Pul oqimi = kirib kelgan pul mablag‘lari – sarflangan pul mablag‘lari
Endi esa ishbu formulani yana kengroq talqin qilamiz. Korxonaga kirib kelgan pul mablag‘lari shartli ravishda asosan 4 ta manbadan olinadi. Bular: mahsulotlar va xizmatlar savdosi, korxonaga qilingan yangi sarmoyalar va olingan kreditlar, aktivlarni sotish, boshqa daromadlar.
Korxonaning mahsulot yoki xizmatlari sotilganida, ba’zi mijozlar korxonaga darhol naqd pul to‘lashadi - bu korxona uchun naqd tushum hisoblanadi. Mas’ul shaxs bu pulni darhol olashi va uni bank hisob raqamiga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, korxona xaridorilarga hisob-fakturalarni yuborishi va keyin to‘lovni yig‘ishi kerak bo‘lishi mumkin. Agar shunday qilinsa, mijozlar ushbu hisob-fakturalarni to‘lashganda pul mablag‘lari korxonaning bankdagi hisob-kitoblar schyotiga kelib tushadi. mahsulotlar va xizmatlar savdosidan keladigan pul oqimini bashorat qilish haqida bosh qotirishning eng oson usuli bu mijozlar tomonidan qanday hisob-fakturalarni qachon to‘lashi haqida o‘ylashdir.
Shuningdek, kirim sifatida keladigan pul mablag‘larini bankdan yangi kredit yoki sarmoya olish orqali olish ham mumkin.
Aktivlarni sotish orqali ham korxona pul mablag‘lariga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kompaniyanga endi kerak bo‘lmagan yuk mashinasini sotsa, ushbu sotishdan tushgan mablag‘ kompaniya pul mablag‘lari hisobotida kirim tariqasida ko‘rsatiladi.
Va nihoyat, to‘rtinchi manba boshqa daromadlardan keladigan pul mablag‘lari hisoblanib, uni ichiga dividend ko‘rinishidagi daromadlar, soliqdan imtiyozlar, tekinga kirim qilingan aktivlar va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Sarflangan pul mablag‘lari tarkibiga ham shartli ravishda 4 ta asosiy xarajat turlarini kiritishimiz mumkin: xarajatlar va to‘lovlarni amalga oshirish, kredit to‘lovlari, aktivlarni sotib olish va boshqa operatsion xarajatlar. Ushbu xarajatlarni prognozi amalga oshirish orqali pul oqimini bashoratlashning bir qismi amalga oshiriladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Pul oqimini prognoz qilishning bilvosita usuli bevosita usul kabi amal qiladi va bir xil natijalarga erishadi.
Bevosita usul pul mablag‘larining manbalari va ulardan foydalanishni ko‘rib chiqadigan bo‘lsa, bilvosita usul sof daromaddan boshlanadi va korxonaning rentabelligiga ta’sir qiladigan, ammo naqd pul qoldig‘iga ta’sir qilmaydigan amortizatsiya kabi narsalar bilan birga ko‘rib chiqadi.
Bilvosita usul o‘tgan davrdagi pul mablag‘lari hisobotlari orqali yangi hisobotlarni yaratish uchun qo‘l keladi, chunki hisobot uchun ma’lumotlarni buxgalteriya bo‘limidan osongina olish mumkin. Bu orqali esa korxona pul oqimini bashoratlash imkoni paydo bo‘ladi. Bu usul pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotdan sof foyda haqidagi ma’lumotni olish orqali shakllanadi, so‘ngra daromadga ta’sir qiladigan pul mablag‘lari qo‘shiladi, lekin naqd pul emas. Shuningdek, buyurtma qilingan, ammo hali to‘lanmagan to‘lov kabilar olib tashlanadi.
Umuman pul oqimini bashorat qilishda asosan 5 turdagi ma’lumotlar lozim bo‘lishi mumkin. Bularga debitorlik qarzlarining o‘zgarishi, kreditorlik qarzlarining o‘zgarishi, soliqlar va amortizatsiya, kreditlar va investitsiyalar, sotib olingan va sotilgan aktivlarni kiritishimiz mumkin.
Pul oqimlarini bashorat qilish uchun tahlil singari ma’lumotlarni jadval ko‘rinishiga olib kelish bir muncha qulay va sodda hisoblanadi (3-ilova). Shuningdek, bashoratlashning jadval shakli kelgusi oylar, yillar uchun qolip sifatida foydalaniladi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarimizdan kelib chiqib korxonalarda pul oqimlarni prognozlash muhim ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Shunisi muhimki, erkin iqtisodiyotga o‘tish sharoitida inflyatsiya sur’atlarini ham hisobga olgan holda pul oqimlarini bashoratlash kerak bo‘ladi. Chunki, bilamiz, bugungi 100 birlik mablag‘imiz ertaga inflyatsiya tufayli shu qiymatda saqlanib turmaydi, balki bugungi 100 birlik kelgusidagi 110 birlik mablag‘ga teng bo‘lishi mumkin. Bu orqali esa korxonaning moliyaviy menejerlari pul mablag‘larini prognozlash orqali korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lariga bo‘lgan taxminiy talabini oldindan bilgan holda strategik rejalar tuzadilar. Korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lariga bo‘lgan talablarini oldindan bilish hisobiga, korxona iqtisodiyotini to‘g‘ri rejalashtirilishiga, korxonaning kelgusidagi to‘lov intizomini yaxshilanishiga olib keladi.
XULOSA
Kurs ishini o‘rganish va tahlil qilish orqali qilingan tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
Korxonaning pul oqimi, ya’ni pul mablag‘lari harakati uning faoliyati, rivojlanishi va yuqori samaradorlikka erishishida muhim omil hisoblanib, korxonaning ajralmas bo‘lagidir. Chunki, korxonada pul mablag‘lari harakatisiz biror jarayon ishga tushmaydi. Shu tufayli majoziy ma’noda korxonani “organizm” deb oladigan bo‘lsak, uning pul oqimini “qon aylanish” tizimi sifatida ta’kidlab o‘tdik. Shuningdek, bugungi raqobatga asoslangan bozor sharoitida korxona o‘z rivojlanish tendensiyasini olib borish, o‘z mavqeyini saqlash va yanada yutuqlarga erishishi pul oqimini o‘rganishi va uni tizimli shaklda to‘g‘ri yo‘naltirishi talab qilinar ekan. Shu maqsadda korxona pul oqimlarining tasnif va xususiyatlarga ko‘ra turlarga ajratilishini, ularni bilish va pul oqimi tahlilida muhim o‘rin egallashini o‘rganib chiqdik.
Korxona pul oqimlarini tahlil qilish va bashoratlash uninf faoliyatida ta’sir qiluvchi ko‘rsatkiclar ekanligini guvohi bo‘ldik. Chunki pul mablag‘lari harakatini tahlil qilish orqali asosan korxonani o‘z manbalaridan moliyalashtirish darajasi, tashqi moliyalashtirish manbalariga bog‘liqligi, sof pul oqimi, to‘lov qobiliyatining haqiqiy holati, keyingi davr uchun prognoz kabi muhim ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoni vujudga keladi. Pul oqimlarini bashoratlashda tahlining o‘rni beqiyos ekanligini inobatga olib tahlilni amalga oshirishda e’tiborlilik, ahamiyatlilik va sinchikovlik kabi jihatlarni qamrab olish lozim. Buni korxonaning pul oqimlarini tahlil qilish kelajak uchun asosli bashorat qilish, keyingi davrlardagi oqimni hisoblash, joriy davrda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish, korxonada pul oqimini rejadan chetga chiqish asosida tuzatish imkonini berishi orqali ham yaqqol namoyon qilish mumkin.
Korxonaning pul oqimini to‘g‘ri tahlil qilish natijasida ijobiy va salbiy holatlari kuzatiladi. Ijobiy holat korxona faoliyatining va kelgusidagi rivojlanish strategiyasining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi. Investitsion faoliyatdan pul mablag‘larining salbiy holati uzoq muddatli aktivlarga investitsiya kiritish holatlarida kuzatiladi. Bu holat samaradorligi va natijaviyligida strategik qarorlar to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, joriy davr bo‘yicha xarajatlarni ko‘paytiradi va kelgusi davrlar bo‘yicha pul tushumlarining oshishiga olib keluvchi holat sifatida baholanadi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining sof harakatida ijobiy holat korxonaning kengaytirilgan faoliyatini tashqi manbalar hisobiga moliyalashtirilayotganligini bildiradi. Yuqoridagilarning aksi salbiy holatni ifoda etar ekan. Jumladan, Respublikamiz iqtisodiyotida ham keyingi yillarda stabil o‘sish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. Pul oqimlari dinamikasida ham ijobiy o‘zgarishlar mavjud. Buni mamlakatimizdagi tijorat banki misolida ham kuzatib, tahlil qildik.
Yuqorida ta’kidlangan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, korxonada pul oqimlarini tahlili va bashoratlashi samarali yo‘lga qo‘yilishi uchun quyidagi takliflar beriladi:
Har bir korxona pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot yordamida pul oqimi tahlilini doimiy olib borishi kerak. Bu o‘zining faoliyatining hayotiy monitoringini olib borish, uni nazorat qilish hamda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga katta yordam berishi mumkin.
Korxonaning pul oqimlarini bashoratni bevosita va bilvosita usullardan foydalangan holda amalga oshirish hamda haqiqatta shuni natijasini ko‘rish va taqqoslash, shuningdek, samarali usulni tanlash orqali muntazam bashoratlashni yo‘lga qo‘yish lozim.
Demak, pul oqimi tahlili va uni bashorat qilish korxona faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Investorlar va qarz beruvchilar, davrdagi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga asoslangan pul oqimlari tahlilidan foydalanib, korxonaning moliyaviy majburiyatlarini bajarishga qodirligini yoki moliyaviy menejerlar joriy moliyaviy rejalashtirish va ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsiya siyosatini amalga oshirishni aniqlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |