O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “Iqtisodiyot” fakulteti EKT 52-guruh talabasi Muhammadjonov Mirjalolning Marketing fanidan tayyorlagan taqdimoti. Strategik marketing
Reja;
1
- Marketingda strategic rejalashtrishning maqsadi va vazifalari.
2
- Marketingda taktik rejalashtrishning roli va o’rni.
3
- Marketing nazorati va uning turlari.
Strategik rejalashtrish – bu korxonani istiqbolda ko’rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo’llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtrishda aniq hisoblangan ko’rsatkichlar bo’lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo’ljallar, kelgusiga nazar tanlashdan iboratdir.
F. Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: «Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni qo„llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo„ljallashiga, sog„lom xo„jalik portfeli va o„sish strategiyasiga tayanadi»
Tashkilotning vazifalarini aniqlash
Strategik xo’jalik bo’limlarini vujudga keltirish
Marketing maqsadlarini belgilash
Holat tahlili
Marketing strategiyasini ishlab chiqish
Taktikani amalga oshirish
Natijalarni kuzatish
Strategik rejalashtirish jarayoni
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo’yadi. O’z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir. Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo’lsa,unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko’paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko’paytirish esa tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o’z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo’lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o’rganish, taklif manbalarini o’rganish, korxonaga tegishli har bir tovar bo’yicha kon‘yunkturani o’rganish va xulosa chiqarish jarayoni bajariladi.
Korxona xo’jaligini rivojlantirish rejasi strategic rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xo’jalik faoliyatining bosh yo’nalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko’ra, uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak bo’ladi. Yuqori rentabellik tovarlarga ko’proq moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlar rejalashtiriladi.
Korxonani o’sish strategiyasi o’z ichiga korxonaning kelgusida yana qanday tovarlarni sotishni o’zlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e‘tiborni kuchaytirishini, kuch sarflashini oladi.
Marketingda taktik rejalashtirishning roli va o’rni
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo’lib, unga qo’yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategic rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik rejalashtirishda o’rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo’lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo’yicha ta‘minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta‘minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi
Holat(situasiya) tahlili
SWOT - tahlil
Taklif
Marketing maqsadlari va strategiyalari
Ko'zda tutilayotgan natijalarni baholash
Muqobil (alternativ) terma rejalar
Reja - dastur
Baholash, nazorat qilish
Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi
Taktik rejalarda o’tgan yildagi ko’rsatkichlardan, jumladan korxonaning Tovar aylanmasi ko’rsatkichidan o’sish, ustunlikka ega bo’lish mo’ljallansa, bu o’sishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag’batlantirish, reklama va boshqalar) ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti, iste‘molchilarning zarurati, raqobatchilar va tovar taqsimoti yo’llari ko’rsatib beriladi.
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim diqqat markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta‘siri oldini olish choralarini izlashi kerak.
Marketing nazorati va uning turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |