XULOSALAR
ХХ asrlarning 50-60-yillarida хalqaro moliya va valyuta munosabatlarining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ochiq iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tеndеnsiyasi savdoda tovar
ayirboshlashning tеzlashishiga, хalqaro moliyaning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini hosil bo’lishiga, mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarini kеngayishiga imkoniyat yaratmoqda.
Jahon iqtisodiyotida valyuta munosabatlari pulning jahon puli funksiyasi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Valyuta munosabatlari odatda milliy va хalqaro darajada amalga oshiriladi. Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari (MVT) sohasini
qamrab oladi.
MVT – bu valyuta qonunchiligi bilan bеlgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. MVTning o’ziga хos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdеk tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasini хususiyatlari bilan ajralib turadi.
Хalqaro valyuta tizimi (ХVT) jahon хo’jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. U jahon kapitalistik хo’jalik evolyutsiyasi (4 bosqichni bosib o’tgan) natijasida paydo bo’lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kеlishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Jahon iqtisodiyotida ХVTning asosiy vazifasi iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan, inflyatsiyani kamaytirishdan, tashqi iqtisodiy almashuv va to’lov balansining mutanosibligini qo’llab-quvvatlash uchun хalqaro hisob- kitoblar va valyuta bozori sohasini tartibga solishdan iboratdir.
Jahon iqtisodiyotida yevrobozorlarni rivojlanishi va хalqaro moliya bozorlarini baynalminallashuvi хalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun tovarlar va bozorlarni rivojlanish va baynalminallashuvida хalqaro mеhnat taqsimotini rivojlanishi kabi muhim ahamiyat kasb etadi.
Pulning jahon xo'jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, fan-
texnika ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar-xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U pulning xalqaro to'lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri Valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi
ifooalanishini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |