Iqtisodiyot” kafedrasi “makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Asosiy taxmin: mukammal capital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot



Download 5,11 Mb.
bet116/189
Sana26.01.2023
Hajmi5,11 Mb.
#902906
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   189
Bog'liq
Makroiqtisodiyot UMK

Asosiy taxmin: mukammal capital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot
Mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot haqidagi farazlardan boshlaymiz. bu faraz shundan iboratki mamlaktdagi foiz stavkasi r, jahon foiz stavkasi r* bilan belgilanadi. Matematik jihatdan, buni quyidagicha yozishimiz mumkin 22
r = r*.
Bu jahon foiz stavkasi egzogen o’zgaruvchidir, chunki biz ko’rayotgan mamlakat dunyo iqtisodiyoti bilan shunchalik kichikki, u dunyo moliyaviy bozoridan qarz olishi yoki qarz berishi jahon foiz stavkasiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Mukammal kapital oqimi to'g'risidagi fikrlar oddiy tenglama bilan ifodalansada, bu tenglama ko’rsatadigan takomillashgan jarayonning ko’rinishini yo’qotmaslik muhim hisoblanadi. Faraz qiling, birorta vaziyat sodir bo’ldi buning natijasida jahon foiz stavkasi ko’tariladi. Kichik ochiq iqtisodiyotda, mamlakatdagi foiz stavkalari qisqa muddatga biroz ko’tarilishi mumkin ammo bu vaziyat sodir bo’lishi bilan xorijliklar bu mamlakatga qarz berishni boshlashadi (misol uchun shu mamlaktning obligatsiyalarini sotib olish bilan). Capitalni kirib kelishi mamlakat ichidagi foiz stavkasini r* ga tomon pasaytiradi. Xuddi shuningdek, agar har qanday hodisa mamlakat foiz stavkasini pasaytirishni boshlasa, capital yuqoriroq foiz topish maqsadida chetga oqib chiqib ketardi va bu capital oqimi ichki foiz stavkasini yana r* gacha qaytaradi. Bundan keyin r = r* tenglama kapitalning xalqaro oqimi ichki foiz stavkasini jahon foiz stavkasi bilan teng saqlab turishga yetadi degan tahminni yuzaga chiqaradi.
Tovarlar bozori va IS egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli tovar va xizmatlar bozorini IS-LM modeliga qaraganda ko’proq tasvirlab beradi va sof export uchun yangi termin qo’shadi. Ayniqsa, tovarlar bozori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
Y=C(Y-T) + I(r) + G + NX(e).
Bu tenglama shuni bildiradiki, jami daromad Y iste’mol C, investitsiya I, davlat xarajatlari G va sof exportning NX yig’indisiga teng. Iste’mol sof daromadga (Y-T) to’g’ri proporsianal, Investitsiya foiz stavkasiga teskari proporsianal. Sof export valyuta kursiga (e) tengkari bog’liq. Oldingiga o’xshab, biz valyuta kursini (e) har bir milliy valyutaga to’g’ri keladigan xorijiy valyutalar miqdori sifatida bilamiz – misol uchun (e) 100 yena bir dollar bo’lishi mumkin. Siz yana eslashingiz mumkin ya’ni biz 5 bobda sof exportni nominal valyuta kursiga qaraganda (milliy va xoriji valyutalar narxlari) real valyuta kursiga bog’lagandik (ya`ni mamlakatdagi va xorijdagi tovarlarning o’zaro narxlari).
Agar e nominal valyuta kursi bo’lsa, real valyuta kursi eP/P* ga teng, bu yerda P mahalliy narx darajasi va P* xorijiy narx darajasi. Mandell-Fleming modeli mamlakatdagi va jahon narxlari darajasi o’zgarmas degan farazga asoslanadi, shuning uchun real valyuta kursi va nominal valyuta kursi bir biriga to’g’ri proporsional. Bu degani, mahalliy valyutaning qadri oshsa, xorijiy tovarlar mahalliy tovarlarga qaraganda arzonroq bo’ladi va bu eksportni pasayiradi va importni oshiradi. Yuqoridagi tovarlar bozori muvozanatining tovar va xizmatlarga va xarajatlarga ta’sir qiladigan ikkita moliyaviy o’zgaruvchisi (foiz stavkasi va valyuta kursi) mavjud, ammo vaziyatni mukammal capital oqimi to’g’risidagi tahmindan foydalanib soddalashtirish mumkin. Demak, r = r*. quyidagi tenglama kelib chiqadi
Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e).
Keling IS* tenglamasiga qaraylik. Biz bu tenglamani grafikda tasvirlashimiz mumkin, bunda gorizontal o’qda daromad, vertical o’qda valyuta kursi berilgan. Bu chiziq 12-1 rasmning (c) panelida ko’rsatilgan.


IS* egri chizig’i pastga qaragan chunki yuqoriroq valyuta kursi sof eksportni kamaytiradi, bu esa o’z navbatida jami daromadlarni pasaytiradi. Buning qanday ishlashini ko’rish maqsadida, 12-1 rasmning boshqa panellari sof eksport va keyns xochi bilan birga olib boriladi IS egri chizig’ini keltirib chiqarish uchun. (a) panel, valyuta kursidagi e1 dan e2 ga ko’tarilish sof eksportni NX(e1) dan NX(e2) ga pasaytiradi. (b) panel, sof eksportdagi kamayish rejalashtirilgan xarajatlar grafigini pastga ko’chiradi va bu daromadni Y1 dan Y2 ga kamaytiradi. IS* egri chizig’i valyuta kursi (e) va daromad (Y) o’rtasidagi bog’liqlikni umumiylashtiradi.

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish