Iqtisodiyot” fakulteti “moliya” kafedrasi


Korxonada pul oqimini bashoratlash



Download 308,31 Kb.
bet10/16
Sana09.07.2022
Hajmi308,31 Kb.
#766362
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
9. Yerkebayeva Feruza

Korxonada pul oqimini bashoratlash

Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to‘g‘ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayon. Jumladan, korxonaning pul mablag‘lari va pulga tenglashtirilgan qiymatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. Korxonalarda pul mablag‘lari oqimini ratsional boshqarish uchun esa korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lari oqimini bashoratlash (prognozlash) muhim hisoblanadi.
Bashoratlash deyilganda obyektni yoki hodisani kelajakdagi me’yoriy yoki maqbul holatlari, ularga erishish va ularni ro‘yobga chiqarishning alternativ yo‘llari to‘g‘risidagi ehtimolga yaqin tasavvurni ishlab chiqish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bashoratlash boshqarishning iqtisodiy usullaridan biri bo‘lib, iqtisodiy tizimning kelgusidagi holatini aniqlab beruvchi rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘llari, usullari va vositalari yig‘indisidir. Shunday ekan, korxonada pul oqimining bashorati biznes rejaning muhim jihatlaridan biri sifatida qarash mumkin. Bu orqali naqd pul oqimini nazorat qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish yoki mavjud imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Chunki, pul oqimining bashorat ko‘rsatkichlari qachon daromad olishni va qachon xarajatlarni qoplash zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, pul oqimlarini rejalashtirish mavjud naqd pul vositalarining bashorat qilinayotgan davrdagi byudjetini tashkil qilishga, oqimning eng muhim parametrlarini hisobga olishga, xususan, sotish hajmi, tushumdagi naqd pulga sotilgan mahsulotlar ulushi, kreditorlik qarzlar bashorati va boshqalarni o‘rganishga imkon beradi.
Odatda ko‘pchilik ko‘rsatkichlarni katta aniqlik darajasida bashoratlash birmuncha murakkab jarayondir. Lekin bu aniqlikni risklarni to‘g‘ri baholash orqali oshirish imkoni albatta mavjud.
Korxonalarning pul oqimini bashoratlashda uning moliyaviy menejeri tomonidan pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga oid manbalari yig‘ilishi hamda o‘rganilishi lozim. Bunda kelib chiqib aytishimiz mumkinki, pul oqimi bashoratlari o‘z ichiga quyidagilarni olishi talab qilinadi:

  • sotuvlardan tushgan barcha tushumlar va xaridorlardan olingan naqd pullarni;

  • barcha xomashyo, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqalar uchun to‘lovlarni;

  • oylik maosh, mukofot va boshqalar bo‘yicha chiqimlarni;

  • uskuna va texnologiyalar xarid qilishni;

  • kredit, grant yoki korxonaga jalb qilinayotgan boshqa resurslarni;

  • kredit bo‘yicha to‘lovlarni va boshqa xarajatlar uchun to‘lovlarni;

  • soliqlar va majburiy to‘lovlarni, ular bo‘yicha qarzlarni.

Pul oqimini bashoratlash aniq olingan muddatlar (kelgusi oylar, choraklar, yillar) kesimida amalga oshiriladi.
Korxonalar kelgusida foydasini maksimal darajaga yetkazib, o‘z faoliyatini ratsional ravishda yuritish uchun har qanday sharoitda ham pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Bunda korxona moliyaviy menejeridan iqtisodiy strategiyani to‘g‘ri tanlay bilishni, pul oqimlari hisobini aniq va to‘g‘ri yuritishni talab etadi. Demak, moliyaviy menejer yoki tahlilchi pul oqimlarini bashoratlash jarayonida ketma-ketlikni, ya’ni bir nechta bosqichlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan kelib chiqib, pul oqimlarini prognozlashni shartli ravishda 4 bosqichga bo‘lishimiz mumkin (3-rasm).
Pul oqimini bashoratlash jarayonining birinchi bosqichi kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari kirimining hajmini hisoblashni o‘z ichiga oladi. Pul kirimini asosiy manbasi bu mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan tushadi. Bu borada tayyor mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan pul kirimini o‘rtacha ko‘rsatkichi (koeffitsiyenti, davri) aniqlanadi. Ushbu birlik orqali yaqin oylarda va yil davomida kelishi kutilayotgan pul mablag‘lari kirimini aniqlash mumkin. Shuningdek, balans usuli asosida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof pul kirimini aniqlash yuzasidan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining davr boshi va oxiriga qoldiqlari farqi sotish hajmiga qayta hisob-kitob qilish orqali naqd pul mablag‘lari kirimi ham aniqlanadi.


Download 308,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish