Iqtisodiyot” kafedrasi “makroiqtisodiyot” fanidan


MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………….6



Download 3,34 Mb.
bet2/11
Sana14.07.2022
Hajmi3,34 Mb.
#799145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish sharoitlarini shakllantirish

MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………….6
1. Talab va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili.............................................9
2. Taklif va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili……………………………15
3. Talab va taklif funksiyalari………………………………………………….20
Xulosa…………………………………………………………………………28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………29


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, O’zbekistonda talab va taklifning o‘zaro mutanosibligi negizida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy- buyruqbozlik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik sohasini qo’llab - quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi” deb takidlagan edilar. Bu, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subektlarining foyda ko’rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar ko’rsatishini talab etadi.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 11 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 9,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 16,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz o‘rsatkichidan past bo‘ldi va 10,8 foizni tashkil etdi”1 deb, ta’kidlagan edi. Yuqoridagi iqtisodiy ko‘rsatgichlar talab va taklifning mutanosibligi negizida yuzaga kelganligi hammaga ma’lum.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiy bilim asoslari» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Zero, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar to‘qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o‘z fikri, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan xalq va jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o‘z kelajagini o‘z qo‘li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo‘ladi”.
Ayni paytda ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti nafaqat ishlab chiqarishning ko‘p soni tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy gumanitar bilimlar, talim sohasiga ham zamonaviy texnalogiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Malumki, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” da “....o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan taminlash”3 takidlanib, uzluksiz talim sifatini oshirish va takomilashtirishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarda bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Shu ma’noda ayni paytda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy ta’limdagi islohotlarni chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiyotni sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan xarakatni, “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini chuqur o‘rganishga talablarni yanada kuchaytirdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida hayotimizda talab, taklif, bozor iqtisodiyoti, bozor muvozanati, kichik biznes, tadbirkorlik, narxlarni erkinlashtirish, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar tez-tez duch kelmoqdamiz. Ya’ni, barcha sohalarda mazkur tushunchalarni amal qilmoqda. Shu ma’noda, mazkur tushunchalarning mazmuni va mohiyatini uzluksiz ta’limda o‘quvchi-talabalar ongiga sindirish bugungi hozirgi zamon iqtisochi- o‘qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalar qatoriga kirmoqda.
Mamlakatimizning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida mamlakatda tadbrkorlik subektlarini ko’paytirish hamda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarini rivojlantirib jaxon talablariga mos keladigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Isloxatlarning bugungi kundagi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hisobiga uzlusiz iqtisodiy barqarorlikka erishishdek ulkan dolzarb vazifa qo’yilgan. Bunda bizga “Buxgalteriya hisobi”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” va “Mikro va makroiqtisodiyot” fanlarini yanada chuqurroq o’rganib chiqish, yanada kengroq tushunish imkonini beradi.

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish