Iqtisodiyot fakultiteti makroiqtisodiyot kafedrasi


-jadval.O’zbekitonda aholi zichligining o’zgarishi, 1kv.kmga to’g’ri keladigan aholi soni(kishi/km



Download 71,18 Kb.
bet7/8
Sana12.06.2022
Hajmi71,18 Kb.
#659633
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dusov kurs ishi (Автосохраненный)

3.2-jadval.O’zbekitonda aholi zichligining o’zgarishi, 1kv.kmga to’g’ri keladigan aholi soni(kishi/km2).

Hududlar

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

O‘zbO’zbekiston Respublikasi

70,3

71,5

72,7

74,1

75,5

77,0

78,6

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

10,8

10,9

11,1

11,2

11,4

11,5

11,7

Andijon

676,9

689,0

700,4

713,2

727,4

741,4

756,2

Buxoro

45,0

45,7

46,4

47,1

47,8

48,4

49,2

Jizzax

60,2

61,3

62,5

63,8

65,2

66,5

68,1

Qashqadaryo

105,9

108,1

110,2

112,5

114,8

116,7

119,3

Navoiy

8,4

8,5

8,6

8,8

9,0

9,1

9,3

Namangan

349,9

356,5

362,8

370,0

377,8

385,4

394,0

Samarqand

213,7

217,8

221,8

226,5

231,2

235,4

240,3

Surxandaryo

120,0

122,5

125,1

127,9

130,8

133,4

136,5

Sirdaryo

184,7

187,6

190,6

193,9

197,7

201,1

205,5

Toshkent

183,2

185,5

187,6

190,1

192,9

195,1

194,3

Farg‘ona

518,5

527,3

535,5

544,9

555,0

565,1

576,5

Xorazm

288,7

293,7

298,3

303,4

308,5

312,9

317,9

Toshkent sh.

7 165,2

7257,9

7380,0

7514,9

7699,6

7554,1

6379,1

Mazkur usullar quyidagilardan iborat:



  1. ishchi kuchiga talabni oshirish usuli. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish, zarar faoliyatini o’zgartirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensive texnologiyalarini joriy etish.

  2. Ishchi kuchlari taklifini kamayrtirish shuningdek, ularning boshqa hududlarga va tarmoqlarga harakatchanligini rag’batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lganlar o’rtasida qayta taqsimlash orqali samarali ta’sir etish mumki.

Mamlakatimizning mehnat resurslari yetishmaydigan mintaqalari Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida ishchi kuchlariga talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko’paytirish mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir:

  1. Ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usuli. Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarniong u yoki bu mintaqalarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlikka erishish muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish-raqobat, foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi umumxo’jalik mexanizmlari va dastaklari yordamida taminlanishi lozim.

O’rganishlar natijasini shuni ko’rsatadiki aholi zich joylashgan hududlarda aholi zich bo’lmagan hududlarga nisbatan ishsizlik darajasi sezilarli darajada yuqori bo’ladi. Buning asosiy sababi shu hududdagi ishga nisbatan talabning yuqori ekanligi hisoblanadi.
Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim dasturlarini kengaytirish va o'qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o'quv yurtlarida kunduzgi ta'lim olinadigan o'qóâ o'rinlarini ko'paytirish va kechki hamda sirtqi o'quvdagi talaba o'rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlarga stipendiyalar miqdorini oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun to'lanadigan nafaqalar va beriladigan ta'til muddatini ko'paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini rivojlantirish yangi va o’xshash bo’lmagan yondashishni, mehnat bozori elementlarini o’rganishda muntazamlikni, bozor kategoriyalari va tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi. Iqtisodiyotni qayta qurish va shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelgusida aholini ish bilan bandligi sohasidagi institusional tuzilmalar faoliyatlarini jadallashtirish va normativ-huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi.
Bugungi kunda mehnat bozoridagi muammolar quyidagi sabablarga ko’ra kelib chiqmoqda: 10
1.Malakali kadrlarning taqchilligi.
So’nggi 3–4 yilda mehnat bo’limlarida malakali ishchi kuchi oshganligi va oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlanganlik darajasini o’sishi kuzatilmoqda. Lekin, viloyat mehnat bozorida oliy ma’lumotli va malakali kadrlarning taklifi 7–8 %ni, ayrim hollarda 6–7 %ni tashkil qilmoqda. Bizga ma’lumki, mehnat bozorining samarali shaklanishi uchun malakali kadrlar jami ishchi kuchining 20–30 %ini tashkil qilishi zarur.
2.Tarkibiy ishsizlik.
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik va mulkchilik munosabatlarining o’zgarishi tarkibiy ishsizlik miqdorining oshishiga olib kemoqda.
3.Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo’lgan malakali kadrlar tarkibi va kasbga tayyorlash va yo’naltirish bo’yicha o’quv yurtlari o’rtasidagi nomuvofiqlik. Ta’lim tizimi va markazlarida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat ko’rsatkichlari bo’lib, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi bo’lishi zarur.
4. Ishsizlik davomiyligining yuqoriligi,bu ko’rsatkich ishsizlik muddatini o’rtacha 6–7 oygacha cho’zmoqda. Buning natijasida, ishlab chiqarishda band bo’lmagan mehnat resurslari salmog’ining oshib borishi bir necha o’n minglab kishilar kun ish vaqtining yo’qolishiga olib kelmoqda.
5. Kadrlar qo’nimsizligining yuqoriligi. Korxonalarda kadrlar qo’nimsizligining yuqori darajada ekanligini asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  • ish haqini korxona faoliyatini yakuniy natijalari bilan bog’lanmaganligi;

  • transport vositalaridagi chipta haqining oshishi;

  • kadrlarning qisqarishi;

  • ish joylarida mehnat sharoitlarining yomonlashuvi;

  • ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi va boshqalar.

6. Ish izlovchi fuqarolar uchun bo’sh ish joylariga tanlovlar o’tkazish haqida axborotlar olishning qiyinligi, ish beruvchilarning bo’sh ish joylari haqida axborotlarni sir tutishi. Ko’pchilik ish beruvchilar O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» Qonunning talablariga qaramasdan ish bilan bandlik xizmati organlariga bo’sh ish joylari haqida to’liq axborotni bermaydilar. Ular boshqa imkoniyatlardan foydalanish maqsadida qarindoshlari, o’zining korxonasidagi yaqin tanishlari orqali bo’sh ish o’rinlariga nomzodlarni tanlaydilar.
7. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish doirasidagi muammolar.
Bularga: tadbirkorlikning boshlang’ich bosqichida faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag’larining yetishmasligi; xom ashyo-materiallar yetkazish bo’yicha hamda tayyor mahsulot realizasiyasi bo’yicha muammolarning mavjudligi; zarur bilim va maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining chegaralanganligi va boshqalar.
Ma’lumki, viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati joylardagi ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Davlat ish bilan bandlik siyosati mamlakat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo’yicha ish bilan bandlik muammolarini yechishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning o’tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish kuchini tarmoqlar va ish bilan bandlik ko’rinishi bo’yicha qayta taqsimlashda ijtimoiy jihatdan muvofiq ish bilan bandlik darajasini ta’minlashga yo’naltirilishi zarur.
Davlat ish bilan bandlik siyosati doirasida ish bilan bandlikka ko’maklashish ikki yo’nalishda, passiv va faol ish bilan bandlik siyosati ko’rinishlarida amalga oshiriladi. Ish bilan bandlikning passiv siyosati davlat ish bilan bandlik xizmati orqali ishsizlarga nafaqalar to’lash, ishsizlarni kasblarga qayta o’qitish va jamoat ishlarini tashkil etish kabi faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Ish bilan bandlik siyosatining bu varianti davlatning amalga oshiradigan joriy xarajatlari nuqtai-nazaridan bir muncha tejamlidir.
Biroq, ish bilan bandlikning passiv siyosati iqtisodiyotning yuksalishi davrida mehnat bozorining yuqori egiluvchanligi va ishchi kuchining kasbiy harakatchanligi, iqtisodiyotning istiqbolli mustaqil ish izlash uchun bir muncha keng shart-sharoitlari mavjud bo’lgandagina o’zini oqlashi mumkin.
Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda, o’quv jarayonida zamonaviy o’quv texnologiyalari va usullarini ta’lim dasturiga kiritish va foydalanish, kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi. Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida yangi yo’nalish bo’lib, ish beruvchilarning talablariga muvofiq maqsadli o’qitish va konkret ish o’rinlari bo’yicha alohida kasblarga o’qitish hisoblanadi.


XULOSA
O’tkazilgan o’rganishlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. O’zbekistonda mehnat resurslarini notekis joylashganligi sababli mehnat resurlari sonini teng taqsimlash maqsadida ishchi kuchi yetmaydigan iqtisodiy hududlarga ko’chib borgan mehnat resurlarini rag’batlantirish kerak.
2. Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy mojorolarini bartaraf etish bo’yicha, ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va xududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi.
3. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining rivojlanishida uning asosiy funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali tadbirlarini va ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o’zaro samarali hamkorlikni ta’minlashi zarur. Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun ish bilan bandlik xizmati organlari tomonidan quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o’zgarishlarga muvoffiq ravishda kasbiy-malaka tizimi bo’yicha uzoq muddatli istiqbollashtirishni amalga oshirish;

  • korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini baholashni tashkil etish, kasbi va malakasi bo’yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo’lgan talabni obyektiv hisobini amalga oshirish;

  • statistika organlari bilan birgalikda viloyatdagi jami korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bo’yicha kadrlarga bo’lgan talabning to’liq hisobini yuritish.

4. Aholining ish bilan bandlik tarkibini o’rganishda tizim-tarkib uslub keng qo’llaniladi. Bu uslub o’rganilayotgan obyektni kattaroq obyekt doirasida tahlil qilishni nazarda tutadi. Masalan, mehnat resurslari tizim-tarkib usulida tadqiq etilganda, obyekt - mehnat resurslari hisoblansada, undan kattaroq obyekt - aholi va uning tarkibidagi miqdor va sifat o’zgarishlar, shuningdek, uning joylashuv xususiyatlari xamda unga ta’sir etuvchi omillarni ham o’rganish talab etiladi. Ma’lumki, iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va ulardagi tarkibiy o’zgarishlar aholi, ayniqsa mehnat rusurslarining bandlik tarkibiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi.
5. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining turli yo’nalishlardagi samaradorligini har tomonlama baholash bo’yicha ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, uning xo’jalik faoliyatiga baho berishda aniq xulosalar chiqarish imkonini yuzaga keltiradi. Biz quyidagi ko’rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko’rsatkichlar tizimiga qo’shishni taklif etamiz: ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasi; ish bilan bandlik xizmati organlari ko’magi bilan ishga joylashtirish darajasi; talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi; ish izlovchi fuqarolarni ishga joylashtirish koeffisiyenti; ish bilan bandlik xizmati organlarining mehnat bozorini qamrab olish darajasi; murojaat qilish koeffisiyenti; ish joylariga talabning qanoatlantirish darajasi; ishchi kuchi taklifi bo’yicha ish joylarining qanoatlantirish darajasi.
6. Bizningcha, ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatilarining turli darajalarini o’z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini ta’minlovchi funksional tuzilmalarining yaratilishi mehnat bozorida samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo’lib hisoblanadi. Funksional tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo’yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o’zaro birikishi, ular o’rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar takrorlanishini minimumga tushirishni ta’minlaydi.

Download 71,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish