Rejaviy iqtisodiyot. Davlat rejasi minglab o‘zaro aloqalarni belgilaydi. Ko‘p sonli amaldorlar reja tuzadilar va uning bajarilishini kuzatib boradilar.
Narxlar. Ular talab va taklifning tebranishlariga bog‘liq emas. Ularni davlat belgilaydi.
Foydalar. Ishlab chiqarish foyda olish uchun ishlamaydi. Korxonalar xalq manfaatlariga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradilar.
Hozirgi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida aralash iqtisodiyot mavjuddir. U ham davlat, ham xususiy sektorga ega. «Aralash iqtisodiyot» termini odatda, Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya mamlakatlarining iqtisodiyotini tavsiflash uchun ishlatiladi. Odatda, bugungi kunda davlat jamiyatning iqtisodiy hayotida ikki sababga ko‘ra ishtirok etadi:
- u jamiyatning ayrim talablarini ularning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari (armiyani saqlash, qonunlarni ishlab chiqish, yo‘l harakatini tashkil etish, epidemiyalar bilan kurashish va hokazolar)ga ko‘ra, faqat bozor mexanizmi asosida imkoni bo‘lganidan ko‘ra, yaxshiroq qondirishi mumkin;
- u bozor mexanizmlari faoliyatining salbiy oqibatlari (fuqarolar farovonligi – boyligidagi haddan tashqari katta farq, tijorat firmalarining faoliyatidagi atrof-muhitga yetkazilishi)ni yumshatishi mumkin. Shuning uchun XX asrning oxiri tamadduni (sivilizatsiyasi) uchun aralash iqtisodiyot tizimi ko‘pchilik hollarda qo‘llanilishini ko‘plab kuzatiladigan bo‘lib qoldi.
Bunday iqtisodiy tizimda garchi ayrim mamlakatlar Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqalarda yetarli darajada yirik davlat sektori mavjud bo‘lsada, iqtisodiy resurslarga xususiy mulk asos hisoblanadi. Davlat sektoriga kapitallari to‘liq yoki qisman davlatga tegishli bo‘lgan korxonalar kiradilar, ammo bu korxonalar:
a) davlatdan rejalar olmaydilar;
b) bozor qonunlari asosida ishlaydilar;
v) xususiy firmalar bilan teng asoslarda raqobatla-shishga majburdirlar.
Bu mamlakatlarda muhim bosh iqtisodiy masalalar, asosan, bozor tomonidan hal qilinadi. Aynan bozorlar Iqtisodiy resurslarning ko‘pchilik qismini taqsimlaydilar. Shuning bilan birga bu resurslarning bir qismi markazlashtiriladi va bozor mexanizmining ayrim zaifliklarining o‘rnini qoplash maqsadida davlat tomonidan buyruqbozlik mexanizmi yordamida taqsimlanadi. Iqtisodiy tizim ko‘plab odamlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirishga intilib ko‘plab qarorlar qabul qilishlariga asoslangan. Bu qarorlar cheklangan resurslarni taqsimlash muammosi sohasiga oiddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |