2-jadval:
2018 yilda sanoatdagi kapital kiritmalarni moliyalashtirish manbalarining tuzilishi2
№
|
Manbalar
|
Yakuniga nisbatan %da
|
1.
|
Shaxsiy mablag’lar
|
77,0
|
|
Ulardan:
|
|
2.
|
Korxona ixtiyorida qoluvchi foydali jamg’armalar fondi
|
16,2
|
3.
|
Amortizatsiya va shaxsiy mablag’larning boshqa manbalari
|
60,8
|
4.
|
Jalb qilingan mablag’lar
|
23,0
|
|
Ulardan:
|
|
5
|
Banklar kreditlari
|
7,0
|
6.
|
Boshqa tashkilotlarning qarz mablag’lari
|
3,1
|
7.
|
Byudjet mablag’lar
|
5,0
|
8.
|
Byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari
|
1,8
|
9.
|
Boshqa jalb qilingan mablag’lar
|
6,1
|
|
Jami
|
100,0
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag’larining ulushi 10,1% ni tashkil qiladi. Ilmiy-texnik sohada kredit resurslari ITTKI ni moliyalashtirishning umumiy hajmida 79 foizni tashkil qiladilar, shuning bilan bir vaqtda byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari va boshqa jalb qilingan mablag’lar 20%dan ko’proqni tashkil qiladilar. Tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarish innovatsiyalarga yo’naltirilgan investitsiyalarning ulushi 2% dan oshmaydi. Bunga sabab bank krizisi, kreditlarning yuqori qiymati, banklarda manfaatdorlikni yo’qligidadir.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri aktsiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish yo’li bilan moliyaviy resurslarni olish ya’ni ulushli yoki qarzli turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir. Innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun yirik kompaniyalar innovatsion axborotlarni kelib tushishining ko’pgina vositali kanallaridan foydalanadilar, norasmiy tashkilotlarga keng murojaat qiladilar. Ammo juda ko’p hollarda tadbirkorlar moliyaviy xavfsizlikni radikal yangiliklarning noaniqligi va tavakkalchi innovatorlarni mustaqilligidan afzal ko’radilar. O’sishning innovatsion omillarini safarbar qilishda venchurli biznesga alohida rolb ajratiladi, u innovatsiyalarni amalga oshirish shakli sifatida sarmoyalarni safarbar qilish usullari, manbalarni tuzilishi va moliyaviy mablag’larni taqdim etish shartlari bo’yicha ancha farqlanadi. Venchurli biznes printsipial yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan va qoidaga ko’ra, pioner (birinchi) sohalardagi yuqori ishga doir faollik bilan bog’langan. Microsoft va boshqa kabi yirik firmalar o’zlarining qudratlari uchun xuddi venchurli biznesga qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon vodiysida yuqori texnologiyalarni ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi birinchilarning misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin. Fan va texnologiyalarning yorib o’tuvchi yo’nalishlaridagi yaqqol o’ziga jalb qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo’yicha tashkiliy harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni rivojlanishining ikkita tendentsiyalarida namoyon bo’lganlar: uni Yaponiya, G’arbiy Yevropa mamlakatlarida inkorellyatsiyalanganligi (o’z tarkibga qo’shib olganligi va AQSHda institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy institutni ta’sis etganligi)da.
Keyingi o’n yillar ichida sanoati rivojlangan mamolakatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez rivojlana boshlagan. Dastavval investitsiyaon loyihalarni bank tomonidan uzoq muddatli kreditlash deb tushunilgan loyihaviy moliyalashtirish bugun ko’pgina turli tumanliklarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |