Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan



Download 178,34 Kb.
bet1/6
Sana05.04.2023
Hajmi178,34 Kb.
#925028
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining istisodiy mazmuni


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN




KURS ISHI


MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTIDA MULKCHILIK MUNOSABATLARINING ISTISODIY MAZMUNI


Bajardi:________________________________


_____________________________
Ilmiy rahbar: ___________________________


TOSHKENT-2023

Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining istisodiy mazmuni

Reja


Kirish 3

  1. Bozor iqtisodiyotida mulkchilik shakllari va ularning turlari. 6

  2. Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy 9

  3. Bozor iqtisodiyotida mulkchilik shakllarini o’zgartirish

yo’llari va usullari. 13

  1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotida mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari. 16

Xulosa 25
Foydalanilgan adabiyotlar 29


Kirish


Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi.Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi.
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari takidlaganlaridek “Bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.
Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan
keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor ro’lini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani barchamizga yaxshi ma‘lum, albatta.
Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor.Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdig’ini topdi: - Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Iqtisodiyotimizning ustuvor vazifalari mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Bu borada dastlabki yillar davomida ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim.
Mulkchilik shakllarini o’zgartirish,xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmat ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi.
Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun auksion savdolariga qo‘yildi va ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi.
Mulkchilik tizimi munosabatlarini tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfaatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savolga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy, shaxsiy o‘zlashtirish
(xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatini ko‘zlab olib borilsa, unda jamoa mulki to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustuvor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelishimiz mumkin bo’ladi.
Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistondagi mulkchilik shakllarini o’zgartirish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkchilik tizimi,mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi, mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, uning mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Kurs ishining vazifalari:

  • O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari tizimining fundamental asoslarini o‘rganish;

  • O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;

  • O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish.

Kurs ishi kirish, to’rtta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

    1. Download 178,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish