishtirib beradigan va o‘zaro mehnatni tashkil etadigan hududga aylandi. O‘tgan asrning 50-yillariga kelib, shimoliy Italiyada yuksalish janubliklardan bir necha hissa ortib ketdi.
3. Ikkinchi jahon urushi Janub iqtisodiyotini yanada orqaga surdi. Italiya urushda ko‘p narsa yo‘qotdi. Milliy boyliklarning aksariyati yo‘q qilindi-aholi va jamoat inshootlari, ko‘priklar, portlar buzilib ketdi. Dengiz floti umuman inkirozga yuz tutdi. Yuzaga kelgan iqtisodiy bo‘hronga barham berish, iqtisodiyotni oyoqqa turg‘izish uchun asosiy kuch qishloq xo‘jaligi istiqbolli bo‘lib qoldi. Oqibatda janub yerlarida ko‘p hosil olinib, uni shimolda qayta ishlab, foyda olish, qurilish va bunyodkorlik ishlariga sarf etildi. Bu esa janubiy Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy turmushiga salbiy ta’sirini o‘tkazdi.
4. Ikki tomon iqtisodiyotidagi tafovutlardan yana biri-janubning shimolga qaraganda past darajada rivojlanganligidir. Bu yer port, temir yo‘l, boshqa telekommunikatsiya tizimlari shimoldan farqli ravishda kam imkoniyatga ega. Yerlari ham unumsiz, quruq yer. Bu yerda ortiqcha mehnat va ko‘p harajat evaziga hosil olinadi.
5. Aholining joylashishi va zichligi, shuningdek, janubda aholi soni ortishi shimolga qaraganda yillik 1,5 foiz yuqoriligi ham sabablardan biri hisoblanadi.
Shunday qilib «Shimol-Janub» muammosi yechimiga urushdan keyin, 1950-1960 yillarda faol kirishildi. Bu harakat «Vanino rejasi» deb ataldi va u quyidagi yo‘nalishda muammoni hal etishga kirishdi:

  • janub rayonlariga qo‘shimcha kuvvatlar kiritishdi, shaxsiy kapitallarni hudud rivojlanishiga jalb etildi;

  • davlat korxonalari daromad mablag‘lari mavjud sohalar taraqqiyotiga jalb etildi va shu maqsadda «Janub kassasi» tashkil topdi. Shimoldagi kichik korxonalar bu kassani mablag‘ bilan ta’minlovchilari bo‘ldi.

Ammo «Vanino rejasi» Italiya iqtisodiyotini o‘sishi va janubning rivojlanishini ta’minlay oladi. Qaytanga bu urinish YEI davlatlari ichida mamlakatni ancha obrusizlantiradi va hududiy nomutanosiblikni yuzaga keltirdi. Masalan, 1980 yilda Janubning yalpi daromadi Shimolniki bilan solishtirganda 59 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilda bu ko‘rsatkich 50 % ga tushib qoldi. Shimolda ishsizlik 1990 yillarda 10 % bo‘lgan bo‘lsa, Janubda 18 % ga yetdi. Iqtisodchilar ta’biricha, davlat Yevropa integratsiyalashuvi sari yurib, bu ikki iqtisodiy hududning munosabatlarini cheklasa Shimoliy Italiya Yevropa bozorida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi, ammo Janubiy Italiyada iqtisodiy tanglik yuzaga keladi.
Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlik keltirib chiqarayotgan munosabatlarni yaxshilash uchun qator muammolar ko‘ndalang turibdi. Aniqrog‘i,
1. Aloqalar mustahkamlashishi uchun Janubda keskin taraqqiyot yuzaga keltirilishi kerak. Hech bo‘lmaganda davlat boshqaruvi bu yerda yirik korxonalar barpo etilishini talab qilishi va o‘z nazoratiga olishi lozim.
2. Janubdagi ishsizlik va migratsiya muammosi hukumat bu muammolar bo‘yicha qat’iy dasturga ega emas. Shu bois Janublik oilalar hatto oilaviy bo‘lib chetda ishlayapti. Hali bu muammo Italiya hukumati uchun yetarli tashvish tug‘diradi.
3. Janubda kichik korxonalar kamligi muammosi. Shimolning yirik kompaniyalari har kanday YEI ga a’zo davlatlar firmalari bilan hamkorlikka kirisha oladi va ular bilan raqobatlasha oladi. Janub korxonalari esa bu korxonalar bilan tenglasha olmaydi. «Vanino rejasi» ga ko‘ra tashkil etilgan davlat korxonalari hatto ichki bozorga ham to‘la kirib borolmagan. Shuningdek, Italiya va xorijning aksariyat kompaniyalari bu hududga kapital va investitsiyalarini infratuzilma haminqadar, ishonchli hamkorlar kam, jinoiy vaziyat qaror topgan qo‘poruvchilik harakati mavjudligi bois Janubga xorij kapitali kirmaydi, G‘arbiy Yevropa, AQSH va boshqa davlatlardan keladigan sayyohlaridan tushadigan mablag‘lari esa ko‘p hollarda mafiya qo‘liga o‘tadi.
4. Janubiy Italiya qishloq xo‘jaligi muammosi. Yuqorida ta’kidlaganidek, janub yerlarida ish haligacha eski feodallik tuzumi usulida yuritiladi. Bu esa sohada yetarli natija bermayotir. Xususiy boylar ko‘paymokda. Italiya 1970 yilda qishloq xo‘jaligida chuqur islohatlar boshlagan, ya’ni yerlarni yirik kooperativlar ixtiyoriga bo‘lgandi. Bu islohat juda sekin davom etmoqda.
5. Mafiya va uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurashish muammosi. Mana, mamlakat qirq yildan buyon Janubda qo‘nim topgan Sitsiliya mafiyasiga qarshi kurashadi. Ammo natijasi guyoki qumga sepilgan suvdek. Bu uyushgan jinoyat guruhi harakati Janub iqtisodiyotining taraqqiy etmayotgani ta’sirini ko‘rsatmokda.
Umuman, Italiya uchun muammo bo‘lgan «Shimol-Janub» Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotiga ham yetarli tashvish keltirmokda. Shu bois YEI ga a’zo davlatlar bu hududdagi tanglikni bartaraf etish uchun industriya, kapital mablag‘lar, ilmiy-texnik resurslar kiritishga shay.
Italiyaning jo‘g‘rofiy joylashishi yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqallar qilishga qulay. Uning taraqqiyoti bevosita tashqi aloqallarni yaxshilash bilan bog‘liq. Ammo, bu yerda tabiiy resurslarning yetishmasligi bu muddaoning keng ko‘lamda joriy etilishiga imkon bermaydi. Eksportsiz esa iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatda so‘nggi o‘n yillikda eksport o‘sishi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
1992 yil sentyabrda milliy valyuta – liraning qadrsizlanishi kuzatildi. Oqibatda xorijda Italiya mahsuloti narxi keskin pasaydi, raqobatbardoshligi kamaydi (Italiya banki bo‘yicha baho-18 % ni tashkil etdi). Ammo bu savdo balansini yaxshilashga zamin yaratdi. Mahsulot arzonligi bois eksport va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari 10 % gacha o‘sdi, import esa 1,3 % ga kamaydi;
Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) doirasida mamlakat 1994 yil bahorida poshlina uchun bojlarni pasaytirdi. Natijada yalpi ichki mahsulot (YAIM) tayyorlashda so‘nggi sakkiz yil ichida 2 % lik o‘sish kuzatildi;
1993 yilda transmilliy korporatsiya (TMK)lar bu yerdan barcha sohalardagi mahsulotlarni erkin sotib olishlari uchun eshiklar ochib qo‘yildi. Haridorlarni ko‘proq farmatsevtika, kosmetika va zamonaviy texnologiyalar sanoati qiziqtirdi. Natijada eksport ulushida AQSH, Shvesariya, Angliya, Fransiya va nemis firmalarining o‘rni salmoqli tus oldi.
Eksport salohiyatida kredit va sug‘urta tizimida joriy etilgan imtiyozlar alohida mazmun kasb etdi. Bu sohalarni soddalashtirish va amaliyotga doimiy tadbiq etib borish maqsadida 1978 yilda tashkil etilgan kreditlarni sug‘urtalash milliy institutida ixtisoslashgan eksport kreditlarini sug‘urtalash (CAZE) bo‘limi ochildi. Bu bo‘lim faoliyatini davlat moliya vazirligi o‘z nazoratiga oldi. Uning asosiy funksiyasi uzoq, o‘rta va qisqa muddatli eksport kreditlarinini sug‘artalash, eksport mukofatlarini taqsimlashdan iborat bo‘ldi. CAZE hozirda ham 150 ta mamlakatning eksport kreditlarini sug‘urtalagan.
Ayni kunda bu bo‘lim Italiyadan olib ketilayotgan zamonaviy texnologiyalar, litsenziya va patentlar, shuningdek, investitsiya va xomashyolarni harid qilinishidagi mablag‘larni ham sug‘urta qilmoqda. Bu ilgaridek, uchinchi davlatning vositachilik faoliyatiga chek qo‘ydi, endilikda bu bo‘lim nufuzi ham oshgan.
Italiya tajribasida eksport krediti ikki xil firmalar va banklar krediti yo‘nalishlariga ega. Firma kreditlari xorijlik ishbilarmonlar uchun vositachilik harajatlarini yo‘q qilgan holda taqdim etilgan kreditning 75-80 foizini davlat kafolati bo‘yicha saqlashni, bank krediti esa tuzilgan shartnoma bo‘yicha 80-85 foizigacha davlat kafolatini berishni o‘z zimmasiga olgan:

  • eksportni rag‘batlantirish uchun eksport qiluvchilar to‘lovlaridan ozod qilindi;

  • muddatda ko‘rsatganidan ertaroq import qilishgan va mahsulotni qayta ishlab eksportga chiqargan mijozlar bojxona poshlinalarini to‘lamaydigan bo‘lishdi;

  • davlat byudjetiga qaytarilmagan katta hajmdagi mablag‘ mamlakat sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va raqobatbardosh tovarlar salmog‘ini oshirishga yo‘naltirildi.

Shunday qilib, Italiya siyosati milliy eksportni rag‘batlantirish orqali mamlakatning asosiy hududlarida tom ma’nodagi iqtisodiy siyosatni vujudga keltirdi.


Download 37,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish