Ichki konvertlashtirish – bunda rezidentlar Milliy valyutani mamlakat ichida xorijiy valyuta aktivlariga konvertlash huquqiga ega bo‘ladilar. U valyutalarni rezidentlar uchun konvertlashtirishni, shuningdek, ichki bozorda turli xil amallarni xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Rezidentlar mamlakat ichida ma’lum tipdagi aktivlar, masalan, xorijiy valyutalar ifodalangan bank depozitlarini ushlab turishga haqlidir.
Tashqi konvertlashtirish Milliy valyutaning xorijiy valyutaga va aksincha, xorijiy valyutalarning Milliy valyutaga konvertlashtirish imkoniyatini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |