O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning va ularning vazifalari
Kirish:
1. Xalqaro tashkilotlar tushunchasi va belgilari.
2. Xalqaro tashkilotlarning mohiyati va funksiyalari
3.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakillari. Jahon infratuzulmasining rivojlanishi
4. . Xalqaro tashkilotlarning o'zbekistondagi tutgan o'rni va ahamiyati
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Xalqaro tashkilotlar — davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va sh.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar XIX asrda vujudga keldi va 2jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va sh.k. nomlar bilan ataladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi aloqani vujudga keltiruvchi asosiy tashkilotlardir. F.F Martens ta’kidlaganidek, "yuqori madaniyatli xalqlar o‘zlarini mustaqil qiyosiy tarzlarini saqlab qolishi uchun xalqaro aloqalarga muhtojdirlar". Boshqa davlatlarda harbiy texnika va san’at sohasidagi yutuqlar ortidan bormagan, hamda ushbu yutuqlardan foydalanmagan hukumat, o‘z davlat ini zarur mudofaa vositalaridan benasib qoldiradi. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yovvoyilik holatida bo‘lganida xalqaro aloqalar hech bir ma’no kasb etmasdi3.
Eramizdan avvalgiVI asrlarda qadimgi GreWiyada ilk domiy xalqaro birlashmalar tuzilgan edi. Bular shahar yoki jamoalar ittifoqi (masalan, Lakedemin yoki Simmakil Delossi) yoki qabila va shaharlarning diniy -siyosiy ittifoqlari edi (masalan, Delfin - Firmanillarning amfiktioniyasi). Ular kelajakdagi xalqaro tashkilotlarning namunasi bo‘lgan. F.F Martens asosli ta’kidlaganidek, ushbu ittifoqlar faqatgina diniy maqsadlarda tashkil etilgan bo‘lsalar-da lekin umuman davlatlar o‘rtasidagi aloqalarga o‘z ta’sirlarini ko‘rsatgan: O‘zga ijtimoiy faktorlar singari xalqlarni bir-birlariga yaqinlashtirib ularning yakkalikka bo‘lgan intilishlarini yumshatdi4.
Xalqaro tashkilotlar haqida gapirishdan oldin biz xalqaro tashkilotlar tushunchasini aniqlab olishimiz kerak. Xalqaro tashkilotlar bu-muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro shartnoma asosida tuzilgan, davlatlar a’zolarining huquq va majburiyatlariga ega bo‘lgan hamda xalqaro huquqqa binoan ta’sis etilgan davlatlarning umumlashmasidir.
Bunda xalqaro tashkilot tushunchasini tashkil etuvchi quyidagi besh belgi: shartnomaga asoslanganlik, muayyan maqsadlarning mavjudligi, tashkiliy tuzum, mustaqil huquqlar va majburiyatlar, xalqaro huquqqa binoan ta’sis etilganlik to‘g‘risida gap yuritish mumkin.
SHartnomaga asoslanganlik shuni bildiradiki, xalqaro shartnomaning odatda ko‘p tomonlama ta’sis akti, xalqaro tashkilotning nizomi hisoblanadi. Lekin xalqaro shartnoma asosida emas, balki xalqaro tashkilot organining qarori asosida tashkil etilgan hollar ham yuz bergan. Bu BMTning savdo va rivojlanish (YuNKTAD), Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha (YuNIDO) o‘tkazilgan konferensiyalari tashkil etilishi bilan bog‘liq. Mazkur tashkilotlar Bosh Assambleyaning huquqiga binoan BMT Nizomining 22- moddasigi yordamchi organlar tuzish haqidagi qoidaga asosan tashkil etilgan edi. SHunga qaramay, YuNKTAD va YuNIDOni oddiy yordamchi organga kiritish mumkin emas. Bu organlar BMT tarkibida oddiy vazifani bajarmaydi, balki xalqaro tashkilotlar tizimiga ega bo‘lgan organlardir. Bosh Assambleyaning 2152- qarori (1966-yil 18-noyabri) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivojlantirish bo‘yicha tashkilot BMT Bosh Assmableyasi organi sifatida tuzildi va BMT doirasida muxtor tashkilot sifatida ish olib boradi.
Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyati bir qancha iqtisodiy sohalarni qamrab olgan .Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahondagi turli mamlakatlar o’rtasidagi xo’jalik aloqalarining majmuidir .Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi shakllanishini hamda ularni tartibga solishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar asosiy rol o’ynaydi ,xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ning asosiy vazifalari:
-xalqaro aloqalar rivojlanishida valyuta- kredit munosabatlari,valyuta va moliya bozorlarining ahamiyati va rolini aniqlash
-ishchi kuchlari xalqaro migratsiyasining qonuniyatlari hamda respublika ishchi kuchlarining xalqaro ayirboshlashuvida qatnashishini ko’rib chiqish
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ba’zida tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham atalib, ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
- ishchi kuchi migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
- valyuta-kredit munosabatlari.
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.
Tobora kengayib borayotgan iqtisodiy munosabatlar va mamlakatlarning (uy xo'jaliklarining) o'zaro bog'liqligi (xalqaro mehnat taqsimoti) afzalliklaridan keng foydalanishga yordam beradigan jahon iqtisodiy munosabatlarini har tomonlama tartibga solish rolini oshirishni talab qiladi. Ammo ko'p tomonlama tartibga solishni rivojlantirish ko'lami va yo'nalishi ma'lum davlatlar va ularning siyosatiga ko'proq bog'liqdir.
Xalqaro savdo -iqtisodiy munosabatlar masalalarida ko'p qirrali tartibga solish hukumat qarorlariga uning ishtirokchilarining milliy suverenitetiga ta'sir ko'rsatmasdan ta'sir qiladi. Bu borada tartibga solish nafaqat davlat siyosati sohasiga aralashadi, balki tashqi iqtisodiy sohadagi ishtirokchilarga hukumatlararo darajada va xalqaro tashkilotlar sohalarida ham ko'mak beradi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar - bu maqsadlar, vakolat va boshqa "o'ziga xos" siyosiy va tashkiliy me'yorlarga ega bo'lgan ko'p tomonlama davlatlararo munosabatlar instituti.
Bunday normalar (muassasalar) qarorlarni qabul qilish tartibi, ustav, a'zolik, tartib, shuningdek konferensiyalar, yig'ilishlar, kongresslar bo'lib, o'z faoliyatini cheklangan vaqt davomida amalga oshiradilar.
Xalqaro tartibga solishda o'zaro ta'sir qilish usullari quyidagilardan iborat.
-xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan va ishlab chiqilgan ko'rsatmalar va qarorlar. Ular o'z a'zolari uchun majburiydir;
-hukumatlararo darajada tuzilgan ko'p tomonlama shartnomalar;
-kelishuvlar
-mintaqaviy darajadagi maslahat va hamkorlik.
Davlatlarning iqtisodiy siyosatini tartibga solish mintaqaviy va xalqaro miqyosda amalga oshiriladi va xalqaro xususiy va ommaviy huquq normalariga asoslanadi. Ushbu huquqlarga davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, iqtisodiy birlashmalar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ta'sir qiladi.
Belgilangan normalar odatiy va an'anaviyga bo'linadi. Standartlarga muvofiqlikni davlatlar tomonidan ham, xalqaro huquq normalariga rioya etilishini birgalikda nazorat qiladigan xalqaro mintaqaviy tashkilotlar ham ta'minlaydi. Shunga qaramay, iqtisodiy munosabatlar yanada murakkablashmoqda, shuning uchun ba'zi davlatlar o'rtasida tegishli xalqaro qoidalar va normalar o'zgarib bormoqda.
BMT tizimiga kiritilgan tashkilotlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimida alohida o'rin tutadi.
Bugungi kunda mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar ahamiyati oshib bormoqda va ularning soni o'sib bormoqda va ular butun qit'alarni qamrab olmoqda. Mintaqaviy tashkilotlar tarkibiga nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy rivojlanish, siyosiy manfaatlar, mafkura, xavfsizlik va madaniyat masalalari kiradi.
Nodavlat tashkilotlari jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda va ularning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Bular asosan biznes birlashmalari:
-Xalqaro savdo palatasi;
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi:
-tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
-kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
-ishchi kuchi migrasiyasi;
-ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
-fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
-valyuta-kredit munosabatlari.
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo, milliy xo'jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o'zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o ‘tadiki, ulardan har biri milliy xo'jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hamda jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini XXVII bobda batafsil ko'rib chiqamiz.
Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
— xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan harakati ko‘pincha mustaqil shald sifatida ajratiladi;
— pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo'lishi mumkin;
-qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
-ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo'yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to 'g ’ridan-to'g’ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo'ladi. T o'g’ridan-to'g’ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan obyekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa, bunday huquqni bermaydi. U odatda, aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar shaklida beriladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o'z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta ’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib o'tishida topadi.
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya — mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya — mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migrasiya shuningdek repatriatsiya — ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o‘z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:
1) immigrantlar va noimmigrantlar;
2) shartnoma bo'yicha ishlashga kelgan migrantlar;
3) nolegal, yashirin immigrantlar;
4) boshpana so'rovchi shaxslar;
5) qochoqlar.
Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklami litsenziya asosida berishni, ilmiytadqiqot ishlari o'tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma tadbirkorlikni o'z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tom onidan boshqasiga sanoat va boshqa obyektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko'rsatishdan iborat bo'ladi.
Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar orqali to'xtovsiz o'sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, tem ir yo'l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarm og’i tobora ko'proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo'lm asa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalmilallashuvini rivojlantirib bo'lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo’lgan.
Hozirgi davrda biijalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko'rilmagan tezlik bilan operativ maMumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta ’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlari ayniqsa, qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lum otlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha engillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi.
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy aloqalarga tobora ko‘proq o ‘rin bo'shatadi, ya’ni fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o ‘sib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI YIRIK XALQARO TASHKILOTLARDA A’ZOLIGI
1.
|
BMT
|
Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNO
|
2
|
YUNIDO
|
Sanoatni rivojlanishi bo‘yicha BMT tashkiloti
|
3.
|
ESKATO
|
Osiyo va Tinch okeani uchun BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi
|
4.
|
YUNSITRAL
|
Xalqaro tijorat huquqi bo‘yicha BMT komissi
|
5.
|
PROON
|
BMT ning rivojlanish da
|
6.
|
YUNESKO
|
BMT ning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti
|
7.
|
YUNKTAD
|
Tijorat va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi
|
8.
|
ESE
|
BMT ning Evropa uchun iqtisodiy ko
|
9.
|
VOIS
|
Intellektual xususiylik bo‘yicha umumjahon tashkiloti
|
10.
|
VOZ
|
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
|
11.
|
MOT
|
Xalqaro mehnat tashkiloti
|
12.
|
IKAO
|
Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti
|
13.
|
VPS
|
Jahon pochta ittifoqi
|
14.
|
MSE
|
Xalqaro elektroaloqa ittifoqi
|
15.
|
MTS
|
Xalqaro tijorat markazi
|
16.
|
MBRR
|
Jahon qayta tiklash va rivojlanish banki
|
17.
|
MFK
|
Xalqaro moliya korporatsiyasi
|
18.
|
MAR
|
Xalqaro rivojlanish korporatsiyasi
|
19.
|
MATI
|
Investitsiyalarni garantiyalash bo‘yicha ko‘ptomonlama agentlik
|
20.
|
MVF
|
Xalqaro valyuta fondi
|
21.
|
OBSE
|
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkilot
|
22.
|
OBSE
|
Qayta tiklash va taraqqiyot Evropa banki
|
23.
|
EEX
|
Yevropa energetika partiyasi
|
24.
|
ABR
|
Osiyo taraqqiyot banki
|
25.
|
VTO
|
Jahon bojxona tashkiloti
|
26.
|
IBR
|
Jahon bojxona tashkiloti
|
27.
|
OES
|
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
|
28.
|
OIK
|
Islom konferensiyasi tashkiloti
|
29.
|
MKKX
|
Paxta bo‘yicha halqaro konsultativ
|
30.
|
MAGATE
|
Atom energiyasi bo‘yicha halqaro agentlik
|
31.
|
IOE
|
Epizotiya bo‘yicha xalqaro byuro
|
32.
|
INTELSET
|
Yo‘ldoshli aloqa bo‘yicha xalqaro tashkilotV
|
33.
|
IEV
|
Ko‘rgazmali xalqaro byurosi
|
34.
|
ISO
|
Standartlash bo‘yicha xalqaro tashkilot
|
35.
|
VTO
|
Xalqaro turistik tashkilot
|
36.
|
0ISA
|
Avto ishlab chiqaruvchilarning xalqaro Assotsiatsiyasi
|
37.
|
FAO
|
Oziq-ovqat qishloq xo‘jaligi tashkiloti
|
Do'stlaringiz bilan baham: |