1.2. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari.
Innovatsion faoliyatning mufaqqiyati ko’proq darajada uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy qo’llab quvvatlash usullari bilan belgilanadi . Yangi ilmiy ishlamalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo’lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo’llab quvvatlash va riaojlantirishning turli tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning turli tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo’llab quvvatlash bo’yicha tadbirlarning rang barangligi kengayadi.
Ma’lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi , hamda patentlar va litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan belgilanadi. Faqat moliyalashtirishning rivojlangan tizim asosida innovatsion faoliyat rivojlanishi mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya sanoat guruxlari, kichik innovatsion bines, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va boshqalar moliyalashtirish sub’ektlari bo’ladilar. Moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari moliyalashtirishning manbalarining ko’pligi, tizimning alohida elemlntlarining egiluvchanligi va dinamikligiga qaratishni va innovatsionlarni ularni innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o’sishini ta’minlovchi tijoratlantirilishi bilan samarali tadbiq etilishi kerak.Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi mulkchilik turi, markazlashtirilganlik darajasi, ham mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish shakllari bilan farqlanuvchi shvkllar va manbalarning murakkab birikib ketishidan iboratdir.
Mulkchilik turlariga ko’ra moliyalashtirish manbalari quyidagilarga bo’linadi:
davlat investittsion resurslari (byudjet mabla-lari, byutjetdan tashqari fondlar , davlat tomonidan qarz olish , aktsiyalar paketlari ,davlat tasarrufidagi mulk ):
tijorat va notijorat xarateriga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, hamda shaxs tashkilotlar jismoniy shakllarining investiitsion, shu jumladan moliyaviy resurslari.
Davlat darajasida quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar:
byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarning shaxsiy mablag’lari:
davlat kredit bank va sug’urta tizimlarining « jalb qilingan » mablag’lar:
davlatning tashqi (xalqaro qarz olish ) va ichki qarzi (davlat obligatsiyali , qarzli va boshqa ziyonlari )ko’rinshidagi qarz mablag’lari.
Korxona darajasiga quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar:
Shaxsiy mablag’lar foyda, amartizatsion ajratmalar, sug’urtali to’lovlar, nomoddiy aktivlarning jalb qilinmagan ortiqchalari, asosiy va aylanma mablag’lar va hokazo;
Jalb qilingan mablag’lar, aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, hamda badallar, maqsadli tushumlar va boshqalar;
Har xil asosdagi byudjet, bank va tijorat kreditlari ko’rinishdagi qarz mablag’lari.
Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishning moliyaviy mexanizmi butun innovatsion davrani resursli ta’minlash tizimidan iborat. Bir qator mualliflar tomonidan taklif qilinayotgan moliyaviy mexanizmi kontseptsiyasi, birinchidan, innovatsion dasturlarni loyihalarni to’g’ridan to’g’ri davlat byudjetidan moliyalashtirishni ayrim ilmiy tashkilotlari moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi bilan birlashtirishga maqsadli qaratilganligi, ikkinchidan, moliyalashtirish manbalarining kqpligi bilan ta’riflanadi. Bunda byudjetdan mablag’lar ajratish bilan bir qatorda byudjetdan tashqari manbalar, shu jumladan moliya-sanoat guruhlari, tijorat banklari, birlashmalar, tashkilotlar va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar ishtirok etadilar. Bunday mexanizm doirasida davlat innovatsion siyosatining asosiy qurollaridan biri sifatida davlat byurtmasini rolini kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat investitsion va ilmiy-texnik dasturlari davlat tomonidan maqsadli moliyalashtirishning obyekti bo’lishlari kerak. Tanlov bo’yicha tanlab olingan loyihalar ularning asosiy majmuini tashkil qiladilar. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida investitsion va moliyaviy resurslarni qidirib topish muammosida sarmoyalar va innovatsiyalarning bozorlari hal qiluvchi rolni o’ynashlari kerak. Yangiliklar bozorini ilmiy tashkilotlar, Bozor talabi- ishlab chiqarishni o’sishi innovatsiyaga talab zanjirchasini muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi to’laqonli innovatsion bozorni vujudga kelishining muhim sharti bo’ladi. Shuning bilan birga qisqa muddatlarda innovatsion bozoming, hammadan avval aqliy mulkni himoyalash va infratuzilmani shakllantirish qismidagi tashkiliy-huquqiy bazasini yaratishni yakunlash zarur. Innovatsion bozorni samarali faoliyat yuritish raqobat muhitini ta’minlash va fandagi yakka hokimlikka faol qarshilik ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bozor munosabatlarini rivojlanishi bilan xatarli (venchurli) sarmoyalar fondlarini innovatsion tadbirkorlikning adekvat o’ziga xosligi sifatida yaratish uchun haqiqiy sharoitlar vujudga keladi. Bu yerda innovatsion fondlar asosiy rolni o’ynashlari kerak. Jahon amaliyotida asosiy sarmoyalardagi investitsiyalarni moliyalashtirish uchun qarz mablag’lari, ayniqsa bank kreditlari keng qo’llaniladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |