Bitishuvlar tuzish erkinligi – bu odamning o‘zi yaratgan ne’matlarni kimga va qanday shartlarda sotishni o‘zi mustaqil tanlash huquqidir. Aynan mana shu huquq savdoni rivojlantirishning bosh shartidir, chunki faqat shundagina odam o‘z xo‘jalik faoliyatida to‘liq erkin bo‘ladi va uni amalga oshirishdagi tavakkalni o‘z zimmasiga to‘laligacha oladi.
Iqtisodiy erkinliklarni himoya qilish mexanizmi
Iqtisodiy erkinliklar quyidagi yo‘llar va usullar bilan muhofaza qilinadi:
- mulk huquqining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi;
- fuqaroviy qonunchilik;
- sudlar;
- hakamlik sudlari;
- iqtisodiy erkinliklar va ho‘jalik qoidalariga rioya qilishining nazorat etuvchi davlat idoralari (prokuratura, nazorat xizmatlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |