Seminar mashgʻulotining tuzilmasi
Har bir seminar mavzu uuchun ajratilgan vaqt soniga va mazmuniga koʻra seminar mashgʻuloti toʻrt yoki besh qismdan iborat boʻlishi mumkin.
Oʻquv dasturi tomonidan aniqlangan nazariy masalalarning munozarasi.
Seminar masalasi boʻyicha hisobot yoki taqdimotlar bilan chiqishlar.
Mavzu boʻyicha chiqishlarning muhokamasi - munozara.
Amaliy vazifalarni keying olinadigan natijalari bilan muhokama qilish yoki dastur tomonidan koʻzda tutilgan boʻlsa, uyda bajarilgan amaliy vazifalarning munozarasi.
Darsga yakun yasash.
Adabiy manbalar bilan ishlash
Seminar mashgʻulotlariga tayyorgarlik jarayonida, talabalar tavsiya etilgan oʻquv-uslubiy (shuningdek, ilmiy va ommabop) adabiyotga alohida e'tibor berishlari kerak.
Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy va ommabop adabiyot, davriy nashrlar materiallari va Internet, statistik ma’kumotlar bilan mustaqil ta’lim, bilim olishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi, sezilarli darajada axborot olish jarayonini oshirish imkonini beradi, oʻrganilayotgan materialni chuqurroq oʻzlashtirishga hissa qoʻshib, aniq bir masalaga talabalarning munosabatini shakllantiradi.
2.3.Ma’ruza va taqdimotga tayyorgarlik .
D.N.Ushakov rus tili lugʻatiga koʻra,: "taqdimot-bu rasmlar, fotosuratlar, animatsiya va tovushli ma'lumotlarni, taqdim etishningg bir yoʻli".
Taqdimot tayyorlash uchun: PowerPoint, MS Word, Acrobat Reader, Latex paketi tavsiya etiladi. Taqdimotlar yaratish uchun eng oddiy dastur - Microsoft PowerPoint.
Taqdimot tayyorlash avvvalo , dastlabki ma'lumotlarni toʻplash va qayta ishlash kerak. Taqdimot tayyorlash tartibi:
1.Taqdimot maqsadini aniq shakllantirish: siz tomoshabinlar, qiziqtirishni,ishontirishni, biror bir gʻoyalarni fikrlashga undash yoki oddiy rasmiy hisobot qilish.
2. Taqdimoti formati qanday boʻlishini aniqlash: jonli chiqish (unda uning davomiyligi qanday boʻladi) yoki elektron formati (taqdimotning mazmuni qanday boʻladi,).
3.Taqdimot uchun barcha muhim qismlarni aniqlab ularni mantiqan ketma-ketlik zanjir koʻrinishida terib chiqsh.
4.Matn mazmuninig asosiy jihatlarini aniqlash va ularni ajratib koʻrsatish.
.Taqdimot tasvirlarining mantiq, maqsad va oʻziga xos xususiyatiga koʻra slaydlarda aks ettirish uchun ularning turlarini aniqlash.
6. Slaydlar dizayni va formatini tanlash (tasvir va matn soni, ularning joylashuvi, rangi va hajmi).
7. Taqdimotning vizual idrokini tekshirish.
Vizualizatsiya turlariga rasmlar, grafiklar, jadvallar kiradi.
Illyustratsiya - real mavjud vizual qator haqida tasavvur. Tasvirlar esa aksincha-metafora. Ularning maqsadi - tuygʻularni keltirib chiqarish va auditoriyaga ta'sir qilish. Yaxshi oʻylab chiqib va tasavvur qilingan va taqdim etilgan tasvirlar (obrazlar) yordamida axborot insonning xotirasida uzoq vaqt qoladi. Diagramma - miqdor va sifat munosabatlarini vizuallashtirish. Ular ma’lumotlarni ishonchli namoyish qilish mantiqiy fikrlashga qoʻshimcha fazoviy fikrlash uchun ishlatiladi. Jadval - ma'lumotlarni aniq va koʻrgazmali aks ettirish, koʻrish. Uning asosiy maqsadi - auditoriya tomonidan ma'lumotlarni oson qabul qilish uchun tarkibiy tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |