Iqtisodiyot asoslari” fanidan


-rasm.Mehnаt unumdоrligi bilаn ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchining nisbаti.5



Download 292,2 Kb.
bet3/7
Sana01.06.2023
Hajmi292,2 Kb.
#947563
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat unumdorligi - iqtisodiy o`sish omili sifatida 1

1.1-rasm.Mehnаt unumdоrligi bilаn ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchining nisbаti.5
Umumаn S.G. Strumilin mаzkur yo’nаlish tаrаfdоri bo’lgаn bo’lsа-dа, xususiy jihаtlаr bo’yichа uning fikri yuqоridа keltirilgаnlаr bilаn to’g’ri kelmаydi. Xususаn, ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchini S.G. Strumilin tоrrоq tushunаdi, u «ishchi unumi» degаn yаngi tushunchаni kiritаdi, mehnаt unumdоrligi tuzulmаsidаgi sub’yektiv vа оb’yektiv jihаtlаr to’g’risidа o’zgаchа tаsаvvurdа bo’lаdi. Ikkinchi yo’nаlish tаrаfdоrlаri “mehnаt unumdоrligi” vа “ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchi” tushunchаlаrini turlichа mа’nоdа tushunаdilаr. Аyrim оlimlаr ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchi - sаbаb, mehnаt unumdоrligi esа –оqibаt, deb hisоblаydilаr. Bа’zilаri esа ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchi –jоnli mehnаt unumdоrligi, mehnаt unumdоrligi esа jоnli vа o’tmish mehnаt yаlpi sаrflаrining sаmаrаdоrligi, deb fikrlаydi. Bоshqа guruhgа kiruvchi оmillаr ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchini оddiy mehnаt jаrаyoni bilаn, mehnаt unumdоrligini esа ijtimоiy muаyyаn ishlаb chiqаrish jаrаyoni bilаn bоg’lаydi.
Оlimlаr tоmоnidаn berilgаn tа’riflаrdаgi kelishmоvchiliklаr vа chаlkаshliklаrni engib o’tib, munоzаrаni yаkunlаr ekаn, S.G.Strumilin bundаy deb yozgаn edi: «Shundаy qilib, mehnаt unumdоrligini ishchilаr vаqt birligidа, mаsаlаn, kishi-kuni, kishi-sоаtdа yаrаtаdigаn mаhsulоt yoki iste’mоl ne’mаtlаri miqdоri bilаn o’lchаsh kerаkligini аniqlаgаn, deb hisоblаymiz»6. Mehnаt unumdоrligining shundаy tushunilishi hоzirgi vаqtgаchа sаqlаnib kelinmоqdа. Bundаy tushunish, umumаn оlgаndа аmаliy ehtiyojlаrgа jаvоb berаdi vа nаzаriy tаdqiqоtlаr uchun bоshlаng’ich nuqtа bo’lib xizmаt qilаdi. «Mehnаt unumdоrligi» vа «ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchi» tushunchаlаri o’rtаsidаgi tаfоvutlаrgа kelsаk, ulаr to’g’risidаgi bаhslаr 80-yillаrgаchа dаvоm etib keldi.
Hоzirgi vаqtdа shundаy nuqtаi nаzаr nihоyаt dаrаjаdа tаrqаlgаnki, ungа ko’rа ishlаb chiqаruvchi mehnаt kuchi imkоni bo’lgаn miqdоr deb, yа’ni ishlаb chiqаruvchi kuchlаrning muаyyаn dаrаjаsidаgi mehnаtning mаhsuldоrligi deb, mehnаt unumdоrligi esа hаqiqiy miqdоr deb, yа’ni hаr bir muаyyаn pаytdа ishlаb chiqаruvchining mehnаt kuchidаn fоydаlаnish dаrаjаsini ko’rsаtib turuvchi mаhsuldоrlik deb qаrаlаdi. Bundаy fаrqlаsh mehnаt unumdоrligining оshish zаxirаlаrini tоpish vа аsоslаb berish uchun muhimdir.
Xоrij iqtisоdiy аdаbiyotlаridа mehnаt unumdоrligi muаmmоsi аyrim firmа vа kоrxоnаlаrning оmоn qоlishi uchun bоzоrdаgi rаqоbаt pоzitsiyаlаrini belgilаb оlish, ishlаb chiqаrish sаrflаrini kаmаytirish mаqsаdidа, shuningdek, xаlqаrо qiyoslаshlаr o’tkаzish mаqsаdidа, аvvаlо, mаhsulоt birligi qiymаtidаgi ish hаqi ulushi nuqtаi nаzаridаn ko’rib chiqilаdi. D.S. Sink, Dj. Kendrik, А. Medissоn, L. Rоstоs, R.А. Sutermister, G. Reuss, Dj. V. Nаtter vа bоshqаlаrning qаtоr аsаrlаri bоrligi ushbu muаmmоgа bo’lgаn e’tibоrdаn dаlоlаt berib turibdi. Mehnаt unumdоrligi muаmmоsigа dоir аdаbiyotlаr, аyniqsа, АQShdа ko’prоq nаshr etilmоqdа.
Sоtsiоlоg, biznesmen, iqtisоdchilаr ushbu muаmmоni hаr tоmоnlаmа ko’rib chiqmоqdаlаr: mehnаt unumdоrligigа tа’sir etаdigаn оmillаr tаhlil qilinmоqdа (ishchi vа xizmаtchilаrning rоli, texnikа tаrаqqiyoti, mаlаkа оshishi, mehnаt shаrоitining tа’siri аniqlаnаdi), shuningdek, ishlаb chiqаrish jаrаyonining ijtimоiy jihаtlаri (ishlаb chiqаrishdа ish bilаn bаnd bo’lgаn kishilаrning o’zаrо munоsаbаtlаri, rаhbаrlаrning bo’ysunuvdаgilаr bilаn o’zаrо munоsаbаtlаri, kаsаbа uyushmаlаrining rоli vа ishchilаrning ishlаb chiqаrish fаоliyаtigа vа mehnаt unumdоrligigа tа’siri) o’rgаnilаdi. Buyuk Britаniyаdа fаrоvоnlik nаzаriyаsi pаydо bo’lishi tufаyli mehnаt unumdоrligi mаsаlаlаri bilаn shug’ullаnа bоshlаndi.
50-yillаrning bоshidа Buyuk Britаniyа bilаn Аmerikа o’rtаsidа Mehnаt unumdоrligi Kengаshi tuzildi. Kengаsh sаnоаt ishini tаshkil etish, ishlаb chiqаrish usullаri, texnikа sоhаlаridа bemаlоl аxbоrоt аlmаshinish оrqаli iqtisоdiy yuksаlishgа ko’mаklаshish vа shu tаriqа Buyuk Britаniyа sаnоаti, mehnаt unumdоrligi dаrаjаsini оshirish bоrаsidа qo’llаb-quvvаtlаsh vаzifаsini o’z оldigа qo’ydi. Bоshqа mаmlаkаtlаrdа hаm mehnаt unumdоrligigа kаttа e’tibоr berilmоqdа.
Mаsаlаn, Frаnsiyаdа Mehnаt unumdоrligi kоmissаrligi tuzilgаn bo’lib, uning ko’plаb shаhаrlаrdа filiаllаri mаvjud. Yapоniyаdа mehnаt unumdоrligini o’rgаnish mаrkаzi vа mаhаlliy qo’mitаlаri tаshkil etilgаn. Xоrijlik iqtisоdchilаr mehnаtiginа emаs, bаlki kаpitаlning hаm unumdоrligini hisоblаb chiqаdilаr. Ulаr milliy dаrоmаd vа ijtimоiy mаhsulоtni hisоblаb chiqish bоrаsidаgi o’z uslublаrigа tаyаngаn hоldа mehnаt unumdоrligi to’g’risidаgi tаsаvvurni nоishlаb chiqаrish sоhаsigа hаm tаtbiq etdilаr. Birоq mehnаt unumdоrligini hisоblаb chiqish bilаn bоg’liq bo’lgаn mаsаlаlаr bo’yichа аyrim iqtisоdchilаrning nuqtаi nаzаrlаri аnchа ziddiyаtlidir. Bir tоmоndаn, ulаr fаqаt «glоbаl» unumdоrlikni, yа’ni sаrmоyа, yer, mehnаt unumdоrligini tаn оlаdilаr. Bоshqа bir tоmоndаn, аmаldа jоnli mehnаt unumdоrligini hisоblаb chiqish keng tаrqаlgаn.
Dj. Kendrik, «ishlаb chiqаrish оmillаri» nаzаriyаsigа tаyаnib, unumdоrlikni o’lchаsh: 1) yаlpi mаhsulоtning sаrflаngаn vаqt birligigа nisbаti; 2) kаpitаl sаrflаr birligigа tegishli nisbаt; 3) kаpitаl sаrflаri summаsigа vа sаrflаngаn mehnаtgа nisbаt sifаtidаgi uchtа usulni tаklif etdi. Bundаn tаshqаri, u kоmbinаtsiyаlаngаn ko’rsаtkichni - mehnаt vа kаpitаl sаrfigа to’g’ri kelаdigаn unumni hisоblаb chiqishni tаklif etdi.7 Frаntsuz iqtisоdchisi J. Furаst’e glоbаl unumdоrlikni quyidаgichа hisоblаb chiqishni tаklif etаdi. Uning fikrichа, kаpitаl sаrflаri mehnаt sаrflаrigа qаrаgаndа unchа kаttа emаs, shu sаbаbli u fаqаt mehnаt sаrflаrini hisоblаb chiqаdi, lekin g’оyаt аntiqа usuldа hisоblаydi. Bir yilgi tоvаr nаrxini Furаst’e shu yilning o’zidаgi bir sоаtlik ish hаqigа bo’lаdi. U keyingi yilgа nisbаtаn hаm xuddi shundаy qilаdi. Nаtijаlаrni tаqqоslаsh, uning fikrichа, mehnаt unumdоrligi indeksini iqtisоdchilаrning tаdqiqоtlаridа аniqlаsh imkоnini berаdi.
Xоrijlik iqtisоdchilаrning tаdqiqоtlаridа mehnаt unumdоrligi o’sishining аyrim оmillаri: texnikа tаrаqqiyoti, xоdimlаr mаlаkаsining оshishi, kаpitаl sig’imi, kоrxоnаlаr kаttаligi kаbilаrning rоligа, shuningdek mehnаt unumdоrligi turli sur’аtlаrdа оshishining sаbаblаrigа, mаsаlаn, mehnаt resurslаri vа kаpitаl, mehnаt unumdоrligi pаst tаrmоqlаrdаn unumdоrlik yuqоri tаrmоqlаrgа o’tishining tа’sirigа, qishlоq xo’jаligidаn ishchi kuchi ketib qоlishigа tааlluqli bo’lgаn ko’plаb qiziqаrli mа’lumоtlаr vа fikrlаr mаvjud. АQShdа mehnаt unumdоrligi ishlаb berilgаn bir kishi-sоаt, bir ishchi vа bir ishlоvchigа hisоblаgаn hоldа аniqlаnаdi. Bundаn tаshqаri, butun iqtisоdiyotdа mehnаt unumdоrligining o’zgаrishini tаvsiflаsh uchun yаlpi milliy mаhsulоt indeksini butun xo’jаlikdаgi ish bilаn bаndlik indeksigа bo’lish yo’li bilаn mehnаt unumdоrligi indeksi hisоblаb chiqilаdi. Buyuk Britаniyа, Germаniyа, Frаnsiyа, Itаliyаdа hаm mehnаt unumdоrligi umumаn milliy iqtisоdiyot bo’yichа аniqlаnаdi. Birоq mаzkur ko’rsаtkichni hisоblаb chiqish metоdоlоgiyаsi ushbu mаmlаkаtlаrdа turlichаdir.
Mаsаlаn, bu mаmlаkаtlаrning аyrimlаridа uydаgi xizmаtkоrlаr, hаrbiy xizmаtchilаr ishlаydigаnlаrning umumiy sоnigа kiritilаdi, bа’zilаridа esа kiritilmаydi. Аyrim mаmlаkаtlаrdа mehnаt unumdоrligini hisоblаshdа ishlаb berilgаn vаqt, bа’zi mаmlаkаtlаrdа esа fаqаt hаq to’lаnаdigаn vаqt e’tibоrgа оlinаdi. Bu milliy mаhsulоt qiymаtini hаm, mаhsulоt hаjmini hаm аniqlаshgа tааlluqlidir. Mаsаlаn, Buyuk Britаniyаdа bir ishlоvchi hisоbigа to’g’ri kelаdigаn yаlpi milliy mаhsulоt ko’rsаtkichidаn fоydаlаnilаdi. Itаliyаdа milliy dаrоmаdni ishlаb berilgаn vаqtning umumiy miqdоrigа bo’lish аsоsidа sоf milliy mehnаt unumdоrligi ko’rsаtkichi qo’llаnilаdi. Frаnsiyаdа yаlpi mehnаt unumdоrligi indeksi sоf mаhsulоt аsоsidа hisоblаb chiqilаdi. Bundаn tаshqаri, ish bilаn bаnd bo’lgаn bir shаxs hisоbigа vа ishlаb berilgаn bir sоаt hisоbigа to’g’ri kelаdigаn yаlpi milliy mаhsulоt ishlаb chiqаrilishi indeksi hisоblаb chiqilаdi. Germаniyаdа mehnаt unumdоrligining bir nechа indeksi: bir ishlоvchi, ish hаqi оlаdigаn bir ishchi, bir kishi-sоаt hisоbigа mаhsulоt ishlаb chiqаrilishi hisоblаb chiqilаdi.
Shundаy qilib, turli mаmlаkаtlаrdа mehnаt unumdоrligini hisоblаb chiqish uchun hаm mаmlаkаt dаrаjаsidа (milliy dаrоmаd, yаlpi ijtimоiy mаhsulоt, sоf milliy dаrоmаd vа hоkаzо) vа аyrim kоrxоnаlаr dаrаjаsidа аniqlаnаdigаn (sоf mаhsulоt, qo’shilgаn qiymаt, xоmаshyo, yoqilg’i, energiyа sаrflаri vа hоkаzо) xilmа-xil ko’rsаtkichlаrdаn fоydаlаnilаdi. Bu esа, аyrim mаmlаkаtlаr vа ushbu mаmlаkаtdаgi аyrim kоrxоnаlаr bo’yichа hаm mehnаt unumdоrligini tаqqоslаshlаrni qiyinlаshtirаdi.
Mehnаt unumdоrligi vа mehnаt intensivligi nisbаti. Iqtisоdchilаr mehnаt intensivligigа turli yillаrdа turlichа e’tibоr berib keldilаr. 30-yillаrgа qаdаr tаdqiqоtchilаr nаzаriyа ustidа аnchаginа sаmаrаli ish оlib bоrdilаr. Birоq shu yillаr dаvоmidа mehnаt unumdоrligini mehnаt intensivligidаn аjrаtishgа vа mаzkur tushunchаlаr o’rtаsidа hаttо muаyyаn аntаgоnizm hаm bоrligini ko’rsаtib berishgа urinib ko’rildi. A.M. Ginzburg, О.А. Ermаnskiy, R.D. Kоfmаn, B.О. Shаtаnlаr shundаy nuqtаi nаzаr tаrаfdоrlаri edi. Ulаr sоvetlаr dаvri xo’jаligidа mehnаt intensivligining mehnаt unumdоrligigа hech qаndаy dаxli yo’q, deb hisоblаr vа mehnаt intensivligini оshirishgа qаrshi chiqаr edilаr, ulаrning fikrichа, mehnаt unumdоrligi «оqilоnа rаvishdа yаxshilаnib bоrish» funktsiyаsidir, mehnаt intensivligi esа «quvvаtni zоlimlаrchа siqib suvini оlish» funktsiyаsidir. O’z fikrlаrini аsоslаmоqchi bo’lib, bu muаlliflаr mehnаt unumdоrligi tushunchаsini chаlkаshtirib yubоrdilаr, mehnаt unumdоrligini mehnаt intensivligidаnginа emаs, bаlki mehnаt unumdоrligining o’zidаn hаm аjrаtib yubоrdilаr. Ulаrning kоntseptsiyаlаrini sxemаtik tаrzdа quyidаgidаn ibоrаt, deb bilish mumkin. А.M. Ginzburgdа: Ishchining unumi = mehnаt unumdоrligi + mehnаt intensivligi.
О.А. Ermаnskiydа: Mehnаtning muvаffаqiyаtliligi = mehnаt unumdоrligi + mehnаt intensivligi.
B.О. Shаtаndа: Ishchining bergаn mаhsulоti = mehnаt unumdоrligi + mehnаt intensivligi.
Ushbu sxemаlаrdаn ko’rinib turibdiki, mаzkur tаdqiqоtchilаrning fikrichа, mehnаt unumdоrligi ishlаb chiqаrilgаn mаhsulоtgа, mehnаtning mаhsuldоrligi vа muvаffаqiyаtliligigа teng emаs. Mehnаt unumdоrligi mehnаt intensivligi kаbi ushbu kаtegоriyаlаrning tаrkibiy qismidir, xоlоs. Bundаn tаshqаri, mehnаt unumdоrligi vа mehnаt intensivligi bir-birigа bevоsitа munоsаbаtdа emаs. Mаtbuоtdа intensivlikning mоhiyаtini tаdqiq etishgа bаg’ishlаngаn ishlаr S.G. Strumilin, P.M. Kerjentsev, А.K. Gаstev, P. Svetkоv, А. Bоlgоv vа bоshqаlаr tоmоnidаn e’lоn qilingаn bo’lib, ulаr mehnаt intensivligi nаzаriyаsining mustаhkаm pоydevоrini tаshkil etdi. 30-yillаrning o’rtаlаridаn bоshlаb mehnаt intensivligi muаmmоlаri hаqsiz rаvishdа iqtisоdchilаrning e’tibоridаn chetdа qоlа bоshlаdi. Ushbu mаvzuni tilgа оlgаn kаmdаn-kаm ishlаr (mаsаlаn, G.А. Prudenskiy, О.А. Ermаnskiylаrning аsаrlаri) umumiy mаnzаrаni o’zgаrtirmаs edi: tаdqiqоt оb’yekti sifаtidа mehnаt intensivligini inkоr etdilаr vа hаttо «mehnаt intensivligi» аtаmаsining o’zi аmаldа qo’llаnilmаs edi.
Mehnаt intensivligi muаmmоsi to’g’risidа gаpirilmаslikning sаbаbi, ushbu muаmmо аvvаlgi dаvrdа nоto’g’ri tаlqin qilingаnligidа, mehnаt intensivligini mehnаt unumdоrligigа qаrаmа-qаrshi qo’ygаn muаlliflаr mаzkur tаlqinni tаklif qilgаnligidа bo’lgаn. Iqtisоdchilаr mаsаlаning bundаy tаrzdа qo’yilishini qаbul qilmаy, buning teskаrisi bo’lgаn yаnа bir bоshqа xаtоgа yo’l qo’ydilаr, yа’ni mаzkur hоdisаni tаdqiq qilishdаn deyаrli vоz kechdilаr. 50-yillаrning o’rtаlаridаn bоshlаb iqtisоdchilаr tоmоnidаn mehnаt intensivligi mоhiyаtini o’rgаnishgа yаnа kirishildi. S.G.Strumilin, V.D.Pаtrushev, G.N.Cherkаsоv K.Yakubоv vа bоshqаlаrning mаzkur muаmmоgа to’liq yoki qismаn bаg’ishlаngаn ishlаri bоsilib chiqdi. Hоzirgi vаqtdа ko’pchilik iqtisоdchilаr mehnаt unumdоrligi vа mehnаt intensivligi ikki xil, lekin bir-biri bilаn uzviy bоg’lаngаn kаtegоriyаlаrdir, deb hisоblаmоqdа. Lekin muаmmоni ishlаb chiqish hаli tugаllаngаni yo’q, chunki, hоzirgа qаdаr mehnаt intensivligini o’lchаshgа yаgоnа yondаshish ishlаb chiqilmаgаn, mehnаtning оg’irligi vа mehnаt intensivligi tushunchаlаrining nisbаti аniqlаnmаgаn. Iqtisоdiyotning jоnlаnishi vа yuksаlishi shаrоitidа mehnаt intensivligi mаsаlаlаri, аyniqsа, dоlzаrblik kаsb etаdi, chunki оg’ir vа qo’l mehnаtini qo’llаshni qisqаrtirish, mehnаt shаrоitlаrini yаxshilаsh, mehnаtni me’yorlаshni tаkоmillаshtirish kаbi ko’plаb ijtimоiy vа iqtisоdiy vаzifаlаr mehnаt intensivligi dаrаjаsining o’zgаrishi bilаn аnchа bоg’liqdir vа 20-yillаrning bоshlаridа mehnаt unumdоrligini hisоblаb chiqishdа jоnli mehnаt yoki jоnli vа o’tmish mehnаt sаrfini hisоbgа оlish lоzimligi mаsаlаsi keng muhоkаmа qilindi.
Аyrim оlimlаr jоnli mehnаt unumdоrligini hisоblаb chiqish kerаk, deb hisоblаsа, bа’zilаri esа jаmi mehnаt - jоnli vа mоddiylаshgаn mehnаtning unumdоrligini аniqlаsh lоzim, deb tа’kidlаydi. Bu bаhslаr hоzirgi vаqtdа hаm dаvоm etmоqdа. Mаsаlаn, rоssiyаlik iqtisоdchi оlim, prоfessоr G.E. Slezingyerning fikrichа, «jоnli vа o’tmish mehnаtni «jаmlаsh»gа urinish o’z mоhiyаtigа ko’rа xоm xаyol bo’lib, uning nаzаriy vа аmаliy mа’nоsi yo’qdir, chunki bundа mehnаtni qo’llаnish vа uning mоddiy nаtijаsidаn fоydаlаnish o’rtаsidаgi vаqt оmili hisоbgа оlinmаydi. Umumаn, jоnli mehnаt bilаn tаqqоslаnаdigаn o’tmish mehnаt to’g’risidа gаpirishning o’zi kаm degаndа mаntiqsizlikdir, chunki jоnli mehnаt - jаrаyondir, o’tmish mehnаt esа uning nаtijаsidir». Shu bilаn birgа, оrtiqchа tаnqid u yoki bu tushunchаlаrni to’g’ri bаhоlаshdа xаlаqit berаdigаn ko’rinаdi. Mehnаt unumdоrligini jоnli mehnаt sаrflаrigа qаrаb аniqlаsh kаttа аmаliy аhаmiyаtgа egа bo’lib keldi vа hоzir hаm shundаy. Bundаy yondаshuvni yetаrlichа bаhоlаmаslik xаtо bo’lаdi. Lekin, unumdоrlikni jаmi mehnаt sаrflаrigа qаrаb аniqlаshning hаqqоniyligi vа zаruriyligini inkоr etib bo’lmаydi.
Аlоhidа kоrxоnа dаrаjаsidа mehnаt unumdоrligini jаmi mehnаt sаrfigа nisbаtаn hisоblаb chiqish unchа to’g’ri kelmаydi, chunki bu usul ishlаydigаn kishining mehnаt unumdоrligi qаndаy o’zgаrdi, degаn bоsh sаvоlgа jаvоb berish imkоnini bermаydi, negаki, ushbu hоldа uning mehnаti jаmi sаrflаrning egаsiz mаssаsidа ko’rinmаy ketаdi.
Milliy iqtisоdiyot miqyosidа esа jоnli vа o’tmish mehnаtni fаrqlаsh lоzim. Hаqiqаtаn hаm, аgаr аyrim kоrxоnаdа o’tmishdа sаrflаngаn mehnаt vа vаqtidаn qаt’i nаzаr kоrxоnа dоirаsidаn tаshqаridа tаyyorlаngаn ishlаb chiqаrish vоsitаlаridа mujаssаmlаshgаn mehnаt mаzkur kоrxоnа uchun o’tmish mehnаt bo’lsа, butun xаlq xo’jаligigа tаtbiqаn o’tmish mehnаt jоriy dаvrdаn tаshqаridа sаrflаngаn mehnаtdir. Shundаy qilib, bir hоlаtdа o’tmish mehnаt mаkоn vа vаqtdа, ikkinchi bir hоldа esа fаqаt vаqtdа ko’rilаdi vа shu sаbаbli jаmiyаt miqyosidа mehnаt unumdоrligini bemаlоl yаlpi mehnаt sаrflаri bo’yichа аniqlаsh mumkin bo’lаdi.
Binоbаrin, ikkаlа tushunchа hаm bilib qo’llаnilgаn tаqdirdа mustаqil yаshаshgа hаqlidir. 70-yillаrning o’rtаlаridаn e’tibоrаn tаrmоqlаrаrо bаlаns tuzilа bоshlаdi, uning mа’lumоtlаri аsоsidа jоnli vа o’tmish mehnаt sаrflаrining аniq miqdоrlаri (mutаnоsibliklаri)ni o’lchаsh mumkin bo’lib qоldi.
Yalpi mehnаt sаrflаrini muntаzаm rаvishdа hisоblаb chiqish mumkinligi esа mаkrоiqtisоdiy tаhlil imkоniyаtlаrini аnchа kengаytirаdi vа shu tаriqа ijtimоiy ishlаb chiqаrishning sаmаrаdоrligi оshishigа tааlluqli bo’lgаn аsоslаngаn bоshqаruv yechimlаrini ishlаb chiqishgа ko’mаklаshаdi.


    1. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish yo`nalishlari




Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o‘z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo‘lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir.
Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin:

  • korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi;

  • xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish:

  • mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari bir o‘lchov bilan o‘lchanishi mumkinligi;

  • mehnat miqdori bilan sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik.

Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo‘ladi. Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.
Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora ko‘proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko‘payib borgan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib keladi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

Bu erda Md- mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %;
Sm- mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni;
Su- xodimlarning umumiy o‘rtacha ro‘yxatdagi soni .
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o‘z ishini mashinalar va mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi.
Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligining asosi bo‘lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan o‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham bog‘liq.
Mehnat jadalligi (intensivligi) – bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bo‘lib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul quvvatining sarflanishi bilan o‘lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan quvvat ovqatlanishi, dam olish va hissiy engillanish hisobiga to‘liq tiklanadi.
Hisobga ko‘ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik bilan ketayotgan kishining kuch-quvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan normal muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq to‘lashda tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi.
Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan foydalanish darajasi bilan ham bog‘liqdir.
Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu jumladan, ichki smena dam olishga ajratilgan tartibga solingan tanaffus vaqtining mazkur ishlar turi uchun belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va yilning soat hisobidagi miqdoriga) nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarning indeks aloqasi quyidagi formula bilan ifodalanadi:

Bu yerda - mehnat unumdorligiga muvofiq ravishda mehnat unumdorligi kuchi, mehnat jadalligi va ish vaqtidan foydalanish indekslari.
Agar texnika, texnologiya darajasi smena mobaynida 200 birlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan bo‘lib, mehnat jadalligi va ish vaqtidan foydalanish indekslari tegishli ravishda 0,95 va 0,9 dan iborat bo‘lsa, u holda haqiqiy mehnat unumdorligi 200 emas, 171 birlikni (200. 0,95.0,9) tashkil etadi.
«Unumdorlik» tushunchasi mahsulotning har qanday xarajatlarning turiga yoki barcha turlariga nisbatini aniq ko‘rsatkichlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Statistik ma’noda unumdorlik deyilganda, ishlab chiqarish natijalarining foydalanish omillari sarflariga nisbati tushuniladi, u boshqacha qilib aytganda, xarajat birligi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. Shunga ko‘ra ishlab chiqarish natijasini uning barcha o‘lchash mumkin bo‘lgan omillari majmuiga nisbatan yoki alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin.
Shunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1)sarflangan ishlab chiqarish omillarning miqdori va sifati (sarf samarasi); 2)sarflangan omillar miqdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish samarasi); 3)ishlab chiqarish omillari kombinatsiyalarining miqdori (substitutsiya samarasi); 4)texnika taraqqiyoti (texnika samarasi); 5)ishlab chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi); 6)alohida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yohud mahsulotning umumiy miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi); 7)alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi o‘zaro aloqalar darajasi va tarkibi (o‘zaro aloqodorlik samarasi).
Mehnat unumdorligini o‘lchash darajasi bo‘yicha bir xildagi mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish o‘rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu o‘rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy) usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bo‘lsada, u faqat bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo‘llaniladi, shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning birigada va uchastkalarida butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qo‘llanilishi mumkin:
Misol. Agar tsexning 10 ishchisi bir hafta mobaynida 800 ta detal ishlab chiqargan bo‘lsa, har bir ishchining ishlab chiqargan detali quyidagicha bo‘ladi:
bir haftada - 800 : 10  80 (detal);
bir kunda –80 : 5  16 (detal);
Natural usulning bir ko‘rinishi shartli-natural usul bo‘lib, bunda ish hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli hajmdagi vagonlarga, turli hajmdagi konserva bankalari shartli bankalarga, turli poyabzallar shartli juftga aylantiriladi. Shartli o‘lchovlarga aylantirish, odatda, o‘tkazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga oshiriladi.
Shartli natural usul qo‘llanish uchun qulaydir, chunki ko‘pgina xilma-xil tovarlarning, xizmatlarning aylantirish koeffitsentlari yordamida ishlab chiqarishni qiyoslanadigan turga keltirish mumkin. Masalan, un, non va makaron mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli kilogrammiga aylantirish orqali ifodalash mumkin.
Mehnat unumdorligini o‘lchashning yana bir keng tarqalgan usuli mehnat usulidir.
Mehnat usulining afzal tomoni uni barcha ish turlari va xizmatlarga tatbiq etish mumkinligidir. Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish turi uchun vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham mavjud bo‘lavermaydi. Bu usuldan ishbay ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun foydalanib bo‘lmaydi, chunki ular uchun vaqt normalari tatbiq etilmaydi.
Unumdorlik o‘lchashning mehnat usuli bir qator kamchiliklarga ham ega (normalar etarli darajada asoslab berilmagan bir xil darajada jiddiy emas, ular tez-tez qayta ko‘rib chiqiladi va hokazo), bu esa hatto ayrim ish joyidagi va brigadalardagi mehnat unumdorligining darajasi va o‘sishiga holisona baho berilishiga imkon tug‘dirmaydi.
Mehnat unumdorligiga ishlarning sermehnatligi ta’sir ko‘rsatadi. Sermehnatlik – bu, jonli mehnat sarflarini aks ettiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, u ish vaqtida, mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar)da ifodalangan. Sermehnatlik, odatda, norma-soatlarda (haqiqiy soatlarda) o‘lchanadi, bu vaqt ish birligini bajarishga sarflangan bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligi ko‘rsatkichiga qarama-qarshi bo‘lib, quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu erda S – sermehnatlik;
Iv – ish vaqti;
Im – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.

Korxonalar va ularning irik bo‘linmalari darajasida, xuddi xalq xo‘jaligi tarmoqlarida bo‘lgani kabi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi hajmlarini o‘lchash uchun asosan qiymat usuli tatbiq etiladi. Qiymat usuli universal usul bo‘lib, u mahsulotning barcha turlari va hajmlari, ishlar va xizmatlar yagona pul ko‘rsatkichlari bo‘lgan so‘mda ifodalanadi, u hajm ko‘rsatkichlarini tegishli ulgurji narxlarga ko‘paytirish bilan aniqlanadi.
Masaln, agar besh kishidan iborat ishchilar brigadasi bir smenada 100 ming so‘mlik ish hajmini bajargan bo‘lsa, u holda har bir ishchining smenadagi mehnat unumdorligi (ishlab chiqargan mahsuloti) quyidagicha bo‘ladi: 120:5q20 (ming so‘m), tegishli ravishda bir soatlik ish mobaynida 20:8q2,5 (ming so‘m) bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini o‘lchashningqiytat usuli turli kasb va malakaga ega bo‘lgan xodimlarning mehnat unumdorligi, masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat unumdorligini taqqoslash imkonini beradi. Biroq bu usul ko‘rinishdan universal usul bo‘lishiga qaramay, bir qancha kamchiliklarga ham ega. Xususan unga narx omili, ya’ni bozor kon’yukturasi va inflyatsiya ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat unumdorligini o‘lchash usullarining har uchalasi ham o‘z afzalliklari bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. Ularni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
1.1-jadval. Mehnat unumdorligini o`lchash usullari

Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari

Natural usul

Bir xildagi, turdosh mahsulotlari ishlab chiqishda ishlab chiqarish jarayoning unumdorligini ifodalashda qo‘llaniladi
Afzalligi - qulay, tushunarli, mahsulot ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini aks ettiradi.
Kamchiligi - keng miqyosda qo‘llash mumkin emas, chunki iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari, aksariyat korxonalar faqat bir xil mahsulot ishlab chiqarishga ihtisoslashmagan

Qiymat usul

Turdosh bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini ifodalash ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, qiymat (pul) birligida o‘lchanadi.
Afzalligi - mehnat unumdorligini tarmoqlar bo‘yicha, turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi koxonalarda o‘lchash imkonini beradi.
Kamchiligi - inflyatsiya jarayonlarini aniq hisobga olinmasa, olingan ko‘rsatkich taxminiy natijaga ega bo‘ladi; mahsulotishlab chiqarishdagi ichki, tarkibiy sifat o‘zgarishlari aniq aks etmaydi.

Mehnat usuli

(norma-soatlarida ifodalanuvchi) ishlab chiqarilgan mahsulotning unga ketgan haqiqiy vaqt sarfiga nisbatan iborat bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfiniunumdorlik nuqtai nazaridan baholashi imkonini bildiradi.
Afzalligi – iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilishi mumkin, taqqoslashga juda o‘ng‘ay.
Kamchiligi - bu usulda mehnat unumdorligini o‘lchash juda qiyin va ko‘p vaqtni, xarajatni talab qiluvchi o‘lchash va hisob ishlarini talab qiladi.



Mehnat unumdorligini o‘lchashda material sig‘imining o‘zgarishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajm ko‘rsatkichiga va mahsulot ishlab chiqarish normasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga barham berish uchun qo‘shimcha o‘lchov usullaridan foydalaniladi: shartli sof, normativ sof mahsulot bo‘yicha va ishlov berishdagi normativ qiymat usullari tatbiq etiladi. Bu usullarni qo‘llash material sig‘imio‘zgarishlarining salbiy ta’sirining to‘liq yoki qisman barham toptiradi. Shunga qaramay ularning har biri o‘z kamchiligiga ega bo‘lib, haqiqatla ulardan birontasi ham bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob bermayodi.
Mehnat unumdorligini qiymat usulida aniqlash uchun foydalaniladigan shartli sof mahsulot ko‘rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan xomashyo, butlovchi ashyolar, energiya, yoqilg‘i va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni chegirib tashlanadi. Shu bilan birga bu ko‘rsatkichdan ish haqi, asosiy fondlarning eskirishi va foyda chegirilmaydi. Bu erda moddiy xarajatlar o‘zgarishi barham toptiriladi, lekin foydanining salmog‘i va amortizatsiyaning salmog‘i ortadi. Ularning o‘zgarishi esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini birmuncha soxtalashtirishi mumkin.
Mehnat unumdorligi aniqlashda foydalaniladigan sof mahsulot ko‘rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan barcha moddiy xarajatlarni, shu jumladan amortizatsiya ajratmalarini ham chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Xarajatlarni va mehnat unumdorlgini hisoblashda avvalgi mehnat xarajatlarining soxtalashtiruvchi ta’siri to‘la-to‘kis barham toptiriladi, lekin foydaning salmog‘i jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun turli mahsulot xillarining turlicha foyda berishi sharoitida aynan foyda sof mahsulot va mehnat unumdorligini ko‘rsatkichlarini soxtalashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Lekin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof mahsulot ko‘rsatkichi tovar yoki yalpi mahsulot ko‘rsatkichlariga nisbatan narxlarning tebranib turishiga ancha ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat unumdorlgini aniqlashda foydalaniladigan normativ sof mahsulot ko‘rsatkichi sof mahsulot ko‘rsatkichidan farqli o‘laroq nomativ ish haqini va unga qo‘shib yozilgan haqi, shuningdek o‘rtacha tarmoq foydasini o‘z ichiga oladi. Shuning hisobiga mahsulot har xil turlarning turlicha foyda keltirishga barham beriladi. Ushbu usulni qo‘llanish tajribasida muayyan qiyinchiliklar va kamchiliklar vujudga keladi. Birinchi, mahsulotlarning barcha turlariga ulgurji narxlar tizimiga parallel ravishda ish haqining yaxlit normativlari tizimini yaratish zarurati paydo bo‘ladi. Ommaviy ishlab chiqarishda bu narsa qiyinchilik tug‘dirmasa ham, donalik va kichik seriyali ishlab chiqarish va ulardagi mahsulot nomenklaturasining tez-tez o‘zgarib turishi sharoitida jiddiy qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, normativ sof mahsulot asosini tashkil etuvchi ish haqi normativlarini ishlab chiqishda mazkur normativlarni oshirishga moyillik paydo bo‘ldi. Bu esa mehnat sarflashning nisbatan ko‘payishiga, demak, mehnat unumdorliginni oshirish sur’atlarinng sekinlashuviga olib keldi. Uchinchidan, unumdorlikning normativ sof mahsulot ko‘rrsatkichi korxonalar ishining pirovardmoliyaviy natijalar bilan zaif bog‘langan: mahsulot ishlab chiqarish normasi va mehnat unumdorligi hajmlari ko‘rsatkichiga ega bo‘lish mumkin. Lekin moddiy resurslarning ortiqcha sarflanishi tufayli foydaga ega bo‘lmasligi mumkin. Bitta ana shu sababning o‘ziyoq normativ sof mahsulot ko‘rsatkichidan, asosiy usul sifatida foydalanishni maqsadga muvofiq qilib qo‘yadi. Unda faqat tahlil qilish maqsadlarida keng foydalanish mumkin bo‘ladi.
Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko‘rsatkichdir. U ko‘pgina sabablar va omillar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Ulardan bir xillari mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa, boshqalari uni pasaytirishga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi va o‘sishiga mehnat jarayoni kechadigan sharoit ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shart-sharoitlar qulay bo‘lsa, u yoki bu omilning ta’sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo‘lsa, bu ta’sirni zaiflashtiradi. Masalan, tabiiy-iqlim sharoitlari qishloq xo‘jaligidagi mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan shart-sharoitlar boshqa teng sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko‘pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi. Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining samarasini ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar ijtimoiy guruhlari sharoitining yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlar kiradi; ikkinchi guruhi - tabiiy sharoitlarning noqulay ta’sir ko‘rsatishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning ta’sir ko‘rsatishi kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda, ularning hammasini ichki va tashqi omillarga bo‘lish mumkin.
Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, qo‘llanilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlanishi darajasi, tatbiq etilayotgan rag‘batlantirish tizimlarining ta’sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, kadrlar tarkibining yaxshilanishi kabi korxonani rahbarlariga bog‘liq bo‘lgan barcha narsalar kiradi. Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat buyurtmalari va bozordagi talab hamda takliflarning o‘zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o‘zgarishi; jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlari; mehnatni kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minoti tabiiy shart-sharoitlar va hokazolar.
Barcha omillarni o‘z ichki mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, uchta guruhga bo‘lish mumkin: moddiy-texnika, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy. Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shuning uchun ham moddiy-texnika omillari guruhini, odatda, etakchi va qolgan barcha omillarni belgilovchi guruh deb qaraladi.
Moddiy - texnika omillari ta’siri natijasida mehnat unumdorligi ortadi va mahsulotning sermehnatlik darajasi (t) pasayadi. Sermehnatlilik darajasi ko‘rsatkichi bo‘yicha mehnat unumdorligining o‘sishi quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:


yoki


Bu erda - mehnat unumdorligining oshishi, %;
- mahsulot birligi sermehnatlik darajasining pasayishi, %;
- tadbirni joriy etishdan oldin mahsulot birligini uchun zarur bo‘ladigan boshlang‘ich sermehnatlik darajasi.
Mehnat unumdorligining o‘sishiga doir tashkiliy omillarda korxonalar, tarmoqlar va umuman, xalq xo‘jaligi darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi. Xususan, korxonalarni mamlakatimiz hududlari bo‘yicha joylashtirish, ham mamlakat ichida, ham chet mamlakatlar bilan transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish; korxonalarni ixtisoslashtirish va ularning keyinchalik kooperatsiyalashuvi; moddiy-texnika, energiya ta’minoti, ta’mirlash xizmati ko‘rsatish va hokazolar katta ahamiyatga egadir. Korxonalar ichida ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishiga doir muhim vazifalar quyidagilardir: rejalashtirish sifatini oshirish; ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlashni tashkil etish; yangi texnika va texnologiyani o‘z vaqtida joriy qilish; ishlab turgan asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish; mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar, apparatlarni joriy va kapital ta’mirlashni ta’min etish, shuningdek, korxona ichida moddiy-texnika ta’minotini to‘g‘ri tashkil etish.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri shu narsa bilan bog‘liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko‘p hollarda esa ancha murakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, balki faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo‘lgan insonlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo‘ladi. Bu mehnat faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi - muayyan natijani qo‘lga kiritishga bo‘lgan qiziqishdir. U o‘z navbatida ishlab chiqarish ishtirokchilari bo‘lgan insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat qatnashchilari muayyan mehnat faoliyati natijasini qo‘lga kiritishga intilishi bilan bir qatorda etarli darajadagi mehnat qobiliyatiga, ishbilarmonlik va shijoatkorlik kabi zarur shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlari, shuningdek, tadbirkor va hushyor bo‘lishlari lozim.
Mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorlik;

  • xodimlarning malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi sifati va umumiy madaniy-texnikaviy saviyasi;

  • mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi;

  • mehnat jamoalari o‘z-o‘zini boshqarishining rivojlanishi.

Mehnat unumdorligini oshirish zahiralarining bir necha tasniflari mavjud bo‘lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo‘linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) foydalanishni yaxshilash zahiralari va asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish zahiralari. Birinchi guruhga mehnatni tashkil etish, mehnat sharoitlari, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyatini oshirish, kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo‘yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar kiritiladi. Ikkinchi guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va shu kabilar)dan yaxshiroq foydalanishi zahiralarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to‘liq foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Zahiralar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo‘yicha zahira zahiralariga va nobud bo‘lish (bekorga sarflash) zahiralariga bo‘linadi.
Zahiralar tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi ham kiradi. Bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko‘zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasidir; mehnatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sarflanishi - mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik hamda belgilangan texnologiya jarayonlarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqari ortiqcha sarflanishidir.
Zahiralar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol zahiralariga bo‘linadi. Joriy zahiralar texnologiya jarayonlari muhim darajada o‘zgartirilmay va qo‘shimcha kapital mablag‘lar sarflanmay amalga oshiriladi. Istiqbol zahiralari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, ancha mukammal asbob-uskunalar o‘rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag‘lar va ko‘proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Zahiralar aniqlanish va foydalanish joyiga qarab xalq xo‘jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish zahiralariga bo‘linadi. Xalq xo‘jalik zahiralariga tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq zahiralariga shunday zahiralar kiradiki, ulardan foydalanish umuman tarmoqdagi xodimlar mehnat unumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslashtirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to‘planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish zahiralari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ular joriy va istiqbol zahiralardan tashqari, ikki guruhga bo‘linadi: mahsulotning sermehnatlik darajasini pasaytirish zahiralari va jami ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish zahiralari.
Ishchi kuchi tejalishini hisoblash uchun sermehnatlik darajasini pasaytiruvchi tadbir joriy etilishidan oldingi va keyingi u yoki bu mahsulotni tayyorlash yoki biron - bir ish turini bajarishga sarflangan mehnat xarajatlari taqqoslab ko‘riladi.
Sermehnatlik darajasini norma-soatlarda o‘lchaganda ish kuchining tejalishi (Tk) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Tk x M,
Bu erda: Tn - operatsiyaga sarflangan mehnatni tejash, norma-soat hisobida;
Fi.v. - ishchining yillik ish vaqti foizi, soat;
K - mazkur operatsiyada normalarni bajarishning rejadagi koeffitsienti;
M - yil oxirigacha amalga oshirilgan operatsiyalar (buyumlar) soni.
Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining o‘sish zahiralari avvalo bu vaqtning bekor sarf bo‘lishiga barham berish bilan bog‘liqdir. Haqiqatda ular sermehnatlik darajasining pasayishi zahiralaridan keskin farq qiladi hamda faqat mehnat va ishlab chiqarish yaxshi tashkil etilmaganda, mehnat intizomi buzilganda, mehnatni muhofaza qilish etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganda va shu kabi hollarda sodir bo‘ladi. Bu zahiralar ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar barham topgach tugaydi. Holbuki sermehnatlik darajasini kamaytirish zahiralari cheksiz hisoblanadi. Ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi hisobiga mehnat unumdorligining o‘sish zahiralarini aniqlash maqsadida ish vaqtining haqiqiy balansini sinchiklab tahlil qilish uni rejalashtirilgan ish vaqti bilan taqqoslash, ish kunini sur’atga tushirish va bu ishni mustaqil ravishda amalga oshirish yordamida ish vaqtining bekor sarf etilishini aniqlash, ularning sabablarini belgilash va ularni kamaytirish yoki to‘liq barham toptirish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralaridan biri - kadrlar tarkibini takomillashtirishdir. Kadrlar tarkibi deganda sanoat-ishlab chiqarish xodimlarining ayrim toifalari o‘rtasidagi miqdor nisbati tushuniladi. Asosiy va yordamchi ishchilarning miqdor nisbati, shuningdek, ishchilarning barcha xodimlar sonidagi nisbati eng muhim. Kadrlar tarkibining ko‘rsatkichlari: sanoat-ishlab chiqarish xodimlari umumiy sonida ishchilarning salmog‘i va ishchilar va butun xodimlar umumiy sonidagi asosiy ishchilarning salmog‘idir. Asosiy ishchilarga tovar mahsulot ishlab chiqarishda bevosita band bo‘lgan ishchilar, yordamchi ishchilarga - ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishchilar (navbatchi slesarlar, detallarni etkazib beruvchilar, yonilg‘i (yoqilg‘i) tashuvchilar va hokazolar), ya’ni asosiy tsexlarda xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar va yordamchi tsexlardagi barcha ishchilar kiradi.

II-BOB. O`ZBEKISTONDA MEHNAT UNUMDORLIGI TAHLILI VA ISTIQBOLLARI




2.1 O`zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligi holati tahlili


O‘zbekistondagi (2018 yilda qo‘shma korxona va qishloq xo‘jaligini hisobga olmaganda, o‘rtacha 225 dollar) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlaridagi (masalan, Polshada 1356 dollar, Litvada 948 dollar, Belarusda 422 dollar, Armanistonda 386 dollar) o‘rtacha ish haqi .


Kam va yuqori daromadli mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIMning farqi mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat unumdorligi tafovutini ko‘rsatadi. Aholi jon boshiga YAIMni oshirish uchun (O‘zbekistonda 2018 yilda nominal jihatdan 1532 dollar) mehnat unumdorligini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish zarurati mavjud.
2017−2021 yillarda o‘rtacha real ish haqining jadal o‘sishi (mehnat unumdorligining oshishiga ko‘ra tez), ehtimol, ish o‘rinlarini yaratish va aholini ish bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, shu jumladan mehnat hajmi yuqori bo‘lgan sohalarda, deya tahmin qiladi ma’ruzachi.
Ish o‘rinlari va ularning mahsuldorligi — bu ikki ko‘rsatkich bir vaqtning o‘zida o‘sib borishi kerak, qarama-qarshi yo‘nalishlarda o‘zgarish kerak emas, deya ta’kidladi JB mutaxassisi.
So‘nggi 20 yil ichida qurilish, kimyo va neft-kimyo sanoati, savdo va umumiy ovqatlanish, transport va aloqa sohalarida ushbu ikki ko‘rsatkich bir vaqtning o‘zida (va bu eng maqbul natija) o‘sib kelganligini qayd etildi.
Elektr energetikasi, yoqilg‘i va metallurgiya sanoati yangi ish joylari yaratdi, ammo ularning mehnat unumdorligi kamaydi. Qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, sanoat-qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida mehnat unumdorligi oshdi, ammo ish o‘rinlari kamaydi.
O‘zbekistondagi o‘rtacha mehnat mahsuldorligi aholi jon boshiga nisbatan past va o‘rta daromadli mamlakatlarga nisbatan 16 foizga kam va o‘rtacha-yuqori daromadga ega mamlakatlarga nisbatan 54 foizga pastdir.
Jahon banki mutaxassisi O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini sanab o‘tdi:
So‘nggi 20 yil ichida O‘zbekistonning YAIM juda tez o‘sdi — yiliga o‘rtacha 5 foiz, ushbu o‘sishning 91 foizi mehnat unumdorligining oshishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Shu bilan birga, ish o‘rinlarini yaratish mamlakatdagi iqtisodiy faol aholi o‘sish sur’atlariga mos kelmadi: 2017−2021 yillar mobaynida yiliga o‘rtacha atigi 280 mingta (netto) va eng oxirgi yillarda yiliga 200 mingga yaqin ish o‘rinlari tashkil etildi;
Bu faqatgina ta’lim muassasalari bitiruvchilarini (har yili taxminan 500 ming) ish bilan ta’minlash uchun talab qilinadigan ish o‘rinlaridan ancha kam, ish izlab yurgan boshqa aholi qatlamini aytmasa ham bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ish o‘rinlarini yaratishni kamida ikki baravar oshirish kerak.
Mehnat bozori bir qator salbiy omillar bilan izohlanadi: mehnatga rag‘batning zaifligi, ish beruvchilar talab qiladigan ko‘nikmalarning ish qidiruvchilarning amaldagi ko‘nikmalariga mos kelmasligi; korxonalarda treninglarning yetishmasligi; yoshlar va ayollar o‘rtasida yuqori ishsizlik; aholining iqtisodiy jihatdan faol bo‘lmagan qismining ko‘pligi;
1996−2016 yillar mobaynida investitsiyalarning jadal o‘sishi (iqtisodiyotda sarmoyalar doimiy narxlarda 18 barobar, har bir ishchi uchun kapital esa doimiy narxlarda 11,7 barobar oshdi) ishlab chiqarish omillarining umumiy samaradorligining sekin o‘sishini (21 yilda tarmoqlararo tarqalishni hisobga olmaganda atigi 16,4% ga oshdi) va tarmoqlararo tarqalish hissasining qisqarishini qisman kompensatsiya qildi.
Doimiy kapitalga investitsiyalar kiritish barqaror kapitalning kam daromadliligini (doimiy narxlarda) qoplash va mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlash uchun yetarli darajada tez o‘sdi.
Qayta ishlash sanoati soahasida, ayniqsa oziq-ovqat, yengil, to‘qimachilik va boshqa ko‘p mehnat talab qiladigan sohalarda ish o‘rinlari yaratish qiyin kechdi. Ko‘plab ishchilar qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatidan xizmat ko‘rsatish sohalariga ketdi.
Eskender Trushin bir dalilni qayd etib o‘tdi: barcha mamlakatlarda yangi firmalar mavjud bo‘lgan eski firmalarga qaraganda ko‘proq ish o‘rni (netto) yaratadi. Agar O‘zbekistonda biznesning zichligini (1000 ishchi aholi uchun yangi ochilgan firmalar soni) hisoblasak, unda 2017−2021 yillarda bu raqam 1000 nafar mehnatga layoqatli aholi boshiga 0,72 yangi firmani tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich Tojikistondan tashqari (0,35 yangi firma) MDH mamlakatlari orasida eng past ko‘rsatkichlardan biri va MDH mamlakatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichining yarmi barobaridadir (1,67 yangi firma).
Bu holat aholi zaif tadbirkor ruhi tufayli ro‘y bermagani, balki O‘zbekistonda biznesni olib borishdagi to‘sqinliklarning kattaligi sababidan va dunyoda uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan texnologiyalarni taqsimlash va o‘zlashtirishning zaifligidan kelib chiqqanligini taxmin qilindi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishini tezlashtirish uchun butun dunyo uchun yangi texnologiyalarni ixtiro qilishga katta pul sarflashning hojati yo‘qligiga ishonch bildirdi Eskender Trushin. Avvalo, jahonda uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan texnologiyalarni jadal va ommaviy ravishda kiritish kerak. «Siz hayratga tushasiz, — deydi Jahon banki vakili, — lekin sovet davrida xatto O‘zbekistonning o‘zida yaratilgan uzoq yillardan beri mavjud texnologiyalar ham O‘zbekistonga joriy qilinmaydi. Shunga qaramasdan, ular boshqa mamlakatlarda joriy qilinmoqda».
2017 va 2021 yillarda tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra texnologiya va innovatsiyalarni joriy etishdagi to‘siqlar quyidagilardir:
bank kreditlarini olishdagi qiyinchiliklar;
malakali muhandis va ishchilarning yetishmasligi;
xom-ashyoni qo‘lga kiritish;
yangi texnologiyalarni qamrab olish uchun zaif ichki bozor;
texnologiyalar haqida ma’lumotlarning yetishmasligi.
O‘zbekiston qayta ishlash sanoatidagi mehnat unumdorligi borasida aholi jon boshiga tahminan bir xil YAIMga ega davlatlarga nisbatan o‘rtacha 16 foizga ortda qolmoqda, lekin bu davlatlarni o‘rtacha ish haqi taqqosida 57 foizga ortda qoldirmoqda. Bu O‘zbekistonda mehnat unumdorligining o‘sishini jadallashtirish masalasini o‘rtaga qo‘yadi.
Bozor isloxotlari sharoitida mehnat unumdorligining ish bilan bandligini ta`minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy faol aholi tarkibida ish bilan band aholi soni yil sayin ko`patib bormoqda. Bunday o`sish tendensiyasi mamlakatimizning barcha hududlariga xos hususiyatga aylanmoqda.
Xizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda xizmatlar oʼsishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi toʼplamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi.
Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini oʼz ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki koʼrsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar - yakuniy isteʼmolchilarga ham koʼrsatilishi mumkin.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri boʼlgan xizmatlar sohasining oʼrni juda katta ahamiyatga egadir. Bu ishlab chiqarishning murakkablashuvi, bozorni kunlik va shaxsiy talabdan kelib chiqqan holda tovarlar bilan toʼldirish, jamiyat hayotini yangilovchi ilmiy-texnologik taraqqiyotning jadal oʼsishi bilan bogʼliqdir.
2023-yil 1-yanvar holatiga xizmatlar sohasida faoliyat koʼrsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shugʼullanuvchi korxona va tashkilotlar ulushi (38,6 %) yuqoridir. Buning sababi ushbu faoliyatning yuqori daromadliligi va ketgan xarajatlarni tez qoplay olishida.


Download 292,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish