guruh faoliyatining deyarli bir xil samarasini ta'minlaydi, ammo guruh
a'zolari demokratik uslub qo‘llanganda ishdan ko‘proq qonikadilar.
Agar xodimning ishdan qoniqishi motivatsiya omili sifatida qaralsa, bu
juda ahamiyatli mezon ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Ko‘p adabiyotlarda an'anaviy uch rahbarlik uslubiga baxr berishda
liberal uslub eng samarasiz yoki boshqaruv maqsadlaridan uzoq
turuvchi vosita deb, ta'rif beriladi. Ammo bunday fikrga jiddiy
e'tirozlar bildirish mumkin. Tajriba va kuzatishlarning ko‘rsatishicha,
liberal boshqaruv uslubi ayrim hollarda samarali natijaga olib
keluvchi vositaga aylanishi mumkin. Agar rahbar ataylab va ongli
ravishda liberal uslubni tanlasa, ongli ravishda xodimga mas'uliyatni
Do'stlaringiz bilan baham: |