Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua



Download 6 Mb.
bet211/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Footwear International. Footwear International - oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi internatsional kompaniya. Ishlab chiqarishi butun dunyo boʻyicha 70 ta mamlakatda joylashgan 83 ta kompaniyani oʻz ichiga olar edi, aniq qilib aytganda: oyoq kiyimlari fabrikalari, charm zavodlari, oyoq kiyimlari zavodlari uchun uskunalar ishlab chiqarish zavodlari, tadqiqot laboratoriyalari, trikotaj fabrikalari, sifatni boshqarish laboratoriyalari, taxminan 6300 yaqin chakana savdo magazinlari va 0 000 dan ortiq mustaqil chakana savdo bilan shugʻullanuvchi sotuvchilar edi.
Kompaniya xodimlari - 67000 nafar odam - har yili 270 mln. juft oyoq kiyimi ishlab chiqarar va sotar edi. Kompaniyaning asosiy ofisi xizmat koʻrsatish markazi vazifasini bajarar va butun dunyodan mutaxassislarni shu joyga yiqqan edi. Ushbu mutaxassislar marketing, chakana savdo, dizayn, kommunikatsiya, ma’lumotni qayta ishlash va biznesni boshqarish boʻyicha yil davomida turli kompaniyalarga maslahat berish uchun xizmat safarlariga yuborilar edi. Ushbu kommivoyajerlar tomonidan oʻtkazilgan trening va texnik oʻquv mashgʻulotlari, shuningdek, bosh ofisdagi stajirovkalar, butun dunyo boʻyicha joylashgan kompaniya xodimlarini biznesning eng soʻnggi yutuqlari bilan ta’minlash imkonini berar edi. Mahalliy darajadagi hamkorlik kontseptsiyasi kompaniyaga butun dunyo boʻyicha yaxshi kutib olinishi va oʻz mahsulotlarini hattoki transmilliy kompaniyalar ham yashash imkoniyati kam boʻlgan mamlakatlarda ishlab chiqarish imkoniyatini berar edi.
Bangladesh. 143998 km kv. maydonda joylashgan, ahalisi taxminan 110 mln. kishiga yaqin. Bangledesh dunyodagi aholisi eng zich joylashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. U, shuningdek, oʻziga nisbatan kambagʻal (1987 yilda yalpi milliy mahsulot aholi jon boshiga 160 doll.), chet el yordamiga oʻta darajada muhtoj mamlakatlar oʻrtasida joylashgan. YaMM ning 40 % dan ortigʻi qishloq xoʻjaligi sohasida yaratiladi, 60 % dan ortiq iqtisodiy faol aholi qishloq xoʻjaligi sohasida band. Bangladesh tuprogʻi serhosil boʻlsada, mamlakat tropik musson iqlimi zonasida joylashgan va davriy zararli tsiklonlardan aziyat chekadi. 1988 yilda mamlakat oʻz tarixida misli koʻrilmagan eng qoʻrqinchli suv toshqinini boshdan kechirgan.
Mamlakat aholisini 8 % i musulmonlar, 1988 yilda islom dini Bangladeshning rasmiy dini sifatida tan olindi. 9 % ga yaqin aholi bengal tilida, qolgan aholi qabila dialektlarida gaplashadi.
XX asrda Bangladesh tarixi ancha joʻshqin boʻldi. Mamlakatning katta qismi 1947 yilgacha britan koloniyalari edi. Ushbu yilda ular Assam bilan birlashib, yangidan tashkil Pokiston davlatining provintsiyasi - Sharqiy Pokistonga aylandi. Sharqiy Pokiston aholisi koʻp, milliy kapitalning gʻarbiy qismga joylashtirilgan boʻlsada, gʻarbiy qism Hind maydonlari orqali 1600 kmga choʻzilgan masofada joylashgan edi.
Awami League-etakchi siyosiy partiya 1970 yil mahalliy saylovlarida gʻalabaga erishganidan keyin 1969 yilda boshlanagan noroziliklar kuchaydi. 1971 yil 21 martda Awami League Bangladesh Xalq Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi, bundan soʻng fuqarolar urushi boshlandi. Mojarolar tufayli 100 minglab qochoqlar xavfsiz joy izlab Hindiston chegaralarini kesib oʻtdi. Dekabr oyida, Bangladesh mustaqilligini qoʻllab-quvvatlagan Hindiston, urush e’lon qildi - 12 kunda Pokistonni kapitulyatsiya qildi. Bangladesh oʻz mustaqilligini boy berdi, mamlakatning yangi poytaxti Dxayka shahri boʻldi. Mustaqillikdan keyingi yillarda asli kelib chiqishi bengal boʻlmagan koʻplab moliyachi va tadbirkorlarning ketib qolishi mamlakat sanoatini tushib ketishiga olib keldi.
Keyingi yillarda Bangladeshdagi siyosiy turgʻunlik u yoki bu darajada ushlab turildi. Saylovlar oʻtkazilayotganiga qaramasdan, chap yoki oʻng radikal guruhlar tamonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan terroristik harakatlar mamlakat turgʻunligini xavf ostiga qoʻyar edi. Terroristik harakatlar va fuqarolar huquqlarining kamsitilishi Bangladesh uchun oddiy holatga aylandi.
1983 yildan boshlab Bangladesh oʻz-oʻzini prezident deb saylagan general X.M.Ershad tomonidan boshqariladi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishga sabab boʻlgan 1987 yildagi namoyishga qaramasdan Ershad kelasi yildagi hokimiyat uchun saylovlarda yutib chiqdi, lekin siyosiy beqarorlik oʻzgarmadi. Awami League va 8 ta siyosiy partiyalar iborat alyans oppozitsiya tuzdi. Koʻplab siyosiy partiyalar oppozitsion gazetalar bilan yaqin aloqalarda boʻlib, ular partiyalarning siyosiy pozitsiyalarini yoritar edi. Ish tashlashlar va namoyishlar tez-tez yuzaga keladigan holatlar boʻlib, oppozitsion siyosiy partiyalar, talabalar guruhlari va turli uyushmalarning birgalikdagi harakatlari natijasi edi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish