Iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish siyosati va davlatning bozor tizimi ishiga aralashuv shakllari
Davlat
Bozorning nomukammalligi vujudga keltirgan oqibatlarni bartaraf etish
Daromad va boyliklarni qayta taqdimlash
Bozorni monopollashtirishga qarshi kurash
Ijtimoiy ne’matlarni yaratish
Ijtimoiy transfertlar
Daromadlar va mulkka soliq solish
Tashqi samara yoki xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni tartibga solish, hal qilish
Davlatning eng muhim vazifasi – bozorning zaifligi (takomillashmaganligi) kelib chiqqan oqibatlarni bartaraf etish.
Bozorning monopoliyalashtirishga qarshilik ko‘rsatish va raqobatni himoya qilish uchun davlat:
ular asosida monopoliyalashtirishda qo‘lga tushgan fikrlarni aniqlash va jazolash mumkin bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
bozordagi voqyealarning rivojlanishini kuzatib boruvchi va ularni monopoliyalashtirish holatlarini aniqlovchi tashkilotlarni tuzadi. Bu ishlar bilan monopoliyaga qarshi davlat qo‘mitasi shug‘ullanadi;
bozorlarni monopoliyalashtirishga qarshilik ko‘rsatuvchi yoki uni buzib yuboradigan yangi firmalarni tuzishga yordam beradi. Bu ish bilan kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘mita shug‘ullanadi.
Tijorat asosida yaratish mumkin bo‘lmagan ijtimoiy ne’matlarni yaratish uchun davlat:
fuqarolar va firmalarning mulkiy huquqlarini himoya qiluvchi qonunlar tizimini shakllantiradi;
qonunlarni hayotga tatbiq qilishni va ularni buzganlarni jazolanishini ta’minlovchi tashkilotlarni tuzadi;
ijtimoiy ne’matlarni yaratish bo‘yicha ixtisoslashgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
TashqI samara paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muammolarni tartibga solish bo‘yicha vazifani bajara borib, davlat:
tashqi salbiy samaralarni vujudga kelishi bilan bog‘liq nizolarni bir tarzda hal qilish imkonini beradigan qonunlar tizimini (masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni) shakllantirish;
tashqi salbiy samaralarning yuzaga kelishi holatlarini kuzatib boruvchi va qonunlarda ko‘zda tutilgan choralarni tezkorlik bilan qo‘llaydigan tashkilotlarni tuzadi;
tashqi salbiy samaralarni qisqartirish bo‘yicha faoliyatni rag‘batlantiradi.
Daromadlar va boyliklarning noteng tarqalganini yumshatish maqsadlarida davlat:
daromadlardan progressiv soliq olish tizimi;
fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lgan mol-mulkka yoki ular meros sifatida olgan mulkka soliq solish mexanizmni;
eng kambag‘al fuqarolarga eng boy fuqarolarga soliq solishdan to‘plangan mablag‘lar hisobidan ijtimoiy transfert (nafaqalar) to‘plash tizimini yaratadi va amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |