Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi
Taktik rejalarda o’tgan yildagi ko’rsatkichlardan, jumladan korxonaning Tovar aylanmasi ko’rsatkichidan o’sish, ustunlikka ega bo’lish mo’ljallansa, bu o’sishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag’batlantirish, reklama va boshqalar) ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti, iste‘molchilarning zarurati, raqobatchilar va tovar taqsimoti yo’llari ko’rsatib beriladi.
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim diqqat markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta‘siri oldini olish choralarini izlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |