2.2-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga
tushirish
AS
P
C
D
F
q
q1
1.2- chizmaning avvalgisidan asosiy farqi ishlab chiqarish doimiy harajatlarning ortib borishidir. Bu narsa umumiy o‘rtacha harajatlar (AS)ni oshiradi, ammo o‘rtacha o‘zgaruvchan harajatlarni o‘zgartirmaydi. Natijada 1.2- chizmada ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi. Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi.
Monopolistik raqobat o‘z nomiga mos xolda ustun keladigan raqobatning bir qadar monopol hukmronlik bilan aralashmasidan iborat. Raqobatchilardan anchagina sonli bo‘lishi ulardan har birining bozor narxlarini nazorat qilish imkoniyatini to‘liq bo‘lmasada, ammo sezilarli darajada cheklaydi. Monopolistik raqobatga xos bo‘lgan muxim belgi sotuvchilarni tovarlarni tabaqalashtirishga intilishidir.
Tabaqalashtirish, ya’ni tovarlarga aloxida uni o‘ziga o‘xshash tovarlardan ajratib turadigan sifat berish sotuvchiga raqiblarining xudi shunday tovarlarga qaraganda uning tovarini afzal ko‘ruvchi haridorlar haridorlar doirasini yaratish imkoniyatini beradi.
Oligopoliya - tarmoqda bir necha firmaning o‘zaro bog‘lanib qolishi, ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash ish deyarli bir xil yoki bo‘lmasa tabaqalangan mahsulotlar ishlab chiqarishdlari
mumkin. Oligopolik bozorda narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p uchraydi. Bu peshqadam tarmoqdagi eng yirik ish eng samarali ishlayotgan firma bo‘ladi. Tarmoqdagi peshqadam o‘z mahsuloti narxini o‘zgartirish bilan boshqa hamma firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni bo‘lib olishni birgalikda boshqarish maqsadlarida til biriktirish ehtimoli imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Oligopoliya tarmoq sharoitlarida firmalar hamkorlikni yuridik jixatdan rasmiylashtirilmasdan va bu haqida oshkora xabar bermasdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni jiddiy cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan faoliyatiga ko‘ra kurashish bozor iqtisodiyoti davlatlaridan monopoliyadanchiqish qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir.
Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi. Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab chiqaruvchi mukammal monopolist hisoblanadi. Bu modelda bozorda tanho sotuvchi yoki ularning soni naqadar kamki ularning har biri raqiblari bilan kelishilgan xolda mustaqil tovarlar va xizmatlar taklifi umumiy xajmiga va ularning narxiga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda shu jumladan raqobat mamlakatlarda darajasi yuqori bo‘lgan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda kam mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘p xollarda kam chiqimli unumdor ishlab chiqarishga erishish uchun uning miqyosini kengaytirishi ham mutloq ma’noda kam harajat talab etadi. Shunday tarmoqlar ham borki ularda mahsulot yoki xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa ishlab chiqarish ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq.
Real bozor, mukammal raqobat – mukammal monopoliya o‘qi bo‘yicha turli modelning qaysi biriga muvoqfiqroq kelishiga qarab shu bozorda tovarlar va xizmatlar sotuvchisi bo‘lgan tadbirkorlar raqobat kurashining turli yo‘llaridan foydalanadilar.
“Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida qonunlar reklama sohasidagi raqobat kurashiga monelik qilmaydi. Tadbirkorlarga xususan faqat ularning tovar yoki xizmatni sotib olish g‘oyani afzal ekanligiga haridorni ishontirishga urinishlarda juda katta erkinliklar beradi”.8
Raqobat vositalarining shakl va taomyili, uning namoyon bo‘lishi sohalari g‘oyat ko‘p va keng . Uning tarmoq ichidagi kapitalning bir tarmoqdan ikinchi tarmoqga oqib o‘tishiga olib keladigan tarmoqlararo, jahon bozorlarida turli mamlakatlar xo‘jalik kompleks raqobati kabi turlari mavjud. Raqobatni amalda tasavvur etish uchun shu ko‘rinishlarga mansub bo‘lgan hozirgi usullardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz va jahondagi hamma mamlakatlarda qonuniy hisoblanadigan va amalda keng qo‘laniladigan raqobat xulqining turli ishlarini tavsiflaymiz. Narx bilan raqobatlashuv an’anaviy shakl. Uning an’anaviy va eng ko‘p qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi:
“Narxlar jangi” – yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan surib chiqarish uchun narxlarni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. “Narxlar jangi”ni boshlagan baquvvat firma tovarning sotish xajmi ko‘payganligi hisobiga ko‘proq daromad ko‘rishni ko‘zlaydi. Yirik kompaniyalarning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan mamlakatlarda ochilgan korxonalari filiallari boshqa xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozordan siqib chiqarish uchun aksariyat “narxlar jangi”ni qo‘llaydi. Iste’molchilar dastlab tarmoqdagi “narxlar jangi”dan foyda ko‘radi, ammo keyinchalik bunday monopoliyalashtirishning jabrini tortishlari mumkin. Davlat mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tarmoqni o‘zlashtirishdan manfatdor bo‘lib qudratli xorijy firmalar bilan kurashda mahalliy bozorda o‘rnashib qolishga yordam berish uchun ularni aloxida imtiyozlar va afzalliklar tizimi bilan qo‘llab-quuvatlashga harakat qiladi, u yoki bu tarmoqda xorijiy xo‘jalik yurituvchi shakxsga tadbirokrlik faoliyati uchun mahalliy sherik ishtirokida qo‘shma korxona barpo etish majburiy shart qilib qo‘yadi yoki boshqa cheklash va tartibga solish choralarini ko‘radi;
8 V.A. Chjen Bozor qonuniyati asoslari. Toshkent 2002 y. 181-bet
demping – amal qilish va maqsadlarga ko‘ra “narxlar jangi”ga yaqin bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar xududida korxona qurmaydilar, ammo uning bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning ma’nosi tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatning ichki bozorida sotilayotgan ortiqcha mahsulotni yo‘qotish va yangi bozorlarga kirib olishdan iborat. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga dempingni eksportchi kompaniyalarga byudjetdan maxsus eksport mukofotlari va subsidiyalari to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan zararni qisman qoplaydi. Bunday ishlardan davlatning manfaatdorligi boshqa malakat bozorida o‘z ishtirokini kuchaytirish, iqtisodiy manosabatlarni yanada rivojlantirish uchun negiz yaratishga intilish bilan izohlanadi.
Rivojlangan mamlakatlardan rivoji pastroq mamlakatlarga demping tovar chiqarish amaliyotda doimiy xodisa. Demping narxlar iste’molchilarni so‘zsiz qoniqtiradi, ammo “narxlar jangi”di bo‘lgani kabi bozorda bunday tovarlarning hozir bo‘lishi mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini qiyinlashtiradigan omilga aylanishi mumkin. Demping tovarlar kiritayotgan davlat
bu jarayonni savdo cheklashlarini joriy etish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish uchun bojlarni ko‘tarish bilan nazorat qilish, shuningdek demping narxlarda sotilayotgan tovarlarga o‘xshash tovarlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlarga yordam berish imkoniyatlariga ega.
Halqaro amaliyotda mahsulot narxidan chalg‘itmaslik, tovarning qiymati va sifati sohasida raqobatni qiyinlashtirmaslik uchun chegirma va saylovlarning eng yuqori miqdorlarini belgilab qo‘yish kam uchraydi. Shuningdek narx bilan raqobatlashuvga quyidagilarni kiritish mumkin:
muayyan toifadagi iste’molchilar uchun imtiyozli narxlar (masalan, aviakompaniyalardan yo‘lovchilar guruxiga bir yo‘la olinadigan “Oilaviy” biletlar yakka-yakka olishga qaraganda arzonroq) sotiladi;
vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish yoki ko‘tarish (kinoteatrga ertala borish kechkidan ko‘ra, ish kunida borish dam olish kunidan ko‘ra arzonroq turadi);
ko‘rasatiladigan xizmatlar xajmi ko‘paygan yoki tovarlar sifati yaxshilangan sharoitlarda ham amaldagi narxlarni saqlab turish;
haridorlar uchun kredit muddatlarini uzaytirish va boshqalar.
Narx bilan raqobatlashuvga kirmaydigan raqobat usullarini “narxsiz raqobat” deb ataladi. Bu atama garchi noaniq bo‘lsada amaliyot va ilmiy adabiyotda keng qo‘llaniladi, raqobat kurashidagi turli usullarga yagona nom berishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |