ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning mavjudligi;
iqtisodiy alohidalashuv yoki xilma xil mulk shakllari, xususan xususiy mulkchilikning rivojlanganligi;
erkin narx tizimining amalda bo’lishi;
iqtisodiy munosabatlarning talab va taklif asosida tashkil etilishi;
raqobat kurashining mavjudligi;
rivojlangan bozor infratuzilmasi.
Bozor tizimida faoliyat erkinligiga asoslangan, xo’jalik yuritish tamoyillari va xususiy rag’bat omillari amal qiladi. Tadbirkorlik faoliyati va bozor tanlovi rag’bati bo’lib, shaxsiy iqtisodiy manfaat maydonga chiqadi. Tadbirkorlar foydani maksimallashtirish, ishlab chiqarish omillari egalari resurslardan foydalanganlik uchun yuqori daromad olish, iste’molchilar esa zarur tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida o’z foydalarini optimallashtirishdan manfaatdor bo’ladilar.
Bozor tizimining samrali faoliyat yuritishi transaksion xarajatlar ko’lamining pastligi bilan izohlanadi. Transaksion xarajatlar o’z navbatida quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
axborotlar izlash bilan bog’liq xarajatlar;
bitimlar tuzish bilan bog’liq xarajatlar;
tovar sifatini aniqlash, ma’lum me’yorlarni o’rnatish bilan bog’liq xarajatlar;
huquqiy jihatdan himoyalanish bilan bog’liq xarjatlar;
bozorda o’ylamasdan amalga oshirilgan faoliyat tufayli yo’qo-tishlar.
Tadbirkorlik erkinligi, tanlov mustaqilligi, shaxsiy manfaat bozor ishtirokchilari o’rtasida raqobatchilik munosabatlarini shakllantiradi. Bu munosabatlar iste’molchi, manfaatlarini aks ettiruvchi va bunga tadbirkorlar va ishlab chiqarish omillari egalarining moslashishini talab etuvchi bozor narxlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, narx mexanizmi bozor iqtisodiyoti rivojlanishini nazorat qilib boradi. Bozorga kelib tushayotgan mahsulotlarni taqsimlashda bozor narxlari hal qiluvchi o’rin tutadi. Birinchidan, narx – iste’molchi tanlovining muhim me’zoni.
Ikkinchidan – ishlab chiqarish omillariga narxlar jamiyat daromadlari o’lchamlarini shakllantiradi va o’z navbatida aholi turli qatlamlarining xarid qobiliyatini belgilab beradi.
Narx mexanizmining bozor tizimidagi o’rnini ta’kidlab o’tar ekanmiz, narxlar o’ziga xos signal vazifasini o’tashini ham ko’zdan qochirmaslik lozim.
Narx vositasi yordamida tadbirkorlar bozorda harakatlanish uchun mo’ljal tanlaydilar. Bunday samarali narx tizimi, faqatgina samarali raqobatchilik muhitidagina amalda bo’ladi.
Bozor tizimi uchun xos bo’lgan xo’jalik yuritish tamoyillari va rag’batlarga samaradorligini ijobiy baholagan holda, unga xos bo’lgan salbiy jihatlarni ham inkor etmaslik lozim. Ular-bozor qonunlarining oqibati bo’lgan iqtisodiyotning beqarorligi (inflyasiya, ishsizlikning o’sishi), daromadlarni taqsimlashda tengsizlikning kuchayishini keltirib chiqaradi, ijtimoiy tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog’liq sohalar rivojlanishini cheklab qo’yadi. Shuning uchun, hozirgi bozor tizimi uchun davlatning aralashuvi xosdir. Davlat bozor iqtisodiyotini tartibga sola borib, erkin raqobatchilik muhiti va erkin narx shakllanish asoslariga putur etkazmasligi lozim.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlatning ham iqtisodi-yotni tartibga solishdagi o’rni sezilarli ahamiyat kasb etib boradi. Jumladan prezidentimiz: “Bozor tomon harakat qilingan sari xo’jalik faoliyatini boshqarishda davlatning ahamiyati sezilarli darajada o’zgaradi. Davlat, uning xokimiyat tuzilmalari xo’jalik faoliyatiga bevosita aralamshasligi kerak. Davlat iqtisodiy vositalar va rag’bat-lantirishlar yordamida iqtisodiyotni bilvosita boshqarish umummilliy muammolarini hal etish bilan shug’ullanish... quyi darajada iqtisodiyotning amal qilishi uchun “bozor shart - sharoitlari” va huquqiy negizlarini yaratib, katta ko’lamda iqtisodiyotni tartibga solishda faol ishtirok etishi shart. Raqobatchilik muhitini shakllantirish iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining asosiy vazifasidir” - deb ta’kidlaydi. (I. A. Karimov "O’zbekiston buyuk kelajak sari" T. " O’zbekiston" 1998y. 114-115 b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |