CHET EL KAPITALI ISHTIROKIDAGI SAVDOGAR AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI ISHTIXON FILIALI ISTE'MOL KREDITLARI
Chet el kapitali ishtirokidagi Savdogar aksiyadorlik tijorat banki Ishtixon filiali tomonidan o‘z mijozlari va yurtimiz aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va chet davlat bo‘ylab sayyohlik qilish uchun iste’mol krediti joriy etildi. Kredit oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- pasport nusxasi;
- kredit oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- jismoniy shaxs kafilligi (kafilning pasporti nusxasi, oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma).
Kredit oluvchilarga kredit mablag‘lari ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida avtobus, avia/temir yo‘l chiptalari sotib olish, sayyohlik xizmatini amalga oshirishdagi xizmat ko‘rsatish haqlari hamda turizmni tashkil etuvchi turfirmalar xizmati uchun ichki turizmni rivojlantirishga 18 oy muddatga amaldagi eng kam ish haqining 50 (ellik) barobarigacha, tashqi turizmni rivojlantirishga 24 oy muddatga amaldagi eng kam ish haqining 100 (bir yuz) barobarigacha ajratiladi.
Mikroqarz naqd yoki qarz oluvchining nomiga milliy valyutada ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berish orqali 12 oygacha bo‘lgan muddatga, eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmaydigan summada ajratiladi.
Qarz oluvchi mikroqarz olish uchun bankning xizmat ko‘rsatuvchi filialiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:ariza (mikroqarz buyurtmasi qarz oluvchi pasporti (nusxasi olinib, asli qaytariladi) qarz oluvchining ish joyidan (hisob-kitob bo‘limi) oxirgi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida yoki qonuniy
daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
kredit ta’minoti turlaridan biri.
Iste'mol kredit Iste'mol krediti 18 (o'n sakkiz) yoshga to'lgan va muomala layoqatiga ega, doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tgan, shuningdek o'z faoliyati natijasida olinadigan daromadlar, hamda boshqa qonuniy daromad manbalarga ega bo'lgan jismoniy shaxslar (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlari fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar)ga ajratiladi.
Iste'mol kreditlari O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilotning bankdagi hisob-varag'iga pul mablag'larini o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Kredit oluvchilarga kredit mablag'lari quyidagi maqsadlar va muddatlarga ajratiladi:
1. Mebellar, oshxona jihozlari, tele-video apparaturalar, orgtexnikalar, sport anjomlari va boshqa uy-ro'zg'or buyumlarini xarid qilish uchun eng kam oylik ish haqining 150 barobarigacha 36 oy muddatga;
2. Davolanish xarajatlari uchun eng kam oylik ish haqining 40 barobarigacha 24 oy muddatga;
3. Avtomobillarga gaz ballonlari o'rnatish, ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 50 barobarigacha 24 oy muddatga;
4. O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan dam olish maskanlarida dam olib davolanish uchun eng kam oylik ish haqining 40 barobarigacha 24 oy muddatga;
5. Quyosh batareyalari sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 150 barobarigacha 36 oy muddatgacha;
6. To'y marosimlarini o'tkazish xarajatlari uchun eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha 36 oy muddatga;
7. Yashash sharoitini yaxshilash maqsadida turar joylarga temir darvoza, panjara, yog'och-alyumin eshik-romlar, santexnika jixozlari (uskunalari) hamda uy tomini yopish va ta'mirlash bilan bog'liq qurilish materiallari (shifer, tunuka, cheripitsa, yog'och va boshqalar) sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha 36 oy muddatga;
8. Uy tomini yopish va ta'mirlash bilan bog'liq qurilish materiallari (shifer, tunuka, cherepitsa, yog'och va boshqalar) sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha 36 oy muddatga;
9. Uy xo'jaligida foydalanish maqsadida suv nasoslari, elektr generatorlari sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 30 barobarigacha 36 oy muddatga; (O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar).
10. Maxsus o'quv kurslarida (haydovchilik, hamshiralik, chevarchilik, til o'rganish va boshqalar) hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati to'lovlariga eng kam oylik ish haqining 20 barobarigacha 12 oy muddatga;
11. Umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun zamonaviy maktab formalarini (bahor-kuz va qish mavsumida kiyiladigan) xarid qilish uchun maktab formasi narxining 50 foizigacha bo'lgan miqdorda, ya'ni eng kam oylik ish haqining 20 barobarigacha 12 oy muddatga;
12. Yengil avtotransport vositalari sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 1 500 barobarigacha 36 oy muddatga ajratiladi.
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
• Pasport asli ko'rsatilgan xolda nusxasi taqdim etiladi;
• Ish joyidan daromadlari to'g'risida ma'lumotnoma;
• Oldi-sotdi shartnomasi;
• Qonunda belgilangan ta'minot turlaridan birini taqdim etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |