Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Davlat budjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o’ting.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda?
Soliqlarning funksiyalariga izoh bering.
O’zbekiston Respublikasi budjetiga soliq tushumlaring tarkibi va miqdoridagi tendentsiyalarni izohlab bering.
Mamlakatimizda soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan?
Davlat budjetining parametrlari deganda nimani tushunasiz?
Respublikamizning davlat budjeti daromadlarida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda?
10-mavzu IS-LM MODELI VA UNING QO'LLANILISHI
1-masala
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
C =400 + 0.9Yd (iste’mol);
I = 300 – 2000R (investitsiyalar);
Xn = 100 – 0,05Y – 1000R (sof eksport);
M = (0,4Y – 100R)P (nominal pul taklifi);
G = 100 (davlat xarajatlari);
t = 0,5 (soliq stavkasi);
Ms = 180 (baholarning belgilangan darajasi).
Bu holatda daromadlarning va foiz stavkasining muvozanatli darajalarini toping.
2-masala
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi:
C = 300 + 0,8Yd;
– investitsiyalar funktsiyasi I = 200 – 1500r;
– soliq stavkasi t = 0,2;
– davlat xarajatlari G = 200;
– pulga talab funktsiyasi M = (0,5Y – 200r)P;
– pul taklifi M = 550;
–narxlar darajasi P = 1;
–sof eksport funktsiyasi Xn = 100 – 0,04Y – 500r.
IS va LM egri chiziqlari tenglamasi, shuningdek, Y daromad va r foiz stavkasining muvozanat qiymatini aniqlang. Agar narxlar darajasi ikki barobar oshsa, LM egri chizig’i va daromad hamda foiz stavkasining muvozanat qiymati qanday o’zgaradi?
3-masala
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: muvozanatli ishlab chiqarish hajmi U=5000; iste’mol funktsiyasi – S=500+0,6(U-T); Soliqlar T=600; davlat xarajatlari – 1000; investitsiya funktsiyasi: I=2160-10000R. Bu holatda muvozanatning real foiz stavkasi nechaga teng bo’ladi?
4-masala
Iqtisodiy tizim quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi: Iste’mol funktsiyasi C=60+0,8 Yd . Rejalashtirilgan investitsiyalar daromadga bog’liq emas va I= 40 birlik. Davlat xarajatlari G= 20 birlik. Topilsin:
A) Iqtisodiyotdagi muvozanatli daromad darajasini;
B) xarajatlar multiplikatori miqdorini;
V) davlat xarajatlari 10 birlikka ko’payganda muvozanatli daromad darajasini.
5-masala
Iqtisodiy tizim quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
Iste’mol funktsiyasi C=38+0,5 (Y-T);
Investitsiya funktsiyasi I=50-100 R;
Davlat xarajatlari va soliqlar G=T=20;
Pulga talab funktsiyasi: L=0,5-80R;
Pul taklifi M=160; baholar darajasi P=2.
A) IS egri chizig’i tenglamasini tuzing.
B) LM egri chizig’i tenglamasini tuzing.
V) Foiz stavkasi va daromadning muvozanatli darajasini toping.
G) Davlat xarajatlari 20 dan 30 ga qadar ko’paysa foiz stavkasi va daromadning muvozanatli darajasi qanday o’zgaradi.
D) pul taklifi 160 dan 180 ga qadar ko’paysa foiz stavkasi va daromadning muvozanatli darajasi qanday o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |