Asosiy qism
1.Amaliyotning maqsadi va vazifalari
Universtitet talabalarining malakaviy amaliyoti o`quv jarayonining asosiy qismi hisoblanib, talim yo`nalishlariga mos muassasalarda o`tkaziladi. Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalar olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va o`quv tarbiyaviy ishlarga tadbiq etish , talabalarni o`z kasbiga amaliy tayyorlash kasbiy mahorat malakalarini tarkib toptirish , tarkib topgan malakalarni rivojlantirish Malakaviy amaliyotni maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat
Egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda tekshirish , mustahkamlash va booyitish ;
Yangi fanlarni o`zlashtirishga tayyorlanish;
Ish joyida shtatli ishchi yoki stajor sifatida real vazifalarni bajarish;
Alohida topshirmalarni bajarish
Talabalar amaliyoti bakalavrni tayyorlash bo`yicha Davlat talim standartiga ko`ra , xususan o`quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u talim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hisoblanadi .
Amaliyotning asosiy maqsadi – Turizm(faoliyat yo`nalishlari bo`yicha )1- kurs talabalarining mutaxasislik fanlardan olgan nazariy bilimlarini takomillashtirish , chuqurlashtirish va mustahkamlash , turizm sohasida faoliyat ko`rsatyotgan tashkilotlarning ish yuritish uslublari , o`zaro aloqalari va faoliyatlarini talabalarga o`rgatish , mustaqil ishlashga o`rgatish, o`zlashtirilgan nazariy bilimlarni jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borishga tayyorlash, korxonaning tashkiliy bo`linmalari tuzilishini va funksionol masalalarni o`rgatish , iqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlil etish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni egallash, ishlab chiqarish , ilm-fan va talim o`rtasida integratsiyani chuqurlashtirish , kelajakda talabalarning bandligini o`lari amaliyot o`tagan tashkilotlarda taminlash bo`lib hisoblanadi .
Korxona va tashkilotlar uchun yuqori malakaviy mutaxasislar tayyorlash ishida amaliyot kata ahamiyatga ega , chunki ushbu turdagi amaliyot davrida korxona va tashkilotlarning amaliy faoliyatini o`rganish talabalarni nazariy bilimlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi.
Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari :
Talabalarning amaliyotga zaruriy tayyorgarlikini tashkil etish ;
Kafedralar tomonidan talabalarga berilgan topshiriqlar va ko`zda tutilgan ilmiy tadqiqot ishlariga raxbarlik qiladi ularning mehnat va maishiy xizmat sharoitlarini meyor darajasida taminlanganini nazorat qiladi;
Talabalarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;
Amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishlarida ishtirok etadi;
Talabalarni amaliyot bo`yicha hisobotini ko`rib chiqadi va ularni ishi bo`yicha taqriz beradi
Amaliyot o`tash obektlari shartnomaga asosan
Talabalarni ish joyi bilan taminlaydi ;
Bo`sh ish joylarni hisobga olgan holda talabalarga ish taklif qiladi ;
Institut bilan kelishgsn holda , oylik va kunlik ish jadvaliga rioya qilladi
Amliyot davrida ro`y bergan baxtsiz hodisalar uchun javobgarlikni to`liq o`z zimmasiga oladi
Amaliyot davrida talaba :
Amaliyotlar bo`yicha ko`zda tutilgan topshiriqlarni to`liq bajarish ;
Amaliyotni o`tash obekti ichki tartib qoidalariga bo`ysunishi ;
Mehnat muhofazasi , texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya gigiyenik qoidalarni o`rganishi va ularga qat’iy rioya qilishi
Zamonaviy texnik vositalardan foydalanishni bilishi ;
To`plangan ma`lumotlarni umumlashtirib , tahlil qilishi , yozma hisobot berishi;
Malakaviy tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning Universtitet o`quv jarayonidagi mutaxasisligi bo`yicha olgan bilimlarini va mustaqil ish ko`nikmalarini , malakaviy tanishuv amaliyoti bo`yicha analitik va tadqiqot ishlarini mustahkamlashdan va talabani yo`nalish bo`yicha tayyorlashni yakunlashdan iborat.
Malakaviy tanishuuv amaliyoti maqsadi xizmat ko`rsatish faoliyatidan xisob va tahlilning nazariy, amaliy jihatlarini o`rganish hamda uni takomillashtirish masalalarini tadbiq etishdan iborat .
Malakaviy tanishuv amaliyotining asosiy vazifalari
Amliyot bo`yicha bilim , tashkiliy ko`nikmalarni xosil qilish ;
Talabalarning ish sifatini takomillashtirish;
Kommunikativ ko`nikmalarni rivojlantirish ;
Turizm va mexmonxona xo`jaligi mutaxasisligi kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va ilmiy takliflar berish ;
Amaliyot natjalarini tahlil etib ,amaliy va ilmiy takliflar berish ;
Amaliyot davomida ilingan bilimlarni nazariy bilimlar bilan solishtirib , amaliyot obekti iqtisodiyotni takomillashtirish bo`yicha mustaqil ravishda taklif berish;
Foydalanilgan va qo`llanilgan adabiyotlar ro`yhatini tuzish
Tanishuv amalyotini o`tagan obekt va ilmiy raxbardan taqriz va tavfsifnoma olish ;
Amaliyot hisobotini belgilangan muddatda kafedraga to`liq topshirish
Amaliyot hisobotini belgilangan muddatda kafedra qoshida tashkil etilgan komissiya huzurida himoya qilish;
O`zbekiston o`zining ko`plab tarixiy-memoriy yodgorliklari , turfa xil iqlimi va tez syratlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o`ziga tortmoqda . Asrlaar davomida O`zbekiston Buyuk ipak yo`lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar , jo`g`rofiyashunoslar va missionerlar , istilochilar va zabt etuvchilar yo`lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O`zbekiston tashabbuskor , madaniyat , tarix, an`an a va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo`nalishlaridan biriga aylanmoqda .
O`zbekiston ajdodlardan bugungi kunga qadar saqlamnib qolgan memoriy yodgorliklari bilan faxrlanibgina qolmay ularni asrab avaylab kelmoqda . Xivadagi ichan qal`a majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar , shaxrisabz va Samarqand shaharlari UNESCOning “butun dunyo merosi” ning maxsus ro`yxatiga kiritilgan
Ko`p asrlik tarix guvohki ,insonga savdoni rivojlantirish , yangi yerlarni ochish va o`zlashtirish , resurslar va yangi transport yo`llarini izlab toppish maqsadida jahon bo`ylab sayoxat qilishi xos bo`lgan . Sivilizatsiyaning rivojlanish davri unchalik katta bo’lmay, besh ming yilga yaqin hisoblanadi, biroq faqat yaqin o’tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va tasvirlargina saqlanib qolingan. Tarixdan yangi qit’a va erlarni, xalqlar va tabiiy hodisalarni ochgan, o’ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari bizga ma’lum Buyuk sayohatchi va kashfiyotchi olimlarga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451 — 1506) ko’rsatish mumkin bo’lib, ulardan oxirgisi 1492—1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o’tgan va Amerika qit’asini ochgan. Turizm insonning tabiatni o’rganish maqsadida qilgan sayohatidan boshlangan bo’lib, bu jarayon industriyaga aylandi va ko’pchilik davlatlarning asosiy daromadi bo’lib qoldi.
Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan SHotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirdi. endi bunday sayohat Dasturlarini ishlab chiqib, pul topish Tomas Kuk va uning o’g’li uchun biznes faoliyati bo’lib qoldi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Sook travel nomini oldi. Hozirgi kunda ham bu turfirma o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib, SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirishni boshlab ancha tajribalar orttirdi. Kuk SHimoliy
Amerikaga olib borgan turistlar guruhini Nyu York, Vashington, Richmond, Mammouth Cave, Cincinati, Niagara sharsharasi va Monreal bo’ylab sayohat qildirdi. Kuk tomonidan dunyoning barcha hududlariga sayohat marshrutlarini uyushtirishi natijasida bir shior paydo bo’ldi13. Bu shior quyidagicha: «Sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, Kukka murojaat qiling».
Jahon bo’ylab sayohatlar 75 ming mill va undan ko’proqni tashkil qilgan. Ularda ilmiy yo’nalishlar va bilimlar tizimiga asos solgan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olingan. Qit’alarning geografik chegaralarini aniq ko’rsatuvchi qadim dunyo xaritalari saqlanib qolgan bo’lib, ularni yaratish usullari o’z izohini topmagan. Bizga ekstremal sharoitlarda eng baland tog’ cho’qqilarini, cho’l va g’orlarni, SHimoliy va Janubiy qutbni zabt etish uchun safar uyushtiruvchi sayohatchilar, suv osti dunyosi tadqiqotchilarining nomlari ham ma’lum. Mamlakatimizda YUriy Senkevich, Artur CHilingarov, Dmitriy SHparo va boshqalarning nomi tanish.
Qadimgi Rim tarixi va urf-odatlariga murojaat qiladigan bo’lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan, Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |