Iqtisodiyotni bashorat qilish qiyin ish Iqtisodiy siyosatning natijalari faqat muayyan vaqt oraliqlari orqali namoyon bo’lganligi sababli, barqarorlashtirish siyosatini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun kelgusidagi iqtisodiy vaziyatni oldindan ko’rish zarur. Yarim yoki bir yildan so’ng iqtisodiyot ko’tarilish yoki pasayish holatida bo’lish-bo’lmasligini bilmay turib, ushbu paytda yalpi talabni yo kengaytirish, yoki qisqartirishga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni to’g’ri tanlash mumkin emas. Afsuski, iqtisodiyot haqidagi bilimlarning hozirgi darajasida, unda yuz berayotgan jarayonlarni ko`pincha oldindan aytib bo’lmaydi.
Oldindan bashoratlashni uslublaridan biri ilgarilovchi ko’rsatkichlar indekslarini qo’llashga asoslangan. Ilgarilovchi ko’rsatkichlar indesklari iqtisodiyotning oldindan o`zgarishini ko`rsatadi. Ilgarilovchi ko’rsatkichlar indeklarining keskin tushib ketishi kelgusi oylarda pasayish sodir bo`lishi mumkinligi haqida signal beradi.
Oldindan bashoratlashni boshqa bir uslubi davlat organlari hamda xususiy bashoratlash va tahlil qilish firmalari qo`llaydigan iqtisodiy modellar bilan bog’liq. Bu murakkab kompyuter modellari katta miqdordagi tenglamalardan iborat bo’lib, ularning xar biri iqtisodiyot rivojlanishining qandaydir tomonini ifodalaydi. Bunda ular monetar va fiskal siyosatda mumkin bo’lgan o’zgarishlar haqidagi va ularga ekzogen o’zgaruvchi sifatida kiritiladigan neft narxi darajasi haqidagi farazlarga asoslanadilar. Shu asosda inflyatsiya, ishsizlik va boshqa endogen o’zgaruvchilarning ehtimolli miqdorlarini oldindan aytadilar. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bunday bashoratlarning foydaliligi modellarning sifati va ekzogen o’zgaruvchilar dinamikasi haqidagi farazlarning to’g’riligiga to’laligicha bog’liqdir.
Bashoratlashdagi xatolar “Ozroq yog`ingarchilik, o`zgaruvchan bulutlilik va o`rtacha shamollar”. Bu ob-havo bashorati 1987-yil 14-oktyabrda Britaniyaning mashhur ob-havo xizmati tomonidan taqdim qilingan. Ertasi kuni Britaniyada oxirgi ikki asrdagi eng kuchli bo`ron bo`lgan.
Ob-havo malumotlarini bashoratlash kabi iqtisodiy bashoratlar ham xususiy va ommaviy qaror qabul qilishning muhim asosidir. Biznes rahbarlari bashoratlarga tayanib, qancha ishlab chiqarish kerak, zavodga va uskunalarga qancha investitsiya tikish kerakligi boyicha qaror qabul qiladi. Hukumat siyosatchilari iqtisodiy siyosatni bashoratlarga asoslanib ishlab chiqadilar. Afsuski, ob-havo bashoratlariga o`xshab, iqtisodiy bashoratlar ham kamdan-kam to`g`ri chiqadi.
AQSH iqtisodiyotining tarixida eng o`g`ir pasayish 1930-yillardagi Buyuk Depressiya bo`lib, iqtisodiy bashoratchilar uchun butunlay kutilmagan hodisa bo`ldi. 1929-yildagi fond bozorining qulashidan keyin ham, ular iqtisodiyot qiyichiliklarsiz ozini o`nglay oladi deb ishontirishgan edi. 1931-yilning oxirida iqtisodiyot o`zining eng past nuqtasiga yetganida, taniqli iqtisodchi Irving Fisher, iqtisodiyot tez qayta iziga tushadi deb bashorat qilgan. Keyingi voqealar ko`rsatishicha bu bashoratlar juda ham optimistik bo`lgan: ishsizlik darajasi 1933-yilga qadar o`sishni davom etdi, va u o`n yillikni oxirigacha ham yuqori suratlarda saqlanib qoldi25.
16-1 rasmda AQShda Buyuk Depressiyadan keyin 1982-yildagi eng jiddiy iqtisodiy inqiroz davri davomidagi iqtisodiy bashoratlar ko`rsatilgan. Bu chizma haqiqiy ishsizlik darajasi (qizilda) va keyingi besh chorak uchun olti marta urunishlarni bashorat qilib (yashilda) ko`rsatadi. O`sha bashoratlarda ko`rishimiz mumkinki, ishsizlik darajasini bashoratlash oldindan bir chorak uchun hisoblangan. Juda uzoq muddat uchun bashoratlar ehtimoli ko`pincha noto`g`ri bo`lgan. Masalan, 1981-yilning ikkinchi choragida bashoratlar keyingi besh chorak davomida ishsizlik darajasi ozroq o`zgaradi deb bashorat qildi: lekin faqatgina ikki chorakdan keyin ishsizlik darajasi birdaniga ko`tarilib ketgan. Prognozlardalarda eng ajablanarlisi shuki, 1982-yilning to`rtinchi choragida ishsizlik darajasi qariyb 11 foizni tashkil etgan. Chuqur turg`unlik bo`lgandan keyin qanday qilib ishsizlik darajasining pasayishi to`g`risida qilingan bashoratlar muvafaqqiyatsizlikka uchragan. 2008-yilda ham xuddi shunday iqtisodiyotni pasayishi kuzatildi. 2007-yilning noyabr oyida professional bashoratchilar pasayishni bashorat qilgan edi, ammo faqatgina kamtarona: AQSHda ishsizlik darajasi 2007- yilning to`rtinchi choragida 4.7 foizdan 2008-yilning to`rtinchi choragida 5 foiz bo`lishi bashorat qilingan edi. 2008-yilning may oyida bashoratchilar yilning oxirida ishsizlik darajasi faqatgina 5.5 foizga ko`tariladi deb bashorat qilganlar. Natijada 2008-yilning oxirgi choragida ishsizlik darajasi 6.9 foiz bo`ldi.