3.Talab va taklif funksiyalari
Hozirgi kunda bozor talabini shakllanishi va namoyon bo’lishi iste‘molchining hatti-harakati orqali tushuntirilmoqda va G’arb adabiyotlarida mavjud bo’lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste‘molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo’nalish sifatida bayon etilmoqda.
Iste‘molchining bozordagi hatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda iste‘molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Agar naflilikka iste‘molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste‘molchining biron-bir ne‘matni iste‘mol qilishdan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Iste‘molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste‘molchining afzal ko’rishi deyiladi.
Naflilik funktsiyasi ma‘lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi.
So’nggi qo’shilgan naflilik muayyan ne‘matning navbatdagi birligini iste‘mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. Iste‘molchi tovarlarning turli to’plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste‘molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holda tovarni xarid qilishda olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbatan barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim. Ya‘ni:
MVx / Px = MVy / Py (4);
Bu yerda: MVx va MVy – tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi; P – ularning narxini bildiradi.
Bu qoida iste‘molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
T alab va taklifni funksiya orqali ham ifodalash mumkin. Agar talabga bitta o‘zgaruvchi omil (masalan tovarning narxi) ta’sir ko‘rsatsa ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni bir omilli talab funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Bir omilli (o‘zgaruvchili) funksiyaga misol sifatida narxga bog‘liq talab funksiyasini keltirish mumkin:
Bu yerda: Qd - talab miqdori; P- bir birlik mahsulot narxi.
Bir o‘zgaruvchili chiziqli talab funksiyasi quyidagicha yoziladi: Qd = a - b × P
Bu yerda: Qd ³ 0 vaP ³ 0, a va b parametrlar statistik ma`lumotlar asosida hisoblanadi.
Bu jadvaldagi talab (Qd) bilan narx (P) o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Negaki, narx (argument) oshishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib bormoqda. Jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik analitik, ya’ni funksiya shaklida berilganda quyidagicha yoziladi: Qd = 2000 - 0,2 * P
Ushbu funksiyalardagi talab (Qd) va narxdan (P) biriga, uning jadvaldagi qiymatlarini qo‘ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz.
Chiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagi tartibda aniqlanadi.
Narx P = 0 bo‘lganda talab Qd = a narx
Chiziqli talab funksiyasi narx P bo‘lganda, iste’molchi qancha miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, dokonda o‘quvchi daftari narxi va daftarga bo‘lgan oylik talab quyidagicha bolsin
3.3-jadval
O‘quvchining daftarga bo‘lgan yakka talabi
Bir birlik daftar narxi (P), so‘m
|
1000
|
2000
|
3000
|
Talab miqdori (Qd), dona
|
1800
|
1600
|
1400
|
B u jadvaldagi talab (Qd) bilan narx (P) o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Negaki, narx (argument) oshishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib bormoqda. Jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik analitik, ya’ni funksiya shaklida berilganda quyidagicha yoziladi:
Ushbu funksiyalardagi talab (Qd) va narxdan (P) biriga, uning jadvaldagi qiymatlarini qo‘ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz.
Chiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagi tartibda aniqlanadi. Narx P = 0
b o‘lganda talab Qd = a , narx
Talab funksiyasi chiziqli bo‘lgani uchun narx (P) noldan gacha o‘zgarganda, talabning Qd qiymati AB to‘g‘ri chizig‘i ustida yotadi. Endi 3.1-jadvalda keltirilgan talab funksiyasi grafigini chizamiz
2.8-rasm Daftarga bo‘lgan chiziqli talab grafigi
P = 0 bo‘lganda, maksimal talab miqdori Qd = 2000 ga teng (grafikda u B
nuqta bilan belgilangan). Daftar narxi P = 10000 so‘mga teng bo‘lganda, talab miqdoriga teng bo‘ladi (grafikda bu A nuqta). A nuqta bilan B nuqtani
tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq berilgan funksiya uchun talab chizig‘ini hosil qiladi.
K o‘p omilli (o‘zgaruvchili) talab funksiyasi talab miqdorini unga ta`sir qiluvchi bir necha omillar bo‘yicha aniqlaydi. Misol tariqasida non bozori modelini qanday aniqlanishini qaraymiz. Faraz qilaylik nonga bo‘lgan talab nonning narxi (Pn) va iste’molchining daromadiga (R) bog‘liq bo‘lsin. Bu bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi:
Bu holda ko‘p o‘zgaruvchili talab funksiyasi ikki o‘zgaruvchiga, non narxi (Pn) va iste’molchi daromadiga (R) bog‘liq.
Misol. Nonga bo‘lgan ikki omilli talab funksiyasi berilgan:
Qd = 800 - 20Pn + 2R
Bu funksiya orqali berilgan non narxi va iste’molchi daromadida nonga talab qancha ekanligini aniqlash mumkin. Agar non narxi (Pn) 1500 so‘m, daromad 15500 so‘m bo‘lsa, nonga talab 200 taga teng bo‘ladi.
Qd = 800 - 20 ×1500 + 2 ×15500 = 200
Agar iste’molchi daromadi o‘zgarmas bo‘lib, R=15500 so‘mga teng bo‘lsa, u holda bir omilli nonga talab funksiyasini olamiz:
Qd = 30200 - 20 × Pn
yoki non narxi (Pn) 1500 so‘m bo‘lib, o‘zgarmas bo‘lsa, biz daromadga bog‘liq nonga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz.
Qd = 31200 - 2 × R .
Talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi barcha omillarni hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘p omilli (o‘zgaruvchili) talab funksiyasi quyidagicha yoziladi
Bu yerda: Qd - talab; R - iste’molchilar daromadi; T - iste’molchilar didi; W- kelgusidagi o‘zgarishlarni kutishlar; PS - o‘rinbosar tovarlar narxi; PC - bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar narxi; N- xaridorlar soni; O - boshqa omillar.
Shunday qilib, ko‘p omilli talab funksiyasi yordamida, talab miqdorining unga ta’sir qiluvchi omillar (yoki bir qator omillar ta’siri o‘zgarmas bo‘lganda qolgan omillar) ta’siri bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin.
Xuddi talabdagi singari taklif va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni funksiya orqali ifodalash mumkin. Taklif funksiyasi bir birlik tovar narxi P bo‘lganda sotuvchilar maksimal darajada qancha miqdorda tovar taklif qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
T aklifga faqat bitta omil, masalan tovarning narxi ta’sir ko‘rsatganda bir
o‘zgaruvchili taklif funksiyasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: bu yerda Qs - tovar taklifi miqdori; P- bir birlik tovar narxi.
Bir o‘zgaruvchili taklif funksiyasini chiziqli tenglama ko‘rinishida ham yozish mumkin: QS = a + b× P
Bu yerda: Qs ³ 0 vaP ³ 0, a va b parametrlar statistik ma`lumotlar asosida hisoblanadi.
Chiziqli taklif funksiyasi narx P bo‘lganda, sotuvchi maksimal iqdorda qancha mahsulot sotishi mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, qalam narxi va sotuvchining shu narxlarda qalam taklifi quyidagicha bolsin (3.1-jadval).
3.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |