3. Jahon iqtisodiyoti va xorij tajribalari.
Jahon iqtisodiyoti - bu an’anaviy (davlatlar, transmilliy kompaniyalar, xalqaro iqti-sodiy tashkilotlar va b.) va eng yangi (intellektual vodiylar, jahon shaharlari, texnoparklar, virtual korxonalar va b.) tuzilmalari va ular o'rtasidagi munosabatlari mavjud bo’lgan globallashayotgan murakkab tizim.
“Jahon iqtisodiyoti” tushunchasini keng va tor ma'nolarda ko'rib chiqish mumkin. Keng ma'noda jahon iqtisodiyoti — bu barcha milliy iqgisodiyotlarni qamrab olgan bir tizim hisoblansa, tor ma'noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga to-varlar, xizmatlar va iqgisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir.
Zamonaviy jahon iqtisodiy tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi or-qali xalqaro mehnat taqsimoti asosida global xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'za-ro hamkorligini anglatadi. Jahon iqtisodiyoti tizim sifatida muayyan xususiyatlarga ega: yaxlitlik, tuzilish, ierarxiya, dinamizm, tartib va umumiy maqsadning mavjudligi.
"Jahon iqtisodiyoti" tushunchasining sinonimlari "jahon xo’jaligi", «butun-jahon iqtisodiyoti» hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotining quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud:
1. Uning shakllanishi va rivojlanishining asosida milliy chegaradan tashqariga chiqadigan bozor iqtisodiyotini baynalmilallashuvning ob'ektiv qonuniyatlari yotadi.
2. Ko’pukladli va ko’p darajali xo’jalik bo’lib, uning doirasida turli darajadagi xo-'jalik yurituvchi sub'ektlar (jismoniy shaxslar va kichik biznesdan boshlab, global miqyosda faoliyat yurituvchi ko’p millatli kompaniyalargacha) o’zaro faoliyat yuritadilar.
3. Unga sub’yektlari sonining muntazam oshishi va ularning o’z iqtisodiy manfaatlari asosida o’zaro hamkorligining o’sishi xosdir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — jahon iqtisodiyoti sub'ektlari o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarning ko'p bosqichli majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar ikki asosiy qismdan, ya'ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o'zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o'z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy korporasiyalarni) jahon xo'jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan iqtisodiy munosaba-tlarining majmuini oladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi:
Xalqaro mehnat taqsimoti.
Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
Xalqaro kapital va xorijiy investisiyalar harakati.
Xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi
Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy integrasiya.
An'anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi.
Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo'jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili esa, odatda, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansada, jahon xo'jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqgisodiy munosabatlar sifatida tan olingan.
Adabiyotlarda jahon xo’jaligi tushunchasining ta'rifiga turli xil yondashuvlar mavjud.
Ularning eng muhimlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) jahon xo’jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti tizimi bilan bir-biriga bog'liq bo'lgan milliy xo'jaliklarning majmui. Bunday ta'rif jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodlar yig’indisi sifatida namoyon bo'lishiga asoslanadi va to'liq hisoblanmaydi;
2) jahon xo’jaligi —ishlab chiqarish va moliyaviy munosabatlarning jahon tizimi. Ushbu yondashuvda jahon iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismlari – real ishlab chiqarish sohasi va aylanma sohasi aks ettirilgan;
3) jahon xo’jaligi – milliy davlat va nodavlat tuzilmalar majmui, shuningdek, ularning xalqaro mehnat taqsimoti va siyosiy aloqalar asosida o'zaro munosabatlari. Ushbu izohda jahon iqtisodiyoti yagona iqtisodiy makon (megaiqtisodiyot) bo'lib, unda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari quyidagilar hisoblanadi:
dunyo mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlari;
jahon biznesining sub’ektlari - transmilliy korporatsiyalar (TMK) va ularning ittifoqlari;
jahon xo’jaligi institutlari – xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va integration birlashmalar.
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub'ekti sanaladi. Dunyoda 180 dan ortiq davlat mavjud. Turli ko'rsatkichlarga ega bo'lgan ko'plab davlatlar orasida
Iqtisodiy rivojlanishning turli ko'rsatkichlariga ega bo'lgan ko'plab davlatlar orasida muhim xususiyatlarga ko'ra tasniflanadigan turli mamlakatlar guruhlarini ajratib ko’rsatiladi.
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) - dunyodagi eng yirik kompaniyalar, faoliyat sohasini xalqaro miqyosda olib boruvchi, ammo tashkil topgan mamla-katida milliy kapitalga ega hisoblanadi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, tashqi iqtisodiy munosabatlar mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omil bo'lib, iqtisodiy o'sishga, ishlab chiqarishni jadallashtirishga, iste'mol va ishlab chiqarish bozorini boyitishga xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi korxonaga savdo bozorlarini va ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirish, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasining afzalliklaridan va ishlab chiqarish vazifalarini amalga oshirish uchun qaror qabul qilish erkinligidan foydalanish imkonini beradi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati - bu mamlakat iqtisodiyotining jahon bozor-ida muayyan ustunliklarga erishishga va ayni paytda ichki bozorni xorijiy to-varlarning raqobatidan himoya qilishga qaratilgan, barcha tadbirlar tizimini o'z ichiga olgan, keng ko'lamli faoliyat. Bundan kelib chiqadiki, bu davlatning nafaqat tashqi balki ichki siyosatining eng muhim bo’g’inidir. Aynan ichki siyosat tashqi iqtisodiy siyosatning samaradorligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplariga, “O‘zbekiston Respu-blikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktri-nasiga, boshqa qonunlarga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining prinsiplari va maqsadlariga, shuningdek mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
“Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish”: O'quv qo'l. AA .Aliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |