Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga boʻlinishi
Avtokratik rahbarlar
|
*Bunday turdagi rahbar:
buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki ragʻbatlantirishda jamoa fikirini hisobga olmaydi;
oʻzini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqatda boʻlishini chegaralab qoʻyadi;
oʻzining nooʻrin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
oʻziga boʻysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi koʻradi;
muttasil buyruq berishga, hammani oʻz istaklariga soʻzsiz boʻisindirishga intiladi;
koʻp gapirishni yoqtirmaydi, lekin boʻisinuvchilari bilan muomilada boʻlganda uning rahbarlik gʻururi balandligi, uzini katta tutish sezilib turadi;
oʻziga boʻisynuvchilari oldida qovogʻi solingan kayfiyatda boʻladi.
Xullas, avtokratik rahbar oʻziga bino qoʻigan, dimogʻdor, oʻz qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukimini oʻtkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa oʻsha erda dagʻallik, takabburlik, tazyiq oʻtkazish, majbur qilish kabi oʻta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb boʻlmaydi. Ba’zi bir hollarda boʻysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin.
|
Liberal rahbar
|
*Bunday turdagi rahbar:
idorasiz, tashabbussiz boʻladi;
oʻz zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;
ishni oʻz holiga tashlab koʻyadi;
idoraga nisbatan qat’iy boʻlishdan hayiqadi;
oʻzini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
talabchan emas, sust nazorat qiladi;
suiste’mollarga bevosita yoʻl qoʻimasa ham oʻzini bilmaslikka soladi;
Bunday rahbar tashqaridan koʻrsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan koʻzga tashlanib turadi.
|
Demokratik rahbar
|
*Bunday turdagi rahbar:
boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi; ularning bildirgan fikriga quloq soladi; ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;
barcha bilan barobar va samimiy munosobatda boʻladi, ustunligini bildirmaydi;
buyruq berish yoʻli yuilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
buyruq rahbarlik uslubi boʻisinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada oʻrtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
|
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. xayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil boʻladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijolbiy tamonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutish va buysinuvchilarning oʻziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib muomala qilishi kerak.
Xar bir boshqaruv uslubning samarodarligini baholash uchun amerikalik olim L. Laykert qoʻidagi koeffetsientni hisoblashni taklif qilgan:
bu erda, -avtokratik –liberallik koeffitsienti
EIU- rahbarlik uslubdagi ishontirish unsurlari yigʻindisi;
EMqU- rahbarlik uslubdagi majbur qilish unsurlari yigʻindisi
R.Laikertning fikricha bu nisbat 1,9 ni tashkil qilishi lozim. Boshqacha qilib aitganda rahbarlik uslubida rahbar ishontirish unsurlarini majbur qilish unsurlaridan taxminan ikki barovar koʻproq qoʻllagandagina uning rahbarlik uslubi optimal, maqsadga muvofiq, samarali boʻlgan hisoblanadi.
Umuman olganda har uchala turdagi rahbarlikning boshqarish funktsiyalarini bajarishdagi va ijtimoi munosabatlardagi oʻziga xos xususiyatlarni qoʻidagi jadvalda umumlashtirib koʻrsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |