3. O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni rag`batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. SHu jihatdan O`zbekiston Davlati o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda. Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o`zaro bog`liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta`minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo`li bilan qo`llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste`mol tovarlari, ish joylarga bo`lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta`minlashga erishish yo`lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-Eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
-Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash;
-To`lov qobiliyatiga ega bo`lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;
-Ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta`minlash;
-Mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash va uni kuchaytirish;
-Samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko`rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg`unlashtirish;
-Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;
-Aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish;
-Hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to`liq shakllantirish
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo`lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub`ektlar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligixorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo`lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliy va bojxona ta`riflari bo`yicha imtiyozlar, zaem va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o`nlab qonuniy xujjatlar amal qilmoqda.
Mamlakat rahbariyati tomonidan taklif etilgan loyiha guruhlarining respublika hududlarida ishlash mexanizmi Agentlik ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan puxta ishlab chiqildi. Agentlik loyiha guruhlaridan tortib, to jarayonda ishtirok etayotgan idoralargacha boʻlgan har bir loyiha aʼzosi uchun dastlabki ish metodologiyasini ishlab chiqdi. Yangi mexanizm “pastdan yuqoriga” prinsipi asosida ishlaydi.
Tuman va shaharlarning loyiha guruhlari biriktirilgan hududning salohiyat va imkoniyatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, mahalliy tadbirkorlarga viloyat miqyosidagi loyiha ofislariga joʻnatiladigan loyiha talabnomalarini tayyorlashda koʻmaklashadi.
Viloyat loyiha ofislari tumanlardan olingan barcha maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi, viloyat miqyosida loyiha talabnomalarining imkoniyatlarini, jumladan, bir nechta (ham mavjud, ham istiqboldagi) loyihalarni potensial kooperatsiya nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadi, ustuvor loyihalar tanlovini amalga oshiradi. Barcha maʼlumotlar Markaziy loyiha ofisi – ITSVga topshiriladi.
Respublika loyiha ofisi eng ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlab, butun respublika kesimida loyihalar portfelini shakllantiradi. Loyiha ofisi oʻz tarkibiy boʻlinmalari va qaramogʻidagi agentliklari kuchi bilan loyiha hujjatlarini, jumladan, tizerlar va biznes-rejalarni, taqdimotlarni tayyorlash va tamomiga yetkazish ishlarini tashkil qiladi. Soʻngra ishlab chiqilgan loyihalar portfeli chet el investorlarini jalb qilish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalariga, shuningdek, mahalliy investorlar tomonidan loyihalar izlanishi va taqdimoti uchun tuman va viloyat loyiha ofislariga topshiriladi.
Loyiha guruhlarining ishi shu bilan tugamaydi – investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidan to loyiha barqarorligi yoki daromadliligi bilan bogʻliq muayyan koʻrsatkichlarga erishilgunga qadar ushbu loyihalarga hamrohlik qilinadi. Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash qismida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasidan moliyaviy koʻmak olish imkoniyatini ham taʼkidlab oʻtish joiz.
Yangi mexanizm allaqachon ishga tushirilgan, maʼlumotlarni toʻplash va loyiha gʻoyalarini generatsiya qilish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa shuki, davlat tuzilmaviy investitsiya siyosati joylarda, qishloqlarda amalga oshirishda gaz, suv, elektr, kommunikatsiya tarmoqlariniyaxshilash davlat imtiyozlari asosida kichik korxonalar tashkil etish zarur. CHunki shu yo`l bilangina qishloq korxonalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish mumkin.
Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi,1 “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi2 yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining sub’ektlari va ob’ektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan.
Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni rag’batlantiruvchi qonuniy-xuquqiy bazaning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanganligini belgilamaydi. Bugungi kunda mamalakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur.3 Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli sub’ektlari o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday o’rnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin.
O’zbekistonda investitsion munosabatlarni tartibga solishining yaratilgan qonuniy asoslari mos ravishda tadbirkorlik to’g’risida O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to’g’risida”gi4 Qonun va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari5 bilan to’ldirilib borilmoqda.
“Tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonun O’zbekistonda tadbirkorlikni faoliyat ko’rsatishning va rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy erkinliklarini kafolatlashni aniqlab berdi. Shuningdek, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Bu qonun tadbirkorlarning boshqa korxonalar, tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi va mulkchilik shakllarini erkin tanlashni, xo’jalik yuritishni, faoliyatni teng huquqli asosda amalga oshirishni, o’zaro hamkorlik va erkin raqobatni ta’minlashni o’z ichiga oladigan shartlarning shakllanishiga yordam beradi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi6 Qonun Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday shaklida bo’lishidan qat’iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning qabul qilingan umumiy me’yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta’minlaydi. Bu qonun O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uyg’unlashishi uchun huquqiy asosni yaratadi.
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi7 va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi8 Qonunlari investitsiyalar to’g’risidagi qonunchilikning yadrosini tashkil qiladi.
Ular O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalarni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko’rsatishini kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga ko’maklashish, uni jahon xo’jalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi9 Qonunning asosiy vazifalari – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy investitsiyalar oqimini rag’batlantirish yo’li bilan jahon xo’jalik tizimiga uyg’unlashuviga ko’maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa zaxiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yishdan iborat.
Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning ma’lum kategoriyalarini himoya qilish chora-tadbirlari va ularni kafolatlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”10gi Qonunning asosi bo’lib hisoblanadi.
Mazkur qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat organlari joylarda chet el investitsiyalarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshirilgan xo’jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar, deb aytilgan.
Qulay investitsion muhitni yaratishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari tarkibida eng muhim sifatida O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni hisoblanadi.
Investitsiya faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Investitsiya faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investitsiya faoliyatining sub’ekti etkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir. Investitsiyalar bilan bog’liq nizolar (investitsiyaga oid nizolar) sud tomonidan hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |