Pul-kredit tizimi. Bozor xo‘jaligi subyektlari orasida muhim o‘rinni egallaydi. U pul bozorlarining rivojlanishini boshqarib boradi, kapitalni shakllantiradi va unga iqtisodiyotning bir sektoridan ikkinchisiga oqib o‘tishini tashkil qiladi, investitsiya iqlimi (muhiti)ni yaratadi va uning qanday bo‘lishini belgilaydi, pul-kredit muomalasida va to‘lov aylanmasida o‘yin qoidalarini belgilaydi.
Kredit-bank tizimining tuzilmasi quyidagilarning yig‘indisidan iborat:
ular orqali moliyalashtirish amalga oshiriladigan institutlar va bozorlar;
ular amalga oshiriladigan shakllar;
kredit tizimi ichidagi ayrim xususiy bozorlarning miqdoriy roli;
ular yordamida kredit bozorlarining vazifalari va bozorlardagi o‘yin qoidalari belgilanadigan reglamentatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |