2.3 Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari dunyo xo‘jaligi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
So‘nggi yigirma yil ichida moliya bozori taraqqiyotida keskin burilish yili bo‘ldi. 1980 yillardan buyon yalpi ichki mahsulot (YAIM) tayyorlashga nisbatan moliyaviy aktivlar narxining o‘sishi 2,5 barobarga oshdi.
Ob’ektiv munosabatlarga ega moliya bozori taraqqiyoti amaldagi kapitalning oborotini ob’ektiv qonuniyatlarga asosladi. Ayrim joylarda erkin kapitalga ehtiyojni oshirgan bo‘lsa, aksincha boshqa joylarda esa unga nisbatan talab keskin pasaydi. Jahon valyuta, moliya-kredit bozori dunyo xo‘jaligida ish yuritish darajasida bunday tafovutlarga yo‘l ochdi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar, ya’ni jahon bozori, xizmatlar ko‘rsatish, kapitallar harakati jarayonida milliy valyutalarni oldi-sotdi va boshqa valyuta bilan bog‘liq munosabatlardagi aloqalarni tenglashtirdi.
Jahon valyuta bozori, krediti va qimmatli qog‘ozlar bozorining vujudga kelishidagi dastlabki shartlar quyidagilar edi:
mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur kapital va bank ishi bir joyda to‘planishi;
xo‘jalik aloqalarida baynalminallikni yuzaga keltirish;
xalqaro banklar taraqqiyotini telekommunikatsiyalar va axborot vositalari bilan ta’minlash.
Jahon valyuta bozori o‘zida nimalarni aks ettiradi? Ya’ni jahon Valyuta bozori-keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qilib, muayyan moliya- valyuta idoralari orqali o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan chet el investorlari bilan oldi - sotdi operatsiyalarini bajaruvchi mulkdor o‘rtasida xorij valyutasini ayirboshlovchi munosabatlarni tasvirlaydi. Milliy valyuta bozori bozor iqtisodiyoti rivojlangan barcha mamlakatlarda mavjud. Shu narsa aniqki, rivojlangan milliy valyuta bozorlari dunyoda yagona valyuta bozori bilan aloqalarni albatta mustahkamlaydi va o‘z navbatida yagona bozor o‘zida xalqaro, hududiy milliy (mahalliy) valyuta bozorlari faoliyatini ham aks ettiradi. Bu bozor endi valyuta operatsiyalari hajmi, xususiyati, soni va qatnashuvchilari bilan alohida ajralib turadi.
Jahon valyuta bozori faoliyatini Jahon moliya markazi (JMM) jamlaydi. JMM-bu kredit-moliya institutlari jamlangan banklar joyi hisoblanadi. Ular xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalarini hamda qimmatli qog‘ozlar va oltin bo‘yicha bitimlar tuzilishini amalga oshiradi. Dunyoda bunday jahon moliya markazlari London, Nyu-York, Frankfurt-na-Mayn, Parij, Syurix va Tokioda o‘z faoliyatlarini olib borishayotibdi.
Valyuta bozorlari xalqaro hisob-kitoblar va jahon valyuta bozoridagi kredit va moliya bozori yordami bilan banklarning valyuta rezervlari, shuningdek davlat va tadbirkorlarning valyutaga talabi qondiriladi. Qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, valyuta bozori mexanizmi davlat iqtisodiyoti boshqaruvi uchun ham askotadi, uning birja, brokerlik firmalari, bank korporatsiyalar faoliyatini to‘g‘ri, mukammal tashkil etilishida ham hissasi anchagina.
Xalqaro moliya-kredit bozori. Xalqaro moliya-kredit munosabatlari jahon kreditlash va moliyalash bozorining imtiyozli kapital bilan ta’minlash munosabatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Xalqaro kredit bozorida mamlakatlar o‘rtasidagi pul harakatlari, qarzni tez qaytarish, uzish va foizlar to‘lovini vaqtida to‘lash bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro kredit bozori-bu bozorning imtiyozli kapital beruvchi qismi sanaladi. U o‘zida quyidagi jihatlarni aks ettiradi:
Jahon pul bozori. Qiska muddatli depozit-ssuda operatsiyalarini bir kundan to bir yilgacha kredit shaklida berish;
Jahon kapital bozori. U chet el kreditlarini va yevrokreditlarni o‘rta va uzoq muddatga beradi (1 yildan 15 yilgacha);
Jahon moliya bozori - bu bozor ssuda kapital beruvchi sub’ektlarning bir qismi bo‘lib, emissiyaga uchramaydigan va qimmatbaho kog‘ozlar oldi-sotdi operatsiyalarini bajarishda tezkor faoliyatiga ega bo‘lgan bozorning bir qismi. Bu bozor milliy valyutalarda xalqaro ssuda kapitali operatsiyalarini ham bajaradiki, bu baynalminallik jihatlarini ham rivojlantiradi.
Jahon ssuda kapitali so‘nggi o‘n yillar ichida keskin rivojlandi. U dunyo xo‘jaligida turli kompaniyalar, banklar, valyuta-kredit muassasalarini qisqa muddatli ssuda kapitallari bilan ta’minlab, iqtisodiy harakatni kuchaytirayotir. Aytish mumkinki, so‘nggi yuz yillikda dunyo xo‘jaligi taraqqiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarish sanoat rivojlanishi va xalqaro savdo faoliyati taraqqiy etgani kabi xalqaro moliya-kredit munosabatlari o‘sishiga ham katta raqobat keltirdi.
XX asrning 50-yillar oxiriga kelib xalqaro moliya-kredit bozori taraqqiyoti yevrobozor deb ataluvchi jahon bozoridagi ssuda kapital jamg‘armasiga ega moliyaviy tarkibni yuzaga keltirdi va uning faoliyatini avj oldirdi.
Yevrobozor - bu kredit va zayomlarni yevrovalyutalar orkali valyuta-kredit operatsiyalarini amalga oshiruvchi bozor makonidir.
Yevrovalyuta esa bir qator rivojlangan mamlakatlar o‘z chegarasidan tashqaridagi muomilada qarz va hisob-kitob harakatlarida, ayniqsa banklararo qarzlar va transmilliy korporatsiyalarni kreditlashda foydalaniladigan valyuta.
Yevrobozorning hukumatlararo va davlatlararo bozorlarida qatnashishga huquqi yo‘q. U bir necha mamlakatlardagi investor va korxonalar uchun ko‘proq xizmat qiladi. Yevrobozordagi operatsiyalar davlat valyuta boshqaruvi va soliq qonunchiliklari ta’siriga tushmaydi.
Yevrobozorning faol taraqqiyoti o‘tgan asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki 80-yillar va 90-yillar boshiga kelib u o‘z faoliyatini biroz o‘zgartirdi. Masalan, 80-yillar boshida qimmatli qog‘ozlar bozorida keskin taraqqiyot yuzaga keldi. Natijada yevroobligatsiya, yevroaksiya, yevroveksel va moliyaviy innovatsiyalar salmog‘i ortdi.
Yevrobozorning taraqqiy etishi butun jahon ko‘lami bo‘ylab erkin moliya resurslarini amalga tadbiq etishga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, u korxonalarni ichki bozor kapitallariga emas, balki Yevrobozorga murojat etishni taklif etdi, toki ular moliya resurslarini oqilona tarzda joylashtirsinlar.
Yevrobozorlar bugunda barcha yirik xalqaro banklar, jahondagi barcha moliyaviy markazlar va valyutani konvertatsiya qiluvchi moliya muassasalarini o‘zaro aloqalariga kirishtirgan. Yevrobozorning taraqqiy etgani yangi xalqaro moliya markazlari (Singapur, Gongkong, Quvayt, Kayman orollari)ning vujudga kelishiga omil bo‘ldi. 1982 yil dekabrda esa Nyu-York (AQSH)da xalqaro bank xizmatlarining erkin hududi tashkil etildi. 1980-yillarning oxirida vujudga kelgan yangi jahon moliya markazi endilikda butun dunyodagi xalqaro moliya-kredit operatsiyalarining uchdan bir qismini amalga oshirishni tashkil etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |