Kurs ishining ahamiyatiAvvaldan ma’lum bo’lgan va izlanishlar natijasida to’plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holdaPul isloxatlari va uni muomulasini barqarorlashtirishdagi o'rni,Pul islohotlarining mohiyati va xususiyatlari,Pul islohotlarining shakllari va ularni o’tkazish mexanizmi mavzularini talabalarga yortib berish va iqtisoddagi o’rni tushintirish
Kurs ishining maqsadi va vazifasi
Pul islohotlarining mohiyati va xususiyatlari
.Pul islohotlarining shakllari va ularni o’tkazish mexanizmi
-Zamonaviy pul islohotlarini o'rganishdir.
- Pul islohotlarining maqsad va vazifalarini aniqlash;
- O’zbekistondagi amalga oshirilgan pul islohotlarini tavsiflash;
Yuqoridagi mavzularini yortib berish va talablarni olgan bilimni hayotda qo'llashga o’rgatish va iqtisodagi o’rni anglash haqida tushuncha va bilim ko’nikma hosil qildirish
.
1.Pul muomalasini tashkil etish zaruriyati va asoslari .
Pul tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining ham asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, uni ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar pul ishtirokida yuz berib, tovar ishlab chiqarish sikli ning ibtidosi pul bilan boshlanib, uning intiqosi ham pul bilan yakunlanadi. Yoki, iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida yuz berayotgan ob’ektiv iqtisodiy munosabatlar albatta pul ishtirokida amalga oshiriadi. Iqtisodiy sub’ektlar o ‘rtasida pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar pul muomalasi deyiladi. Pul yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlarda qatnashar ekan, u doi miy harakatda bo‘ladi, yangilanib turadi va muntazam takror aylanadi. I qtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda pulning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisi pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul muomalasi naqd pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, bunda iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro tovarlar va qimmatli qog‘ozlar oldi sotdisi, ko‘rsatilgan turli madaniy va maishiy xizmatlar, sug‘urta, kommunal to‘lovla ri, naqd pulda kreditlar olish va qaytarish, lotereya biletlari harid qilish, korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga naqd puldaish haqi to‘lash hamda boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, naqd pul muomalasi davlat byudjetining naqd pulda shakllanadigan va taqsimlanadigan qismini ham o‘zida mujassamlashtiradi. U shbu jarayon, bir tomondan aholi va yakka tadbirkorlarning byudjet oldid agi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarini, ikkinc hi tomondan esadavlat byudjeti tomonidan aholiga naqd pulda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarida o‘z aksini topadi.
Naqd pul aylanmasi esa naqd pullarning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, u naqd pul muomalasidagi naqd p ullar harakatidan tashqari pul muomalasini tashkil qilish bilan bog‘liq bo ‘lgan harakatlar yig‘indisini ham o‘z ichiga oladi. Naqd pullarning aylan masi va uning tarkibiy qismlarini quyidagi paragrafdabatafsil ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |